189
etikasi‖ (1919), ―Xujalik va jamiyat‖ (1920) kabi asarlarida sotsiologik
ta‘limotlarga bag‘ishlangan. M.Veber Dilteyning antinaturalizmni yoqlaydi. U
insonning ongli mavjudod ekanligini xech bir tarixchi yo sotsiolog, iqtisodchi
inkor eta olmasligini ta‘killaydi. Dunyoqarashiga ko‗ra pozitivizmga yaqin. V.
fikricha, har qanday ijtimoiy-iqtisodiy hodisaning mohiyati faqat uning ob‘ektiv
jihatlari b-n emas, balki, avvalo, tadqiqotchi nuqtai nazariga ko‗ra, shu
hodisaning madaniy jarayonda qanday rol o‗ynashi b-n belgilanadi. V. falsafa
va sotsiologiyaga ―ideal tip‖ tushunchasini olib kirdi. Bu tushunchaning fanga
olib kirilishini uning o‗zi ijtimoiy fanlar faqat alohida hodisalarni o‗rgangani
sababli ilmiy abstraksiya qilish zarurati borligi bilan izohlaydi. Ideal tip, V.
fikriga ko‗ra, borliqni aks ettirmaydi, balki, alohida tushuncha va hodisalarni
tizim holiga keltirish vositasi bo‗lib xizmat qiladi. Ideal tip tushunchasi, tub
mohiyatiga ko‗ra marksizmdagi ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya tushunchasining
muqobili sifatida yaratilgan edi. V.ning ijtimoiy fal. va sotsiologiyadagi eng
katta xizmatlaridan biri, uning asarlarida dinning ijtimoiy taraqqiyotda o‗ynagan
rolini tahlil qilib berishi bo‗ldi. V. din va jamiyat munosabatini tahlil qilar ekan,
umuman din to‗g‗risida emas, muayyan davrdagi muayyan din yoki diniy oqim
to‗g‗risida fikr yuritdi. V. nazariyasiga ko‗ra, boylik va boylik orttirishga
intilishni unchalik xushlamaydigan xristian dini mazhablari iqtisodiy
taraqqiyotga muayyan darajada to‗sqinlik qilganlar. Boylikni xudoning ne‘mati,
unga intilishni esa bandalarning burchi deb talqin qiladigan protestantlik esa
iqtisodiy taraqqiyot va kapitalistik munosabatlarning rivojlanishiga kuchli turtki
berdi. V. talqinida protestantlik kapitalizm vujudga kelishidagi asosiy
sabablardan edi. Dinlarni tahlil qilar ekan, V. ular sanoat kapitalizmi
rivojlanishiga
g‗ov bo‗lmoqda, degan xulosaga keldi. Moliyaviy
munosabatlarga cheklovlar qo‗yish, ijtimoiy hayotga passiv munosabatni targ‗ib
qilish orqali bu dinlar, V. fikricha, ijtimoiy taraqqiyotga to‗sqinlik qiladi. Uning
talqinida protestantlik mazhabi hayotdagi adolatsizlikni passiv kuzatib o‗tirmay,
uni bartaraf qilish uchun faol kurashga chaqirish orqali ijtimoiy taraqqiyotga
katta turtki beradi. Asosiy asarlari: ―Milliy davlat va xalq xo‗jalik siyosati‖
(1895), ―Protestantlik etikasi va kapitalizm ruhi‖ (1905), ―Xo‗jalik va jamiyat‖
(1920).
Versiya (lot. ko‗rinishini o‗zgartirish) — dalil, farazlar; voqeani bayon
qilish yoki tushuntirishning bir-biridan farq qiladigan turi.
Do'stlaringiz bilan baham: