Falsafa ma’ruzalar matni



Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/250
Sana20.08.2021
Hajmi1,02 Mb.
#152458
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   250
Bog'liq
falsafa

Mirza Abdulqodir Bedildir (1644-1721). Mirza Bedil ilmning ko’p sohalari, xususan falsafa, adabiyot, san’atshunoslik 
bo’yicha ijod qildi. U hind, arab, eron, ko’plab Osiyo xalqlarining ilmiy merosini chuqur o’zlashtirgan etuk olimdir. 
Bulardan tashqari, Mirza Bedil Sa’diy, Attor, Jomiy, Hofiz, Navoiylarning she’riyati, dunyoqarashini puxta bilgan. 
Uning muhim asarlari «Chor unsur», «Irfon», «Ruboiyot», «G’azaliyot» va boshqalardir. Vahdati-mavjud oqimi 
tarafdorlari tabiatning abadiyligini materiya va ruhning birligini tan olib, xudoni olamning o’zida deb biladilar. Mirza Bedil 
ana shu ta’limot tarafdori edi. Bedil o’zining «Chor unsur», «Irfon» asarlarida hamma narsalarning asosida havo yotadi, deb 
hisobladi. 
Uningcha, havo abadiy, mutlaq, harakatchan, o’zgaruvchan, rangsiz va engildir. U yuqori va quyi tomon harakat 
qiladi. U ruhlar to’g’risida so’z yuritib, nozik bug’-buxori latif havodan kelib chiqib, tabiiy ruh, nabotot ruhi, inson ruhi, 
hayvoniy ruhni paydo qiladi, deydi. Xullas, u tabiatni ruhlantiradi, ruhlar moddiy dunyodan tashqarida emasligini alohida 
ta’kidlaydi. 
Mirza Bedil bilish haqida fikr yuritar ekan, bilishning birinchi bosqichi his-tuyg’ular bilan bog’liqligini, bilishda 
inson tafakkurining qudrati kuchli ekanligini yozadi. Bedil inson o’z qilmishlari, xatti-harakatida erkindir, degan 
qoidani hayotiy misollar orqali asoslab berishga intiladi, mehnat va hunarni, ilm va kasb egallashni ulug’laydi. 
Ma’lumki, tanosux-ruhning ko’chib yurishiga ishonish o’sha davrda Hindistonda keng tarqalgan edi. «Hindlarning 
tasavvuricha, — deydi Bedil, — ruh butunlay mustaqil holatda mavjuddir va har bir narsaga, jismlarga o’tish — 
ko’chish qobiliyatiga ega». Shuni alohida ta’kidlash joizki, Bedil tanosux nazariyasining haqiqiy mohiyatini ochishga 
uringan. 
Mirza Bedil ijtimoiy-siyosiy qarashlarida jamiyat, inson, davlat va uning kelib chiqishi, uni boshqarish yo’llari, 
dehqonchilik va uning foydasi haqida fikr yuritdi. Ayniqsa, u insonni yuksak darajaga ko’tardi, uning irqi, dini va 
millatidan qat’i nazar hurmatga sazovor ekanligini uqtirdi. U odamlardagi vatanparvarlik, mehnatsevarlik, vafodorlik, 
saxiylik, samimiylikni qadrladi, dangasalik, takabburlik, ochko’zlik, yolg’onchilik, makkorlikni qoraladi. 
Xullas, Mirza Bedilning insonparvarlik ruhi bilan sug’orilgan ijtimoiy va falsafiy g’oyalari o’sha davrda muhim 
ahamiyatga ega bo’ldi. Olim o’zining falsafiy qarashlari bilan O’zbekiston va Hindiston o’rtasidagi madaniy, ilmiy va 
do’stlik aloqalarini mustahkamlashga katta hissa qo’shdi. 
XVIII asrning oxiri XIX asrning boshlarida Markaziy Osiyoda uch davlat — Qo’qon va Xiva xonligi hamda 
Buxoro amirliklari paydo bo’ldi. ular davrida ilm-fan, adabiyot va san’atni rivojlantirgan ba’zi mutafakkirlar etishdi. 
Qo’qon xonligi hududida yashab ijod etgan shoiralar Nodira (1792-1843), Uvaysiy (1789-1850), Dilshod Barno (1800-
1906) va boshqalar ijtimoiy falsafiy fikr rivojiga munosib hissa qo’shdilar. 
Bular orasida Nodira (Mohlaroyim) alohida o’rinni egallaydi. Shoira o’n ming misradan ortiq g’azallarning muallifi 
bo’lib, ularda zamonasining muhim muammolarini ko’tarib chiqadi. Nodira mamlakatni boshqarishda faollik ko’rsatadi, 
davlatni tadbir va adolat asosida boshqarishga intiladi, bu borada o’z o’g’liga ko’makdosh bo’ladi, unga homiylik 
qiladi. Shoira ijodida inson va uning fazilatlarini kuylash asosiy o’rinni egallaydi: sevgi, muhabbat, himmat, sabr-
qanoat, hayo kabi insoniy qadriyatlar tahlil qilinadi. U o’z ijodida dunyoviylik bilan bir qatorda tasavvufning 
naqshbandiya yo’nalishiga asoslangan bir butunlik bilan insonning jamiyat va tabiatga munosabatini ham, ilohiy 
muhabbat yo’lidagi ruhiy dunyosini ham juda go’zal va jonli misralarda ifodalab beradi. 
Mustaqillik sharofati bilan Nodira va boshqa shoiralarning ijodiy merosi yana ham chuqur o’rganila boshlandi, she’riy 
to’plamlari chop etilib, xalqning ma’naviy mulkiga aylantirildi. 
Bu davrda Xorazmda Komil Xorazmiy, Ogahiy va Munis kabi shoirlar ijod qildilar: 
Ogahiy — Muhammadrizo Erniyozbek o’g’li 1809 yilda Qiyot qishlog’ida tug’ilib, 1874 yilda vafot etgan. 
Shoirning muhim asarlari «Gulshani davlat», «Riyoz ud-davla», «Jome’ ul voqeoti Sultoni», «Zubdat ut-tavorix», 
«Shohidi iqbol», «Bayozi mutafarriqai forsiy», «Firdavs ul-iqbol» va boshqalardir. Bulardan tashqari, Ogahiy Sa’diy 
Sheroziy, Nizomiy, Kaykovus, Jomiy va Koshifiyning badiiy, tarixiy, falsafiy, axloqiy-didaktik asarlarini o’zbek tiliga 
tarjima qilgan. 
Ogahiy o’zining «Qasidai nasihat» nomli asari va boshqalarda davlatni boshqarish yo’llarini ko’rsatadi, Xiva xoni 
Feruzga mamlakatni odilona boshqarishning yo’l-yo’riqlarini aytadi. Ogahiy o’zining ijtimoiy qarashlarida 
insonparvarlik g’oyalarini ilgari surdi, odamlarni yaxshilik va ezgulikka, xayrli ishlar bilan shug’ullanishga, 
ma’rifatparvarlikka da’vat etdi. Uning tarixiy risolalari haqqoniyligi bilan ajralib turadi. Mutafakkir Xiva xonligining 
1813-1873 yillar tarixini yozib qoldirgan. Hozirgi vaqtda, tariximizni xolisona yaratishga intilish kuchaygan bir 
sharoitda, Ogahiy asarlarining ahamiyati oshib bormoqda. 
 
 


XIX asrning ikkinchi yarmida Turkiston rus chorizmi tomonidan bosib olindi. O’tgan asrning 60-70 yillarida 
xalqning qattiq qarshiligiga qaramay, Rusiya askarlari zo’ravonlik, qurol ishlatish yo’li bilan Turkiston shahar va 
qishloqlarini ishg’ol qildilar. Bundan asosiy maqsad bu o’lkani xomashyo bazasiga aylantirish, mahalliy boyliklarni 
talon-taroj qilish, ularni xorijiy mamlakatlarga sotish va o’z sanoatini rivojlantirishda foydalanish edi. Rus burjuaziyasi 
erli amaldorlar bilan kelishib ish yuritdi. Bu esa xalqning ikki tomonlama ezilishiga olib keldi. Rus sanoatining kirib 
kelishi, ko’plab rus aholisining Turkistonga ko’chib kelishi, aholini «ruslashtirish» siyosati — bularning hammasi 
Evropa va rus madaniyatini tarqalishiga sababchi bo’ldi. Pochta, telegraf, telefon, elektr, temir yo’llar qurilishi yo’lga 
qo’yila boshlagani, banklar ochilgani aslida erli xalqni ezish, uni o’zligidan judo qilish orqali amalga oshirildi. 
Erli xalqlar orasida mustamlakachilikka qarshi ma’rifatchilik g’oyalari tarqala boshladi, yangi ta’lim-tarbiya 
shoxobchalari, yangi maktab, maorif, madaniy targ’ibot, jadidchilik harakati rivoj topdi. Mana shunday sharoitda 
Turkistonda ko’plab ma’rifatchilar etishib chiqdi. Ma’rifatparvarlik mafkurasining ko’zga ko’ringan vakillaridan biri 

Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish