71
Ilmiy bashorat — tabiat, jamiyat, ijtimoiy hayotda yuz berish ehtimoli
mavjud bo‗lgan hodisa, vosealar, jarayonlarni ro‗yobga chiqishini, sodir
bo‗lishini, uning oqibatlarini ilmiy bilimlar asosida oldindan aytish yoki
ko‗rish. I.b. O‗rta Osiyoda X-XII-a.larda tabiiy-ilmiy bilimlar, ijtimoiy – fal.iy
fikrlar tarkib topgan davrlardan boshlaboq vujudga kela boshlagan. g‗arbiy
Yevropada bu jarayon kechroq- XV-XVI-a.da sodir bo‗lgan. Qad. zamonlar
va o‗rta asrlarda keng tarqalgan, diniy karomat o‗rniga kundalik hayotiy
tajriba hamda empirik (tajribaviy) bilimlarga suyangan bashoratlar ham
bo‗lgan. Biroq ularga asoslanib, faqat ilgarilari ham yuz bergan va unchalik
murakkab bo‗lmagan turmush yoki xo‗jalikkagina oid bo‗lgan hodisalarni
bashorat qilish, ya‘ni oldindan ko‗rish mumkin bo‗lgan. Ilmiy bashorat esa,
avvaldan donishmandlarga ma‘lum bo‗lgan hodisalarni emas, balki sifat
jihatidan batamom yangi hodisalarni ham oldindan aytib bera oladigan
darajaga yetgan. Mas., astronomiya, matematika, mexanika, geodeziya fanida
to‗plangan ma‘lumotlarga asoslanib. Beruniy o‗z davrida odamlarga va o‗ziga
ma‘lum bo‗lgan Osiyo, Afrika, Evropa qit‘alaridan tashqari yana bir katta
qit‘a borligini oldindan aytgan. Bir necha asr o‗tgach, yevropalik sayyoh
Xristofor Kolumb Amerika qit‘asini ochgach, Beruniy bashorati tasdislangan.
Ibn Sino kasallikni yustiruvchi, qo‗zg‗atuvchi qandaydir ko‗z ilg‗amas tirik
organizmlar bo‗lsa kerak, degan farazni olg‗a surgan. 1509-1510 y.da Galiley
mikroskopni ixtiro qilgach, undan foydalangan A.Paster va b. biolog olimlar
mikroblarni kashf silganlar. Natijada Ibn Sinoning ilmiy farazi haqiqatga
aylangan. Astronom Quyosh sistemasida bori-yo‗g‗i to‗qqizta emas, balki
yangi sayyoralar bo‗lsa ehtimol, deb faraz qilganlar. Astronom-matematik
olimlardan U. Averoyesning matematik hisoblashlari asosida italyan olimi
Galiley 1846 y. Neptunni kashf etgach, bu faraz ilmiy bashoratga aylangan.
Mendeleev o‗zining kimyoviy elementlarga doir davriy sistemasida atom
og‗irligi ma‘lum bo‗lmagan hali o‗zi topilmagan elementlarga oldindan
―katak‖lar qoldirgan. Keyinchalik ko‗plab kimyogar olimlar bularni kashf
silib, ular sonini 108 taga etkazgan. I. b.ning xozirgi davridagi shakllaridan
biri ijtimoiy prognoz deb ataladi. Bu ta‘limot mustaqilligimizni
mustahkamlashda ham xizmat qilmoqda. I.b. fal.iy kategoriyalardan biri
bo‗lib, ilm-fanga, jumladan fal.ga asoslangan, pirovard oqibatda ijtimoiy
prognozga eltadigan, nazariy va amaliy jihatlardan muhim ahamiyatga ega
bo‗lgan ma‘naviy omildir.
Do'stlaringiz bilan baham: