O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakul‘teti


Individualizm  (lot.  individium—bo‗linmas)  —



Download 1,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/293
Sana24.08.2021
Hajmi1,63 Mb.
#155158
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   293
Bog'liq
sotsiologiya fanidan izohli lugat

Individualizm  (lot.  individium—bo‗linmas)  —  inson  shaxsiy 
hayotining alohidaliligi, shaxs  huquqlarining mutlaqligini va avtonomiyasini 
ifodalovchi  fal.iy-axloqiy  tamoyil.  I.ning  ma‘naviy,  nazariy  jihatlarini  o‗z 
ichiga  oladigan  konseptual  va  real  hayotiy  pozitsiyani  aks  ettiruvchi  amaliy 
jihatlari  mavjud.  I.ning  nazariy  talqini  asosida  shaxsning  jamiyatdagi 
avtonomiyasi  va  uning  huquqlarini  mutlaqlashtirish  yotadi.  Aksariyat 
hollarda  I.  inson  tabiatining  o‗zida  yashiringan  deb  hisoblanadi.  I.ning 
mohiyatini  asoslashga  qaratilgan  qarashlar  shaxsni  jamoaga  qarama-qarshi 
qo‗yish,  shaxsiy  manfaatlarni  jamiyat  manfaatlaridan  ustun  qo‗yishni 
ifodalovchi tamoyil sifatida xususiy mulkning paydo bo‗lishi b-n bir paytda 
shakllangan. I.ning eng qadimiy nazariy ifodasi kiniklar ta‘limotidir. Ushbu 
maktabning  Antisfen,  Diogen  Sinopskiy,  Kratet  kabi  vakillarining  fikricha, 
mohiyatan  soxta  bo‗lgan  ijtimoiy  aloqalar,  madaniy  ko‗nikmalarning 
barchasiga  barham  berish  zarur.  Individ  ma‘nan  faqat  o‗zigagina  tayanishi 
mumkin.  An‘anaviy  vatanparvarlik  axloqiga  zid  ravishda  o‗zlarini  ―dunyo 
fuqarolari‖-kosmopolitlar deb e‘lon qilgan kiniklar har qanday jamiyatda o‗z 
bilganlaricha,  o‗z  qonunlari  b-n  yashamoq  g‗oyasini  ilgari  surdilar,  har 
qanday  axloqiy  chegaralarni  inkor  etdilar  .  Bunda  shaxs  avtonomiyasini 
asoslashga  intilish  o‗ziga  xos  tarzda  namoyon  bo‗ladi.  Kiniklar  faoliyatida 
I.ning  amaliyotda  ham  namoyon  bo‗lgan.  Mas.,  o‗ziga  nisbatan  ―jamoasi, 
uyi,  vatani  yo‗q‖  degan  formulani  qo‗llashni  yaxshi  ko‗rgan,  bochkada 
kishilar  bergan  sadaqa  hisobiga  kun  kechirgan  Diogen  tashqi  ta‘sirlardan 
bunday  mustaqil  holda  yashashni  oliy  baxt,  deb  hisoblagan  edi.  Uyg‗onish 
davrida  I.  konsepsiya  sifatida  shakllandi.  Ma‘rifatparvarlar  (Gobbs, 
Gelvetsiy,  Golbax) esa,  I.ni  inson  faolligi,  ayniqsa  tadbirkorlik  faoliyatining 
universal  o‗lchovi  sifatida  e‘tirof  etdilar.  Ularning  fikricha,  hatto  yaxshilik 
qilish  zamirida  ham  o‗z  manfaatlarini  to‗g‗ri  anglash  yoki  ―oqilona 
xudbinlik‖  (Golbax)  yotadi.  Kant  inson  tabiatiga  xos  bo‗lgan  xudbinlikni 
―o‗ta  ketgan  badbaxtlik‖  deb  hisoblab,  o‗z  foydasi,  manfaati,  maqsadlarini 
ko‗zlaydiganlarni  ―axloqiy  egoist‖  deb  atagan  edi.  Shopengauer  har  bir 
insonning o‗ziga xos yashashi uchun iroda uning I.ning asosi deb hisoblagan 
bo‗lsa,  Chernishevskiy  umumiy  ish  muvaffaqiyatidan  oxir  oqibatda 
individning shaxsiy manfaatlari ham yutishidan kelib chiqqan holda,  shaxsiy 


 
73 
foydani  umumiy  ishga  o‗z  xohishi  b-n  bo‗ysindirish  g‗oyasini  ilgari  surgan 
va  buni  ―oqilona  egoizm‖  deb  nomlagan  edi.  Shuningdek,  I.  Shtirner  va 
Nitsshe,  Sartr,  Bergson  va  Yaspers  qarashlarida  ham  o‗zining  yorqin 
ifodasini topgan. Hoz. davrda ommaviy bir xillik hukmron bo‗lib borayotgan, 
kishilar  dunyoqarashini  boshqarish,  ularning  xulqiga  muayyan  standart 
qoliplarni singdirish yo‗lidagi urinishlar tobora avj olayotgan va keng miqyos 
kasb etayotgan bir paytda I. o‗zining ham nazariy, ham  amaliy ko‗rinishida 
ana shu hodisalarga o‗ziga xos javob reaksiyasi sifatida namoyon bo‗lmoqda. 
Shuningdek,  dunyoning  turli  mintaqalarida  totalitar  rejimlar  hukmronligi 
davom  etayotgan,  ssientistik,  texnitsistik  yondashuvlar  inson  shaxsi  rivojiga 
qarshi  qaratilgan  deb  talqin  qilinayotgan  bir  paytda  I.ni  o‗ziga  xos  isyon 
sifatida  ham  baholash  mumkin.  Bu  isyon  nigilizm,  skeptitsizm,  sinizm 
ko‗rinishlarida  namoyon  bo‗lmoqda.  Ayni  paytda  I.  tarixda  bo‗lgani  kabi, 
hozir  ham  volyuntarizm,  anarxizm,  egoizm,  avtoritarizm  kabi  keskin 
ko‗rinishlarda ham namoyon bo‗lmoqda. 

Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   293




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish