«Sxolastika»- so’zi yunoncha «shkola»dan («shola») olingan bo’lib, «o’qish joyi»,»maktab» ma’nolarini anglatadi.
Buyuk Karl saroyida o’qituvchilik qilganlarni, yoki umuman saroy maktabidagi o’qituvchilarni sxolastlar deb ataganlar.
Shuningdek, dinni o’rganishda falsafani tatbiq qilgan o’rta asr olimlarini ham sxolastlar deb ataganlar. Sxolastikani
ma’lum darajada ilohiyotni aqlga moslashtirish, dinni tafakkur yordamida quvvatlashga bo’lgan intilish deb ham
baholash mumkin. O’sha davrda ilohiyotni muqaddas kitoblar aqidalari asosida emas, balki falsafiy nuqtai nazardan
tadqiq qilish toqozo qilinardi. Sxolastlarning maqsadi e’tiqod aqlga muvofiqmi degan savolga javob berish bo’lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |