Arab tili fonetikasi va uning tasnifi



Download 0,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/14
Sana30.12.2021
Hajmi0,68 Mb.
#154417
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Shermatov Turg'unali kurs ishi2

 

 

Unli tovushlar 

Arab tilida 6 ta unli tovush bor.

3

 Ular uchta qisqa—“a”, “i”, “u” va uchta uzun 



—“a:”,  “i:”,  “u:”  unli  tovushlaridir.  Uzun  unlilar  qisqa  unliga  qaraganda 

ko‘proq cho‘zib talaffuz qilinadi. 

Qisqa  unli  tovushlar  yozuvda  harakatlar  deb  ataladigan  belgilar  bilan 

belgilanadi.  Harakatlar  Qurʼon  karimda,  darslik  va  lug‘atlarda  xato  qilib 

qo‘ymaslik maqsadida qo‘yiladi. Zamonaviy arab adabiyoti va vaqtli matbuot 

yozuvlarida harakatlar qo‘yilmaydi. 

Uzun  unlilarni  esa  alifbodagi  3  ta  undosh  harf  yordamida  ifodalanadi. 

Unlilarning  uzun  yoki  qisqaligiga  rioya  qilmaslik  so‘zlarning  maʼnolarini 

tubdan o‘zgartirib yuboradi. 

Har  bir  bo‘g‘in  tarkibida  albatta  bir  unli  tovush  bo‘lgani  holda,  arab  tilida 

hech  qanday  bo‘g‘in  unlidan  boshlanmaydi.  Unli  tovush  faqat  undosh 

tovushdan keyin kelishi mumkin. Shunga ko‘ra, arab tilida «o-ta», «no-a-niq» 

kabi so‘zlar yo‘q.  

Artikulyatsion-akustik va eshitib his etilishi hamda tildagi funksional xizmati 

jihatidan unli va undosh tovushlar o‘rtasida katta farq bor. 

Artikulyatsion  jihatdan  unli  tovushlarning  hosil  bo‘lishida  o‘pkadan  chiqib 

kelayotgan  havo  oqimi  og`iz  bo‘shlig‘ida  hech  qanday  to‘siqqa  uchramaydi. 

                                                      

3

 www.learnarabiconline.com 




 

10 


Akustik  xususiyatiga  ko‘ra  unlilar  talaffuzida  havo  oqimi  kuchsiz  tebranadi. 

Unlilar musiqa ohangiga jo‘r bo‘la oluvchi mayin ohangga egadir. 

Unlilarning  bir-biridan  farqi  rezonator  vazifasini  o‘tovchi  bo‘g‘iz 

bo‘shlig‘ining  shakliga  bog‘liq.  Og`iz  bo‘shlig‘ining  shakli  esa  til,  lab  va 

pastki  jag‘ning  holatiga  bog‘liq  bo‘ladi.  Shunday  qilib,  unli  tovushlar:  1) 

tilning  muayyan  tovushni  hosil  qiladigan  qismi  (gorizontal  harakatiga);  2) 

tilning  tovush  hosil  qiladigan  qismining  ko‘tarilish  darajasi  (vertikal 

harakatiga); 3) labning holatiga qarab bir-biridan farq qiladi. 

1.  Tilning  gorizontal  harakatiga  ko‘ra  unlilar  tiloldi,  tilo‘rta,  tilorqa  qator 

unlilarga bo‘linadi. Masalan, tiloldi unlisi i. 

2. Tilning vertikal harakatiga ko‘ra yuqori, o‘rta, quyi ko‘tarilish yoki yopiq, 

yarim  yopiq,  yarim  ochiq,  ochiq  unlilari  bilan  farqlanadi.  Masalan,  yuqori 

ko‘tarilish unlisi u:. 

3.  Unlilarning  talaffuzida  lab  ishtirok  etsa,  lablangan,  ishtirok  etmasa, 

lablanmagan unlilar deyiladi. Masalan, lablangan u. 

Unlilarning  yuqoridagi  klassifikatsiyasi  ularning  sifat  belgilaridir.  Unlilar 

yana miqdor belgisi bilan, yaʼni unlilarning talaffuz vaqti bilan o‘lchanadigan 

qisqalik va cho‘ziqlik belgilari bilan ham farqlanadi. Bunday unlilar arab tili 

uchun xarakterli hisoblanadi va ular maʼno farqlash uchun xizmat qiladi. 

Arab  tilidagi  qisqa  unlilar  a,  i,  u  o‘zbek  tilidagi  a,  i,  u  fonemalariga 

o‘xshashdir. 

Cho‘ziq  fonemalar  esa  qisqalariga  sifat  jihatdan  mos  keladi,  ulardan 

artikulyatsiyani ko‘proq cho‘zish bilan farq qiladi. 



 

11 


Arab  tilida  undoshlar  unli  tovushlarning  talaffuziga  taʼsir  qiladi.  Shuning 

uchun  unli  fonemalar  undoshlarning  xususiyatiga  qarab,  yoki  o‘zgarishsiz, 

yaʼni  fonema  sifatida,  yoki  vaziyatga  qarab  fonemaning  varianti  sifatida 

talaffuz qilinadi. 

 

a) qisqa unlilar. 



Arab  alifbosida  qisqa  unlilarni  bildiradigan  harflar  yo‘q.  Qurʼoni  karim, 

lug‘atlar,  o‘quv  qo‘llanmalarida  va  boshqa  zarur  holatlarda  qisqa  unlilar 

“harakat” deb ataladigan maxsus belgilar bilan ifodalanadi. 

“A”  qisqa  unlisi  shu  unlidan  oldingi  harf  ustiga  “fatha”-“ "belgisini  qo’yish 

bilan ifodalaydi Masalan:  

         

“I”  qisqa  unlisini  esa  oldingi  undoshning  ostiga  “kasra”    belgisini  qo’yib 

ifodalaydi 

“U”  qisqa  unlisini  ifodalash  uchun  undan  olingi  undosh  ustiga  “zamma” 

belgisini qo’yib ifodalash mumkin  

 b) cho'ziq unlilar. 

Cho'ziq “a” unlisini ifodalash uchun fathali undoshdan keyin  Alif –“ ا ” harfi 

yolg‘iz  o‘zi  hech  qanday    tovushni  bildirmaydi.  Asosan  turli  harakat  va 

belgilarga  “kursi”-taglik  vazifasida  ishlatiladi  va  “harakat”ga  qarab  “a”  yoki 

“i” yoxud “u” o‘qilishi, hatto o‘qilmasligi ham mumkin. 

Cho‘ziq “i” unlisi “ى” harfi bilan ifodalanadi 




 

12 


Bu harf ch ziq “i” unlisini ifodalashi uchun kasrali undoshdan  keyin kelishi 

va o‘zi hech qanday qo‘shimcha belgiga ega bo‘lmasligi kerak. Aks holda bu 

harf til o‘rtasi-qattiq tanglay orasida hosil bo‘ladigan sirg‘aluvchi jarangli «y» 

yarim undosh       tovushini ifodalaydi  

Cho'ziq  “u”  unlisi«  و »  dammali  undoshdan  keyin  kelgan,  hech  qanday 

harakati  yo'q  harfi  biror  harakatga  ega  bo'lsa,  maxraji  lab-lab  bo'lgan, 

sirg‘aluvchi jarangli yarim undosh tovushni bildiradi. Bu tovush ingliz tilidagi 

“window” kabi so'zlardagi “w” harfi bilan ifodalanadigan tovushga o'xshaydi, 

o'zbek  tilidagi  “viqor”,  “vijdon”  kabi  so'zlardagi  lab-tish  tovushi  bo'lgan 

«v»dan farq qiladi 




Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish