Falsafa ma’ruzalar matni



Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/250
Sana20.08.2021
Hajmi1,02 Mb.
#152458
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   250
Bog'liq
falsafa

Mahmudxo’ja Behbudiy (1875-1919) jadidchilik harakatining asoschilaridan biri bo’lib, yangi maktablar qurish, 
yosh avlodni mustaqillik ruhida tarbiyalash, ularni ilmli qilish, ma’rifat va taraqqiyot uchun kurashga katta hissa 
qo’shgan mutafakkirdir. 
Behbudiy yangi maktablar uchun «Risolayi asbobi savod», «Risolayi jug’rofiyai umroniy», «Kitobat ul-atfol», 
«Amaliyoti islom», «Risolai jug’rofiyai rusiy» va boshqa darsliklarni yozadi. Uning asosiy asari «Padarkush» 
dramasidir. Bulardan tashqari, Behbudiy ko’plab publitsistik maqolalar yozdi, matbuotda xizmat qildi, nashr ishlari 
bilan mashg’ul bo’ldi. Uning maqolalarida millat va Vatan taqdiri, mustaqillik g’oyasi, axloq va ta’lim-tarbiya va 
boshqa masalalar o’rin olgan. 
Jadidchilik haraktining yirik namoyandalaridan biri Abdulla Avloniydir (1878-1934). U pedagogik faoliyat va 
badiiy ijodni qo’shib olib bordi. Avloniy ochgan maktablarda dunyoviy fanlarni bolalarga o’qitish yo’lga qo’yildi. 
Mutafakkir «Ikkinchi muallim», «Birinchi muallim», «Alifbedan so’nggi o’quv kitobi» kabi darsliklarni yaratdi. 
Ayniqsa, olimning «Turkiy guliston yoxud ahloq» darsligi bolalar dunyoqarashi, milliy ongi va mafkurasining 
shakllanishida muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Unda bolalarga ilm-fan sirlarini o’rgatish, yaxshi hulq-odob qoidalarini 
singdirish, Turkiston xalqini asriy qoloqlikdan qutqarish yo’llari, iqtisod, tadbirkorlikni rivojlantirish, mamlakatni 
xomashyo qaramligidan xalos etish, ma’rifat va ma’naviyatni yuksaltirish masalalari yoritilgan. 
Avloniy «Advokatlik osonmi», «Biz va Siz», «Portugaliya inqilobi», «Ikki sevgi» va boshqa dramatik asarlar yozib, 
o’zbek teatri va dramaturgiyasi rivojiga munosib hissa qo’shdi. 
Jadidchilik haraktining yana bir yorqin vakili Abdurauf Fitrat (1884-1939) bo’lib, ilmning ko’p sohalarida ijod 
qilgan mutafakkirdir. Olim «Sayha» («Bong»), «Hind sayyohining qissasi», «Uchqun» to’plami, «Chin sevish», «Hind 
ixtilochilari», «O’zbek tili grammatikasi», «Chig’atoy adabiyoti» va boshqa ko’plab asarlar yozdi.  
Fitratning 
asarlarida xalqni jaholat va nodonlikdan qutqazish, ilm-ma’rifatga chorlash, milliy mustaqillikka erishish, xalqning 
o’zligini tanishi, ongining o’sishi, kuchli va rivojlangan davlat tuzish, xalqning bilimdon bo’lib, tijorat va tadbirkorlik 
bilan shug’ullanishi, Evropaning fan va texnika yutuqlarini o’rganish kabi g’oyalar ilgari suriladi. Uning yuqoridagi 
millatparvarlik va vatanparvarlik ruhi bilan sug’orilgan g’oyalari hozir ham tadbirkorlik, ma’naviyat va ma’rifatni 
ravnaq toptirishda, milliy g’oya va mafkurani shakllantirishda, xalqning o’zligini anglashida muhim ahamiyatga ega. 
Xullas, O’zbekiston hududidagi temuriylardan keyingi ijtimoiy-falsafiy fikr tarixini qisqa yoritish shundan dalolat 
beradiki, u bizning davrimizgacha uzluksiz ravishda madaniyat, inson tafakkuri va aql-zakovatining yuksalishida 
muhim ahamiyatga ega bo’lgan. Lekin mustabid tuzum davrida ijtimoiy-falsafiy fikr tarixiga bir tomonlama, sinfiy 
nuqtai nazardan yondashildi, faqat kommunistik partiya mafkurasi talablariga to’g’ri keladigan g’oya va fikrlarga 
e’tibor berildi. 1917 yildagi Oktyabr to’ntarishidan so’ng asta-sekin o’tmish ma’naviyati, falsafiy fikri o’rnini 
markscha-lenincha mafkura egallay boshladi. Oliy o’quv yurtlari, keng xalq ommasi orasida dialektik va tarixiy 
materializm va ilmiy ateizm targ’ib qilindi, ularga to’g’ri kelmaydigan ta’limotlar qattiq tanqid ostiga olindi. Eng 
achinarlisi shuki, o’z milliy madaniyati, urf-odati va ana’analariga sodiq bo’lgan, ularni saqlab qolishga intilgan 
ziyolilar, shoir va yozuvchilar quvg’inga uchrab, qatag’on qilindi. 
Lekin yuqoridan bo’lgan taziyqlarga qaramay, madaniy-ma’naviy va ijtimoiy-falsafiy merosimizni o’rganish, 
tadqiq qilish tamoman to’xtab qolmadi. 60-70 yillarda I.M. Mo’minov, V. Zohidovlarning ijtimoiy-falsafiy fikr tarixi 
bo’yicha tadqiqotlari ahamiyatga ega bo’ldi. Ular Forobiy, Beruniy, ibn Sino, Navoiy, Ali Qushchi, Mirza Bedil va 
boshqalarning falsafiy dunyoqarashini tadqiq qildilar. 
O’zbekistonning mustaqillikka erishuvi madaniy merosimizni xolisona, haqqoniy va yangicha tafakkur asosida tadqiq 
qilish uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Endigi vazifa sobiq mafkuraning asoratlarini bartaraf qilib, milliy mafkuramizga 
tayanib boy ma’naviy va madaniy qadriyatlarni, ijtimoiy falsafiy tafakkur tarixini chuqur va har tomonlama o’rganishdir. 
 

Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish