34
“Ona allasi” bu eng nozik va jozibali ma’naviy-axloqiy qadriyat hisoblanadi. Ona allasi
tufayli har qanday farzand, birinchidan, onaning vujudidagi mayin dil ohanglarini tinglab
ma’naviy kamolotning ilk pallasiga qadam qo‘ysa; ikkinchidan, onani butun go‘zalliklari bilan
o‘z ongida gavdalantiradi; uchinchidan, birinchi bor ona timsolida ona Vatanini anglash sari ilk
qadam tashlab xayolotning kengliklarida jarangdor, sho‘x- sho‘x kulgilar hadya qilib olamni
charog‘on aylaydi. Bu esa odamzotni, bir tomondan, o‘z hayotidan mamnun ekanligini namoyish
etsa, ikkinchi tomondan, kelajakka ishonch bilan qarash, farzandlar kamoloti uchun yashash,
mehnat qilishga chorlaydi. SHuning uchun ham xalqimiz “ona bolani, bola esa butun dunyoni
tebratadi” deb bekorga aytmaydi. Bu ayni haqiqatdir. CHunki, dunyo ona allasi, bola kulgisi
bilan go‘zaldir. Bu go‘zallikni idrok qilmagan odam, insoniylik fazilatlariga ega bo‘lmagan bir
hissiz kishidir, xolos.
Demak, qadriyatlar qachonki kishilarning ongi va ma’naviy olamining bir qismiga
aylanib, ular qalbiga chuqur singib ketganidagina amal qilishi mumkin ekanligini isbotlab
o‘tirishning zaruriyati yo‘q.. Axloqiy qadriyatlarning ahamiyati uning moddiy emas, balki
ma’naviy boylik ekanligidadir. Masalan, vijdon sotilmaydi yoki or-nomus va qadr-qimmatni
pulga sotib olib bo‘lmaydi. Bu axloqiy fazilatlarni moddiy jihatdan o‘lchashning ilojisi ham
yo‘q..
Jamiyatning ma’naviy va axloqiy sog‘lomligi bebaho boylik hisoblanadi.”Axloq-odobga
doir hadis namunalari” kitobida insonga xos go‘zal axloqiy fazilatlar har bir inson o‘zi
yashayotgan muhitdagi odamlar bilan turmushda, oilada, qo‘ni-qo‘shnichilik va yori-
birodarlikda, jamoat joylaridagi munosabatlarida, boshqalar bilan bo‘ladigan aloqasi, yurish-
turishi, muomalasi, kiyinishi, did-farosati va boshqa shu kabi fazilatlarni namoyon qilishiga doir
ko‘plabhadislarni uchratamiz. Jumladan, “Qo‘shningizga yaxshilik qiling-tinch bo‘lasiz”,
“O‘zingiz sevgan narsani odamlarga ham ravo ko‘ring-salomat yurasiz”, “Inson xatoni ko‘proq
o‘z tili bilan sodir qiladi”, “Tashqi ko‘rinishlaringiz yoki molu-dunyolaringizga emas, balki
dillaringizga va ishlaringizga baho beriladi”.
Bu hikmatlarda umuminsoniy qadriyatlar, kishilarning yurish-turishi, atrofdagilar bilan
munosabatining axloqiy asoslari, inson go‘zalligining umumiy mezonlari to‘g‘risida olam-olam
ma’noni uqib va o‘zlashtirib olish mumkin. Kim qaysi lavozimda va vazifada ishlashidan qat’iy
nazar, o‘zining serzavq, sermazmun mehnati, yaxshi kayfiyati, boshqalarga yordami va saxiyligi,
kamtarinligi, madaniyligi, qadr-qimmati va xulq-odobi bilan, hamjihat ish yuritishi va odamlarga
foyda keltirishi bilan go‘zaldir.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki,shaxs ma’naviyati uning axloqiy sifatlari, odobi,
Vatan va xalqqa sadoqati, mehnatga, insonlarga bo‘lgan munosabati, aql-zakovati va qadr-
qimmati bilan o‘lchanadi. Ma’naviyat axloqiy qadriyatlar, xususan umuminsoniy va milliy
qadriyatlar ta’sirida o‘zgarib, rivojlanib, kamol topib boradi. O‘z navbatida yuksak ma’naviyat
shaxsning axloqiy jihatdan kamol topishida muhim rol o‘ynaydi. Ijtimoiy hayotning bu ikki
negizi doimo bir-biriga ta’sir etib, bir-birini to‘ldirib, taqozo etib boradi. Bu uzluksiz davom
etadigan jarayondir.
Do'stlaringiz bilan baham: