Milliy intellektual salohiyat tushunchasi
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda yoshlarni vatanparvarlik, milliy an’ana va
qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ma’naviy yetuk va jismonan sog’lom barkamol
avlodni voyaga yetkazish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida muayyan
ishlar amalga oshirildi.
Shu bilan birga, sohadagi vaziyat va amalga oshirilgan tadbirlar tahlili yoshlarning keng
qatlamlariga daxldor bo’lgan dolzarb masalalar, ayniqsa, yoshlarning hayotda o’z o’rnini topishi
uchun munosib sharoit yaratish, ularni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, kasbga yo’naltirish va
bandligini ta’minlash, tashabbuslarini rag’batlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi “Yoshlarga oid davlat
siyosati samaradorligini oshirish va O’zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo’llab-quvvatlash
to’g’risida”gi PF-5106–sonli Farmoni mazmun-mohiyatini yoshlar o’rtasida keng targ’ib qilish
maqsadida filialning Ma’naviyat va ma’rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo’limi,
O’zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti, filial Murabbiylar Kengashi va filial
psixologi hamkorlikda 2018 yilning 21 fevral sanasida filial iqtidorli talabalarining aqliy
salohiyati, intellektual darajasi va mantiqiy fikrlash qobiliyatini o’rganish bo’yicha “Intellektual
salohiyatli va barkamol yoshlar-farovon kelajagimiz garovi!” mavzusidapsixologik seminar-
trening tashkillashtirildi.
O’tkazilgan seminar-treningda Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari
K.R.Yakubov, Ma’naviyat va ma’rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo’limi boshlig’i
E.N.Alimov, bo’lim uslubchilari G.Sh.Xusainova, U.O.Karimov, O’zbekiston yoshlar ittifoqi
boshlang’ich tashkiloti yetakchisi X.A.Jumanazarov, filial Murabbiylar Kengashi raisi
M.R.Raximova, filial psixologi D.Sh.Avazyazova va filial iqtidorli talabalari ishtirok qilishdi.
Seminar-treningda
mashhur
psixolog
R.B.Kettellning
talabalardagi
intellekt
koeffitsientini aniqlab beruvchi “Madaniy muhit ta’siriga bog’liq bo’lmagan intellekt” testi,
mantiqiy fikrlash darajasi, tezligi va tafakkurning psixologik xususiyatlarini aniqlashga
qaratilgan “Sonlarning mantiqiy qatori” metodikasi, diqqat bo’linuvchanligi va tafakkur
mahsuldorligini o’rganishga qaratilgan proektiv metodikalaridan foydalanildi.
O’zbekiston Respublikasida yoshlarga, ularning ta’lim-tarbiyasi, intellektual salohiyati va
barkamol inson bo’lib yetishishlariga katta e’tibor beriladi. Intellektual boylik hukmronlik
qiluvchi XXI asrda yoshlarni aqliy salohiyatini o’stirish, yoshlar tomonidan ilgari surilgan
innovatsion g’oyalarni ma’naviy va moddiy tarafdan qo’llab-quvvatlash, yoshlarni barkamol
inson qilib voyaga yetkazish muhim vazifamiz sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |