0 ‘TTIZ SAKKIZINCHI BOB
- Yuring, sotsialistlar klubiga boramiz, - dedi
Brissenden. U bundan yarim soat oldin, keyingi
uch kun ichida ikkinchi marta qon qusganidan
keyin endi o'ziga kelgan edi. Uning titroq qollari-
da har vaqtdagidek bir stakan viski bor edi.
- Nima qilaman u yerda? - deb so‘radi Martin.
- Begonalar uchun besh daqiqa so‘zlashga rux-
sat beriladi, - dedi bemor, - siz ham gapirishingiz
mumkin. Nima uchun sotsializmga qarshiligin-
gizni ularga aytib berasiz. Ular haqida, ularning
xarobazorlarda yashovchilarga xos axloqi haqida
qanday fikrda ekanligingizni ayting. Nitsshe fal-
safasini yuzlariga soling, tashvishga tushsinlar.
Bunday munozaralar ularga foyda, sizga ham zi-
yon qilmaydi! Olmasimdan oldin sotsialist bolib
olishingizni juda ham istardim. Bu hayotingizga
ma’no bag'ishlaydi, umidsizlikka tushganingizda
sizga madad beradi; umidsizlikka tushishingiz
esa muqarrar.
- Sizning, kelib-kelib, sizdek odamning sot
sialist bolganingizga hayronman, - dedi Mar
tin, - axir olomonni ko‘rishga ko'zingiz yo‘q-ku.
482
J e k ,London
Chindan ham, sizdek nafosat shaydosi bolgan
odamning olomon manfaati va orzulari bilan nima
ishi bor? - Martin ta’na qilib viskiga ishora qildi,
- sizni, aftidan, sotsializm qutqara olmasa kerak.
-
Men og‘ir kasalman, - deb javob berdi Bris
senden. - Sizning yolingiz boshqa. Siz sop-
pa-sog‘siz, siz hayotda hali ko‘p narsalarni
ko'rasiz, shunga ko‘ra hayotda o'zingizning bi-
ron maqsadingiz bolishi kerak. Mening nima
uchun sotsialist bolganimdan ajablanyapsizmi?
Ha, mayli, aytib bera qolay. Nega desangiz, sot
sializm muqarrar; nega desangiz, hozirgi tuzum
chirib qolgan, endi ko‘pga bormaydi; nega de
sangiz, siz kutgan otliqlar zamoni o'tib ketgan.
Qullar otliqqa ergashmaydi. Qullar shu qadar
ko'pki, otliq uzangiga oyoq qo'yishi bilan, uni
yerga tortib tushiradilar. Bundan qochib qutulib
bolmaydi, siz ulaming falsafasini hazm qilishga
majbursiz. To'g'ri, unchalik shirali emas u. Lekin
boshqa iloj yo'q. Siz o'sha Nitssheingiz g'oyalari
bilan odamovi bolib qolgansiz, Martin. O'tgan
narsa o'tib ketdi, tarix takrorlanadi degan odam
yolg'on gapiradi. To'g'ri aytdingiz, men olomon-
ni yoqtirmayman, lekin ilojim qancha? Otliqni
kutgandan foyda yo'q, men hamma narsani afzal
ko'rishga ham tayyorman, faqat qo'rqoq buijua
to'ng'izlari hukmronlik qilmasa bolgani. Yuring.
Bu yerda yana birpas o'tirsam, g'irt mast bolib
qolaman! Doktoming nima deganini bilasizmi?
E, qo'ying doktomi! Men uni shunaqayam laqil-
latib aldagim keladiki...
Yakshanba oqshomi, Oklenddagi sotsialistlar
klubining chog'roqqina zali asosan ishchilar bi-
Martin Zderi' >
483
lan liq tolgan edi. Notiq, bama’ni yahudiy,
chi o‘z nutqi bilan Martinda e’tiroz hissi uyg‘ot-
gan bolsa ham, Martinga yoqib qoldi. Notiqning
torgina yelkalari va botib ketgan kokragi, uning
haqiqiy yahudiy mahallasi farzandi ekanligidan
dalolat berib turardi. Martin unga tikilarkan,
miskin va ojiz qullaming bu dunyodagi bir ho-
vuch zo'ravonlar bilan, ya’ni, o‘sha qullar ustidan
hukmronlik qilib kelgan va hamisha hukmronlik
qiladigan zo'ravonlar bilan doimiy jang qilishini
yaqqol tasawur etdi. Bu nimjon odam, Martin
ning nazarida, mashaqqatli hayot yolida zaru-
riy biologik qonunga binoan qirilib ketayotgan
zaif va yashashga muvofiqlashmagan ommaning
timsoli edi. Ular olimga mahkum edilar. Ular
ning murakkab falsafasi va chumolidek jamoa-
mizga bolgan mayliga qaramay, qudratli va
kuchli odamlarni deb tabiat ulardan voz kech-
gan edi. Tabiat o‘zi yaratganlardan eng nodirlari-
ni saralab olardi, odamlar ham unga taqlid qilib,
oliy nav sabzavotlar va nasldor otlarni ko‘paytira
boshladilar. Albatta, olamni yaratgan egam bun-
dan tuzukroq usul ham о“у1аЬ chiqishi mumkin
edi, lekin odamlar joriy qilingan qonun-qoidalar-
ni tan olishdan boshqa choralari yo‘q edi. 0 ‘z-
o‘zidan malum, halok bolish oldidan ular sotsia-
listlarga o'xshab, o‘zlarini har yoqqa urishi, ti-
rishib-tirmashishlari mumkin, to‘planib olishib,
bu dunyo azoblarini qanday qilib yengillashtirish
va butun olamni qanday qilib laqillatish haqida
mulohaza yuritishlari mumkin.
Martin shunday o'ylardi, Brissenden uni so‘zga
chiqishga ко‘ndirganidan keyin, Martin shu
484
Jek London
mulohazalarini aytdi. U minbarga chiqib, odat
bo*yicha raisga murojaat qildi. U boyagi yahudiy
gapirayotganda miyasiga quyilib kelgan fikrlari
ni tartibga solishga urinib, bir oz tutilib-tutilib
past ovoz bilan gap boshladi. Bunday namoyish-
larda har qaysi notiqqa besh daqiqa vaqt berilardi,
Lekin bu berilgan besh daqiqa tamom bolganida,
Martin endi o‘z nutqidan zavqlana boshlagan, sot-
sialistlaming nazariyalarini endi tanqid qilishga
kirishgan edi, lekin u tinglovchilami o‘z nutqiga
qiziqtirib qoyganligi uchun hamma raisdan vaqt-
ni cho'zib berishni talab qildi. Odamlar bu begona
yigit siymosida o'zlariga munosib raqibni ко'rib,
uning har bir so'zini diqqat bilan tingladilar. Mar
tin zavq-shavq bilan dangal gapira boshladi, u
qullar axloqiga hujum qilarkan, qullar deganimda
mana shu tinglovchilarimni nazarda tutaman deb
dangal aytdi. U Spenser va Maltusdan naql keltir-
di va dunyoning tadrijiy takomilining biologik qo-
nuniga hamdu sano o'qidi.
-
Demak, - deb yakunladi u o‘z nutqini, -
yolg'iz qullardangina tashkil topgan davlat ya-
shay olmaydi! Asosiy takomil qonuni bu o'rinda
ham o‘z ta’sirini ko'rsatadi! Men yuqorida isbot-
laganimdek, yashash uchun kurashda kuch-
lilar va kuchlilaming avlodi tirik qoladi, ojizlar
va ularning avlodi esa olimga mahkumdir. Bu
jarayon natijasida avloddan avlodga o'tgan sari
kuchlining kuchi orta boradi. Mana buni takomil
deydilar! Siz qullar esa - to‘g‘ri, kishi o'zining qul-
ligini tan olishi ko'ngilsiz hoi, albatta - siz qullar
esa takomilning buyuk qonuniga tobe bolmagan
jamiyat haqida orzu qilasiz. Siz zaif va layoqatsiz
Martin Iden
485
kishilarning nobud bolmasligini istaysiz.
odamlaming kuchlilar bilan barobar, ko'ngillari
istagancha ovqat yeyishini istaysiz. Siz ojizlar-
ning kuchlilar bilan bir qatorda turmush qurish-
larini va nasi qoldirishlarini istaysiz. Lekin bular
qanday natija beradi? Odamzodning kuchi va
yashash qobiliyati avloddan avlodga o'tgan sari
rivojlanmaydi. Aksincha, orqaga keta beradi.
Mana, sizning «Qullik falsafangiz»ning Nemezida-
si26 Sizning jamiyatingiz - qullar tomonidan, qul-
lar nomi bilan qullar uchun yaratilgan jamiyat
- muntazam ravishda zaiflashib, chiriy boshlay-
di va nihoyat, tamomila nobud boladi. Esingiz-
da bolsin, men sentimental axloq emas, biologi-
ya qonunlariga asoslanib xulosa chiqaiyapman.
Qullar davlati yashay olmaydi.
- Xo‘sh, Qo‘shma Shtatlar-chi? - deb qichqirdi
kimdir.
- Qo'shma Shtatlar? - deb e’tiroz bildirdi Mar
tin. - O'n uchta mustamlaka o'z hukmdorlarini
quvib yuborib, respublika degan narsani tash-
kil qildi. Qullar o‘zlariga o'zlari xo‘jayin bolishdi.
Qilich bilan davlatni boshqarib turgan hukmdor-
lar qolmadi. Biroq qullar hukmdorlarsiz yashay
olmas edilar, oqibat, yangi toifa hukmdorlar pay-
do bolishdi. Bular dovyurak, oliyjanob va kuch-
li odamlar emas, balki ayanchli o'rgimchaklar,
chayqovchilar va sudxo'rlar edi! Ana o‘shalar
sizni qaytadan asorat domiga soldi, lekin bu ish-
ni kuchlilar. singari oshkora qilmadilar, balki har
turli nayranglar, aj^yorliklar, yolg‘on va bo'hton-
Siz ojiz
Do'stlaringiz bilan baham: |