Martin Iden
463
qonunini tilga olgan edi, uning raqiblari
hotiyoq aynan o'zlari shu qonunga asoslanish-
larini aytdilar. Martin tizzalarini quchoqlagan-
cha, zavqlanganidan dir-dir titrab quloq solib
otirardi. Norton haqiqiy spenserparast emas
edi, shuning uchun ham u bahs qizigan payt
larda ko'proq Martinga murojaat qilar va boshqa
raqiblari bilan qanday bahslashsa, u bilan ham
shunday bahslashardi.
- Bilasizmi, Berklining savoliga hali hech kim
mukammal javob bera olgani yo‘q, - derdi u Mar
tinga o‘girilib. - Gerbert Spenser boshqalarga
nisbatan ancha yaqinlashib keldi-yu, lekin u
ham, ochig'ini aytganda, mufassal javob bera ol-
madi. Uning izdoshlaridan eng dovyuraklari ham
bundan nariga o‘ta olmaydilar. Men Salibining
Spenser haqidagi maqolasini o'qidim. Hattoki u
ham, Spenser Berkliga javob qaytarishga muyas
sar boldi desa boladi, deb yozibdi.
- Yumning aytganlari esingizdami?! - dedi
Gamilton.
Norton bosh irg'adi, lekin Gamilton buni bosh
qalarga izohlab berishni ma’qul ko'rdi:
- Yum, Berklining dalillariga hech qanday
javob berishning imkoni yo‘q, ular tamomila qo-
niqarsiz dalillardir, deb aytgan edi.
- Yum uchun qoniqarsiz, - deb e’tiroz bildirdi
Norton, - chunki Yum ham xuddi sizga o'xshab
fikr yuritgan, orangizda faqat bitta farq bor:
u ham bolsa, Berkliga javob berish mumkin
emasligini e’tirof etishga uning aqli yetibdi.
Norton garchi munozara choglda o'zini yo'qot-
masa ham, juda qiziqqon va jizzaki edi, Kreys
shu za-
464
Jek London
bilan Gamilton esa dushmanining zaif tomonla-
rini bafurja, shoshmay o‘rganayotgan sovuqqon
vahshiylami eslatishardi. Hadeb metafizik deb
ta’na qilishavergandan, kechaning oxirida jah-
li chiqib ketgan Norton bahsga astoydil berilib
ketib, o‘rnidan turib ketmaslik uchun ikki qoli
bilan kursini mahkam ushlab oldi va hovuri-
ni bosa olmay ko'zlaridan o‘t sochib, raqiblarga
qarshi hujumga o‘tdi.
-
Ha, yaxshi, gekkelchilar, - deb qichqirdi
u, - ehtimol, men jodugar yoki duoxon singari
muhokama yuritayotgandirman, lekin o'zingiz
qanday muhokama yurityapsiz? Shuni bilmoq-
chi edim. Garchi siz lozim bolgan-bolmagan
yerda pozitiv fan haqida ayyuhannos solsangiz
ham, aslida suyanadigan hech nimangiz yo‘q-
ku. Siz nodon aqidaparastsiz! Axir materialis-
tik monizm maktabi vujudga kelishidan ancha
oldin hammayoq shu qadar o*yib tashlangan
ediki, hech qanday poydevor qoyishning im-
koni qolmagan edi. Bu ishni Lokk qildi! Jon
Lokk! Bundan ikki yuz yil burun, hatto undan
ham oldinroq Lokk o'zining «Inson aqli ustida
tajriba»sida tug'ma g‘oya tushunchasining be-
ma’niligini isbot qilgan edi. Sizlar esa haligacha
shu bilan shug'ullanib yuribsiz. Bugun shu yer-
ga to‘planganimizdan beri, hech qanday tug'ma
g‘oya yo‘q, deb meni ishontirmoqchi bolyapsiz.
Bu nima demak? Bu - inson oliy haqiqatning ta-
giga yeta olmaydi, demak. Tug'ilgan chog'ingizda
miyangizda hech vaqo bolmaydi. Undan keyingi
olgan hamma bilimlaringiz faqat fenomenlarga
va besh xil sezgi a’zolari yordamida olgan taas-
Martin Iden
465
surotlaringizga asoslanadi. Tugllgan
gizda miyangizda mavjud bolmagan noumenlar
esa undan keyin ham hech yol bilan miyangiz-
ga kira olmaydi.
-T o ‘g‘ri emas... - deb uning so‘zini boldi Kreys.
-
Oldin men gapimni aytib bolay! - deb yubor
di Norton. - Sizning aqlingiz hissiyotingizga u yo
bu tarzda ta’sir ko'rsatuvchi kuch va materiya-
ning o‘zaro ta’sirinigina o'zlashtira oladi. Ko'ryap-
sizmi, bahsimizga qulaylik tug'dirish niyatida,
men hatto materiyani mavjud deb e’tirof etish
ga ham tayyorman! Lekin hozir men sizlami o‘z
dalillaringiz bilan yanchib tashlayman. Boshqa
yol yo‘q, afsuski, ikkovingiz ham abstrakt tafak-
kurga qobil emassizlar. Qani yuksak pozitiv fan
talimotiga asoslanib ayting-chi, materiya haqida
nimalami bilasiz? Siz faqat idrok qilayotganingiz
narsalarni bilasiz, ya’ni, yana o‘sha fenomenlar-
ni bilasiz. Siz faqat materiyadagi o‘zgarishlar-
ni, aniqrogl, faqat o‘zingiz o'zgarish deb fahm-
lagan narsanigina tushuna olasiz. Pozitiv fan
yolglz fenomenlarga asoslanadi, siz tentaklar
bolsangiz, o'zingizni noumenlarga asoslangan
ontologlar deb hisoblaysiz. Ha, pozitiv fan faqat
tashqi hodisalarga asoslanib ish ko'radi. Bir
vaqtlar kimdir, hodisalar haqidagi fan hodisalar-
ning o'zidan yuksala olmaydi, deb aytgan edi. Siz
hatto Kantni rad eta olganingizda ham, Berkliga
javob bera olmaysiz; biroq siz Berkli nohaq deb
aytasiz, chunki sizning nazariyangiz xudoning
borligini inkor etadi-yu, lekin materiyaning mav-
judligiga shubha qilmaydi. Men hozir fikrlarim-
ni tushunsinlar deb materiyaning mavjudligini
chogln-
466
Jek London
e nrof etdim. Mayli, pozitivist boling, lekin pozi-
tiv fanlar orasida ontologiyaga o‘rin yo‘q. Demak,
uni o‘z holiga qoyishingiz kerak. Spenser agios-
tik sifatida haq, lekin agar Spenser...
Biroq oxirgi Oklend paromining jo ‘nashiga oz
vaqt qolgan edi, shuning uchun Brissenden bilan
Martin ketishga majbur boldilar. Norton gapida
davom etayotgan, Kreys bilan Gamilton esa xud
di quturgan tozi itlardek unga tashlanish uchun
qulay fursat kutib turgan bir paytda Brissen
den bilan Martin hech kimga sezdirmay xonadan
chiqib ketishdi.
-
Siz menga mo'jizakor bir olkani topib berdin-
giz, - dedi Martin Brissendenga, ikkovlari parom-
ga chiqib olishganidan keyin. - Bunday odamlar
bilan suhbat qurgandan keyin yashash kerak
ekanligini his qila boshlaysan! Boshim aylanib
ketdi! Men shu paytgacha idealizmning nimaligi
ni tuzukroq tushunmasdim. Hali ham uni hazm
qila olmayman. Men umrbod realist bolib qoli-
shimni bilaman, shunday yaratilgan bolsam
kerak-da. Lekin Kreys va Gamilton bilan jon-jon
deb bahslashardim, Nortonga aytadigan ikki-uch
og‘iz gap topardim. Spenserga jiddiy e’tiroz bildi-
rilganini ko‘rmadim. Men birinchi marta sirkka
borib kelgan boladay hayajondaman. Hali yana
juda ko‘p mutolaa qilishim kerakligini payqayap-
man. Salibining kitobini topish kerak! Spenser-
ning yengilmasligiga imonim komil. Kelasi safar
men ham mubohasaga aralashaman...
Lekin Brissenden bu payt, oriq iyagini issiq
sharfi bilan o'ragancha oglr-oglr nafas olib,
mudrab otirardi, uning ozgln gavdasi parrak
har aylanganda silkinib-silkinib qoyardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |