47S
Jek London
-
Siz bahslashadigan odam men emasman!
- deb qichqirdi u. - Spenseming vatandoshlari
uning to‘g‘risida qanchalik oz bilishsa, siz ham
shuncha oz bilasiz. Bilaman, bunga siz aybdor
emassiz! Bunga zamonamizdagi umumiy jaho-
lat aybdor. Men hali tramvayda kelayotganim-
da shunday jaholat namunasi bilan tanishishga
muyassar boldim! Kela turib Salibining Gerbert
Spenser haqidagi maqolasini o‘qidim. Siz ham
uni o'qib chiqsangiz bolardi. Uni hamma ham
o'qisa boladi. Siz uni xohlagan dolconingizdan va
xohlagan kutubxonangizdan topishingiz mum
kin. Salibining bu buyuk inson haqida yozganini
o‘qib chiqsangiz, aminmanki, hatto siz ham o‘zin-
gizni o‘ng‘aysiz his qilgan bolardingiz. 0 ‘taketgan
bu nodonlik oldida sizning nodonligingiz ip esha
olmay qoladi. Spenser bilan hamnafas bolish-
ga ham loyiq bolmagan akademiya faylasufi uni
«avom xalq faylasufi» deb atabdi. Imonim komil-
ki, siz Spenseming asarlaridan o‘n betgina ham
o'qimagansiz, lekin sizdan ko‘ra donoroq tanqid-
chilar ham bolgan; ular sizdan ko‘p o‘qimagan
bolsalar ham, Spenseming izdoshlariga uning
g'oyalarini soxta deb aytib, hayosizlik bilan shov-
shuv ko‘targanlar. Tushunyapsizmi? Buyuk da-
hosi ilm-fanning turli sohalarini qamrab olgan
insonning g'oyalarini soxta deb jar solganlar; u
psixologiyaning otasi edi; u pedagogika sohasida
yirik burilish yasadi, Fransiyaning allaqaysi bir
go'shasidagi qishloq bolalari ham endi Spenser
tavsiya qilgan usul yordami bilan o'qish, yozish
va hisoblashni o‘rganmoqdalar. Spenseming
xotirasini tahqirlovchi ayanchli odamlar,
ayni
Martin Iden
479
vaqtda, uning g'oyalarini amalda tatbiq etib,
yeb yuribdilar. Agar ularning boshlarida ozmi-
ko'pmi aql bolsa, shunga ular yolglz Spenser
tufayli erishganlar-ku! Agar Spenser bolmagan-
da, ularning miyalarida totiqush singari yodlab
olgan ziglrdakkina bilimlari ham bolmasdi-ku.
Sudya Blount, sizga nisbatan yuqoriroq lavozim-
da bolgan Oksford rektori Ferbenksga o'xshagan
bironta janob, kelgusi avlod Spensemi muta-
fakkir deyishdan ko‘ra shoir va xayolparast deb
aytadi, deyishga jur’at etyapti. Kim o‘zi ular? -
Akillagan laychalar! Bittasi «Asosiy manshalar»
adabiy nafosatdan mahrum emas, deb aytibdi.
Boshqalar esa u aql zahmatkashi, ammo original
mutafakkir emas, deb qichqirishadi. Akillovchi
laychalar! Akillovchi laychalar galasi!
Martin chuqur sukunatga cholckancha jim
bolib qoldi. Rufning oilasidagilar sudya Blountni
hurmatli, xizmati ulug‘ odam deb izzat qilishardi,
shuning uchun ham Martinning qiligl hammani
dahshatga solib qo^di. Ziyofat oxiri xuddi motam
marosimidagidek shumshuk otdi. Sudya bilan
mister Morz o'zaro shivirlab gaplashib otirishdi;
boshqalaming suhbati esa hech qovushmasdi.
Ovqatdan keyin, Martin bilan Ruf yolglz qo-
lishganda qattiq mojaro boldi.
— Siz juda yomon odamsiz, - dedi Ruf duv-duv
ko‘z yosh toldb.
Lekin Martin hali g'azabdan tushmagan edi,
shunga ko‘ra, dahshat solib to‘ng‘illadi:
- Hayvonlar! Voy, hayvonlar-ye!
Ruf Martinga, sudyani haqorat qildingiz, de
gan edi, u e’tiroz bildirdi:
- Uni nima deb haqorat qilibman? Rost gapni
aytibmi?
- Rost gapmi, yo‘qmi, menga baribir, - deb
gapida davom etdi Ruf, - odobning ham malum
chegarasi bor, odamlarni haqorat qilishga sizga
hech kim huquq bergan emas!
- Haqiqatni tahqirlashga kim huquq bergan
sudya Blountga? - dedi Martin. - Allaqanday
bir odamsifat maxluqni tahqirlashdan haqiqatni
tahqirlash ming karra yomon. Lekin u bundan
ham beshbattar ish qildi! U allaqachon olib ket-
gan eng buyuk va eng oliyjanob mutafakkiming
nomini qoraladi. Voy, hayvonlar-ye! Voy, hay-
vondan tarqaganlar-e!
Ruf Martinning qahridan qo'rqib ketdi. Qiz uni
bunday g'azabga minganini birinchi marta ко‘rib
turishi edi, Ruf o‘z nuqtai nazaridan bemulo-
haza bolib ko‘ringan bunday g‘azabning boisi-
ni tushuna olmas edi. Ayni shu damda, Martin
Rufni bir vaqtlardagidek shunday kuch bilan
o‘ziga jazb qildiki, qiz o‘zini tutib turolmay, hech
kutilmagan bir paytda uning bo'ynidan mahkam
quchoqlab oldi. Qiz sodir bolgan voqealardan tah-
qirlangan va achchiqlangan edi, ammo shunga
qaramay boshi Martinning kolcragida yotar, unga
suqilarkan, yigitning g'oldirashini eshitardi:
- Hayvonlar, voy, hayvonlar-ye!
Martin hatto quyidagi gaplarni aytganida ham,
Ruf boshini ko‘tarmadi:
- Men endi hech qachon ziyofatlaringizni buz-
m ay man, azizam. Do‘stlaringiz meni sevmaydi,
men ham ularga suykalmayman. Meni ular qan-
chalik yomon ko'rishsa, men ham nlami shun-
480
Jek London
---------------
Martin Iden
481
day yomon ko'raman. Tuf! Ulardan jirkanaman!
Buni qarangki, bir vaqtlar men katta lavozim-
dagi odamlarga, dang‘illama uylarda yashovchi
dorilfunun diplomini olgan, bankka pul qotygan
odamlarga o'zimni past olib, havas bilan qa-
rardim! Shu qadar gol ekanmanki, ulami chi-
nakam hurmatga sazovor odamlar deb tasawur
qilardim.
Do'stlaringiz bilan baham: |