Arab va o‘zbek tilidagi portlovchi shovqinlilar.
Arab tilidagi portlovchi tovushlar ham xavoning nutq aʼzolaridagi to‘siqni
yorib o‘tib, portlash yo‘li bilan chiqishi natijasida talaffuz qilinadi. Portlash
yuqori va pastki lablar, til va tillar, til va tanglay o‘rtalarida, xullas, nutq
aʼzolarining turli o‘rinlarida sodir bo‘lishi mumkin.
“ب” “(b) fonemasi – lab o‘rtasi undoshi, jarangli. Bu tovush o‘zbek tilidagi
“b”ning nusxasi. Biroq arab “b”si o‘zbek tilidagidek, so‘z o‘rtasi yoki oxirida
jarangsizlanmaydi, yaʼni “p"lashmaydi.
“ت" (t) fonemasi - tanglay oldi tovushi, til ortida talaffuz qilinadi, jarangsiz.
O‘zbek tilidagi “T”ning nusxasi (ekvivalenti).
"
د
"
(d) fonemasi -tanglay oldi tovushi, tish ortida talaffuz qilinadi, jarangli. U
jarangsizlar taʼsiri ostida o‘z jarangini yo‘qotmaydi. Binobarin, uning o‘zbek
tilidagi kabi “t”lashuvi ro‘y bermaydi.
“ك” (k) fonemasi – tanglay o‘rtasi undoshi, jarangsiz. Arab “k”si rus
tilidagidek chuqur emas. Shuningdek, u o‘rniga qarab baʼzan yumshoq, baʼzan
20
esa qattiq talaffuz qilinmaydi ham. Balki u doimo bir xil – xuddi o‘zbek
tilidagidek, bir oz yumshoqroq artikulyatsiya oladi.
“ق” (q) fonemasi – chuqur tanglay orqasi undoshi, jarangsiz. Til o‘zagining
ishtiroki bilan talaffuz qilinadi. U o‘zbek q” fonemasiga to‘la
Mosdir.
O‘zbek tilidagi sirg‘aluvchi undosh “s” va arab tilidagi tish o‘rtasi
sirg‘aluvchisi “s” "ث"o‘rtasidagi tafovutlar.
Maʼlumki o‘zbek tilidagi “S” fonemasi – shovqinli jarangsiz undosh. U Til
oldida talaffuz qilinuvchi tanglay oldi sirg‘aluvchi, jarangsiz shovqinli. U
ustki va ostki tishlar o‘rtasida talaffuz qilinadi. Bunday tovush hozirgi zamon
o‘zbek tilida yo‘q. Uning artikulyatsiyasida til uchini tishlar orasiga shunday
joylashtirish kerakki, uyuqoridagi tishlarga mahkam jipslashib tursin. Shunda
til uchi bilan pastki tishlar orasida kichik tirqish qoladi. Nutq aʼzolarining
shunday holatida “S" "ث" kuch bilan talaffuz qilinadi. Masalan: ثا رث ا
O‘zbek tilidagi qisqa cho‘ziq unlilar va ularning arab tilidagi
muqobillari.
O‘zbek tilidagi a, i, u fonemalari arab tilidagi qisqa unlilar a — i — u —
fonemalariga o‘xshashdir. Cho‘ziq fonemalar esa qisqalariga sifat jihatdan
mos keladi. Ulardan artikulyatsiyani ko‘proq cho‘zish bilan farq qiladi.
Arab tilida undoshlar unli tovushlarning talaffuziga taʼsir qiladi.
21
Shuning uchun unli fonemalar undoshlarining xususiyatlariga qarab yoki
o‘zgarishsiz, yaʼni fonema sifatida, yoki vaziyatga qarab fonemaning varianti
sifatida talaffuz qilinadi.
Artikulyatsion jihatdan unli tovushlarning hosil bo‘lishida o‘pkadan chiqib
kelayotgan havo oqimi og‘iz bo‘shlig‘ida kech qanday to‘siqqa uchramaydi.
Akustik havo oqimi kuchsiz tebranadi. Unlilar musiqa ohangiga jo‘r bo‘la
aluvchi mayin ohangga egadir.
Arab tilida 6ta unli fonema bor bo‘lib, ularning uchtasi qisqa: (a, i, u) va
uchtasi cho‘ziq (a, і, ü) unlilaridir.
O‘zbek tilidagi yo va ya unlilarini arab tilidagi quyidagi uzun va qisqa unlilar
yordamida ifodalash mumkin. Masalan: ا ي ا
يا سان لا
Bularning arab tilidagi muqobillari ي+ا yordamida tahminiy, yaqinlashtirilgan
tarzdagina berilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |