www.ziyouz.com kutubxonasi
28
Kel, do‘zaxiylar ko‘radigan dahshatlarga yaqinrokdan nazar sol, jahannam vodiylari
va daralari xususida tafakkur et.
Payg‘ambar alayhissalom dedilar:«Jahannamda yetmish ming vodiy, har vodiyda
yetmish ming dara, har darada yet-mish ming ilon va chayon bor. Kofir va munofiqlar bu
vodiyu daralarning barchasidan o‘tmaguncha, jahannamning nihoyasiga yetmaydi» (Ibn
Koniy rivoyati).'
Ali karramalloqu vajxahu rivoyat qiladi: «Rasuli akram shunday degan edilar:
— «Jubbul xuzn»ga tushib qolmasligingiz uchun Allohdan panoh tilangiz.
— «Jubbul huzn» nima? deya so‘raldi.
— U jahannamdagi shunday vodiyki, jahannamning o‘zi har kuni yetmish marta
undan nanoh tilaydi. Alloh taolo bu vodiyni riyokor qorilar uchun hozirlab qo‘ygandir,
dedilar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam» (Ibn Adiy rivoyati).
Jahannamning kengligi va u yerdagi quyilashib boruvchi vodiylarning soni dunyo
vodiylari va undagi shahvat (dunyoviy istak) larning adadiga muvofik keladi. Bandaning
gunohga vosita bo‘ladigan a’zosi nechta bo‘lsa, jahan-nam eshiklarining soni ham
shunchadir. Bu edshklar ustma-ust qurilgan. Ular kuyidagi tartibda joylashgap bo‘lib,
eng tepadagi eshikning nomi - Jahannam, Saqar, Lazzo, Xutoma, Sa’ir, Jahim va Xoviya
deb ataladi. Hoviyaning chukurligi xuddi dunyo shahvatlari kabi tubsizdir. Shuningdek,
dunyo hayotida bir uzv o‘zidan kattaroq boshqa uzvga borib ulangani kabi jahannamdagi
Hoviya ham o‘zidan chukurroq Hoviyaga borib ulanaveradi.
Abu Hurayra aytadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga edik. Daf’atan
gumburlagan sasni eshitdik. Shunda Rasuli akram:
— Bu nima bilasizlarmi? - so‘radilar.
— Alloh va rasuli bilguvchiroqdir, dedik.
— Bu yetmish yil oldin jahannamga tashlangan toshdir, hozir uning qa’riga yetdi,
dedilar Rasuli akram» (Muslim rivoyati).
Endi tubanlashuv pog‘onalaridagi tafovutga ham bir nazar sol. Chunki oxirat uyi
darajot va fazilatlarga boy qarorgohdir. Zero, mana shu hayotda ham bandalar dunyoga
muxabbat jihatidan farqlanadilar. Kimdir dunyoga mukkasitsan ketib, unga butkul g‘ark
bo‘ladi, kimdir ma’lum chegarada to‘xtaydi,
Shuningdek, jahannam olovi komiga tortilish darajasi ham tafovutlidir. Alloh zarra
misqolicha zulm qilmaydi. Do‘zaxga tushgan barcha kishilarning azobi bir xil emas. Balki
har bir do‘zaxiyning azoblanish darajasi isyo-nu gunohiga qarab ma’lum doirada
chegaralangan. Agar azo-bi eng kam do‘zaxiyga butun dunyo to‘laligicha berilsa, azob
shiddatiii kamaytirish uchun u o‘sha dunyoning hammasini fido qilgan bo‘lardi.
Payg‘ambar alayhissadam aytdilar: «Qiyomat kunida do‘zax ahli tortadigai azobniig
eng yengili - o‘tdan kavush kiyish, kavushning harorati miyani qaynatadi» (muttafa-qun
alayh).
Bas, shunday ekan, bu azoblarni o‘ziga yengil sanayotganlardan qanday
ajablanmasliging mumkin?! U azoblarni o‘ziga shiddatli bilayotgan insondan esa nega
ibratlanmaysan? Jahannam azobining shiddatidan shubhaga borayotgan bo‘lsang, qani,
barmog‘ingni o‘tga yaqinlashtir va jahannam azobini shunga qies et. Endi bilginki, sen
bu qiyosda adashding. Chunki, dunyo olovi jahannam oloviga o‘xshamaydi. Ammo bu
dunyoda eng qattiq jismoniy azob o‘tning kuydirishidir. Shu azob orqali jahannam
neligini anglag‘anday bo‘lamiz. Lekin bu anglash naqadar noqis! Agar jahannam ahli
do‘zaxda dunyo olovini topsa, jahannam olovidan qochib, o‘zlarini dunyo oloviga urgan
bo‘lar edilar. Xabarlarda kelishicha, dunyo olovi yetmish marta rahmat suvi bilan
yuvilg‘anidaya so‘ng dunyo ahli toqat qiladigan darajaga yetdi (Ibn Abdulbar rivoyati).
Payg‘ambar alayhissalom jahannam olovini shunday si-fatlaydilar: «Alloh taolo
Ihyou ulumid-din. O’limdan so’ng. Imom G’azzoliy
Do'stlaringiz bilan baham: |