Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari kafedrasi intellektual va ma’naviy tarbiya asoslari fanining


Milliy xavfsizlikni ta’minlash tamoyillari



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/145
Sana19.08.2021
Hajmi1,72 Mb.
#151645
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   145
Bog'liq
intellektual va manaviy tarbiya asoslari MAJMUA 2020 (1)

Milliy xavfsizlikni ta’minlash tamoyillari 
O‘zbekiston  Respublikasining  davlat  mustaqilligini  mustahkamlash,  uning  hududida 
barqarorlikni  ta’minlash,  mamlakatimizning  jahon  xo‘jaligi  tizimida  va  jahon  hamjamiyatida 
munosib joyni egallashiga erishish - davrimizning asosiy vazifasidir. 


45 
 
Milliy  xavfsizligimizning  keng  qamrovli  konsepsiyasini  ishlab  chiqish,  uning  asosini 
belgilovchi  qonunlarni  yaratish  g‘oyat  dolzarb  ahamiyatga  ega.  Albatta,  O‘zbekiston 
Respublikasi  Konstitusiyasida,  qator  qonunlar  hamda  mudofaa  muammolariga  bag‘ishlangan 
boshqa  me’yoriy  hujjatlarda  bu  masalaning  negizlari  mavjud.  Biroq  milliy  xavfsizlikni 
ta’minlash  bir  yoqadan  bosh  chiqarib  kompleks  yondashuvni  taqozo  etadi.  Milliy  xavfsizlik 
masalasida yagona davlat siyosati bo‘lmog‘i, barcha siyosiy, iqtisodiy, tashkiliy, harbiy, huquqiy 
va boshqa chora-tadbirlarning o‘zaro uyg‘un va mukammal tizimi bo‘lmog‘i shart. 
Milliy  xavfsizlik  haqida  gapirar  ekanmiz,  avvalambor,  hozirgi  davr  xususida, 
O‘zbekistonning bugungi dunyoda tutgan o‘rni xususida aniq tasavvurga ega bo‘lishimiz zarur. 
Ilgari ikki sistema - SSSR va AQSH  yetakchi bo‘lgan va bir-biriga mafkuraviy jihatdan 
zid ikki tizim, ikki blok mavjud edi. Dunyo xavfsizlik tizimi ham xuddi shu ikki blokning o‘zaro 
muxoliflik muvozanatiga asoslangan edi. SSSR parokanda bo‘lgach, yangi - g‘oyat murakkab va 
qaltis bir davr yuzaga keldiki, uning asosiy belgilari quyidagilardan iborat: 
Birinchi.  Davlatlararo  munosabatlar  tizimidagi  muvozanat  buzildi.  Jahonda  siyosiy-
iqtisodiy bo‘linish ro‘y berdi. Kuchlar markazi ilgari ikki joyda bo‘lsa, endilikda bunday ahvol 
va vaziyat o‘zgardi. 
Ikkinchi.  Jahonda  mulkiy  tengsizlik  -  sanoati  rivojlangan  mamlakatlar  bilan 
rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasidagi tafovut va ziddiyatlar kuchaymoqda. 
Bu holat jahon resurslarini taqsimlashda yaqqol  ko‘rinadi. Ya’ni, tabiat resurslari aslida 
rivojlanayotgan  mamlakatlarning  asosiy  boyligi  hisoblansa  ham,  sanoati  yuksak  rivojlangan 
mamlakatlar bu boyliklarni nazorat qilishni o‘z qo‘llariga olishga intilmoqdalar. 
Qolaversa, ilmiy va texnikaviy bilimlar, shuningdek, ilg‘or texnologiyalar sohasida, erkin 
sarmoyani to‘plash va joylashtirish sohasida ham juda katta tafovutlar mavjud. 
Uchinchi.  Dunyoda  insonning  biologik  tur  sifatida  yashashiga  bevosita  xavf-xatar 
mavjud.  Ya’ni  yalpi  yadro  urushi  xavfi  ancha  kamaygan  bo‘lsa  ham,  ekologik  tanglik  xavfi, 
biogenetik buzilishlar xavfi hamon tahlikali holatda saqlanib qolmoqda. 
To‘rtinchi. Jahon miqyosidagi umumiy taraqqiyot, odamlar dunyoqarashining o‘zgarishi, 
kommunikatsiyalar  yuksalishi,  xalqaro  munosabatlarning  rivojlanishi  va  uning  odamzod 
hayotiga ta’siri davlatlar va xalqlar o‘rtasida o‘zaro birlashishga intilishni kuchaytirmoqda. Ayni 
vaqtda milliy xususiyatlar va an’analarni, siyosiy va ma’naviy merosni saqlab qolish tamoyillari 
ham yaqqol sezilmoqda. 
Turli  davlatlararo  va  hukumatga  daxli  bo‘lmagan  xalqaro  tashkilotlarning  ahamiyati 
oshmoqda.  Va,  ayni  zamonda,  dunyo  yangi  tizimga  o‘tishi  davrida  ularning  faoliyatini  qayta 
qurish va isloh etish zarurati tug‘ilmoqda. 
Xo‘sh, nega shunday qilish kerak, degan savol tug‘iladi. 
Buning  javobi  oddiy:  ko‘pchilik  xalqaro  tashkilotlar  dunyoda  ikki  tizim  va  ularning 
raqobati  mavjud  davrda  tuzilgan  edi.  Bu  tashkilotlarning  faoliyatlari  ko‘proq  ularning  o‘zaro 
muvozanati va murosasini ta’minlashga qaratilgan edi. 
Bugungi  ahvol  xalqaro  tashkilotlardan  eng  yirik  muammolarga  ahamiyat  berishni  va, 
birinchi navbatda, barchaga nisbatan odilona va xolisona munosabatda bo‘lishini talab etadi. 
Xalqaro  tashkilotlar  hozirgi  voqelikni  to‘g‘ri  aks  ettirish  va  jahon  hamjamiyati 
a’zolarining ehtiyojlariga samarali xizmat qilishi zarur. 
Beshinchi.  Bugungi dunyoda har qanday mamlakatning nufuzi, avvalo, uning eng  yangi 
texnologiyalarni qabul qilish va foydalanish qobiliyatiga qarab belgilanadi. 
Agar  yuqorida  sanalgan  xususiyatlardan  kelib  chiqib,  xulosa  qiladigan  bo‘lsak, 
O‘zbekistondagi  o‘tish  davrini  tezroq  tugallash  zarurati  ayon  bo‘ladi.  O‘zbekiston  jahon 
hamkorligi  jarayoniga  tezroq  kirishi  kerak.  Agar  xalqaro  huquqiy  me’yorlar  asosida  hal 
qilinadigan yangi umumjahon tartiboti o‘rnatilsa, O‘zbekiston undan ham o‘ziga munosib o‘rinni 
olishi darkor. 
Hozircha  men  murakkab  holatlarni  sanab  o‘tdim.  Endi  esa,  O‘zbekistonning  jahon 
hamjamiyatida  munosib  o‘rinni  egallashi  uchun  qulay  shart-sharoitlarga  qisqacha  to‘xtalib 
o‘tishga ijozat bergaysiz. 


46 
 
Avvalo,  jug‘rofiy-siyosiy  omillar  haqida  gaplashib  olaylik.  Ma’lumki,  O‘zbekiston 
jug‘rofiy-siyosiy jihatdan ancha murakkab va shu bilan birga qulay ahvolda. Ya’ni u Markaziy 
Osiyo  mintaqasining  transport,  kuchli  avtonom  energetika  va  suv  tizimlari  markazida 
joylashgan. 
Ikkinchi  jihat  shuki,  O‘zbekiston  aholi  soni  jihatidan,  ilmiy-texnikaviy  va  boshqa 
imkoniyatlari jihatidan mintaqadagi qo‘shnilaridan ma’lum darajada ustun turadi. 
Uchinchi  tarafdan,  O‘zbekiston  qulay  tabiiy-iqlim  sharoitiga  ega.  Bizda  qadimiy 
dehqonchilik madaniyati va boy mineral-xom ashyo resurslari bor. Respublika oziq-ovqat bilan 
o‘zini-o‘zi ta’minlashga, texnika ekinlarining eng qimmatli turlarini, paxta tolasi yetishtirish va 
eksport  qilishga,  shuningdek,  jahon  bozoriga  yuqori  sifatli,  ekologik  jihatdan  sof,  raqobatga 
bardoshli meva-sabzavot mahsulotlarini chiqarishga hamda ularni qayta ishlangan holda yetkazib 
berishga qodir. 
To‘rtinchidan,  davlatimiz  nafaqat  o‘zini-o‘zi  ta’minlaydigan,  balki  chetga  chiqarishga 
neft,  neft  mahsulotlari,  gaz  va  umuman,  iqtisodiyotning  asosi  bo‘lmish  tarmoqlarga  ega. 
O‘zbekistonda 
sanoatning 
eng 
zamonaviy 
tarmoqlari 
mavjud. 
Deylik, 
bizda 
mikroradioelektronika kabi murakkab sohani rivojlantirish imkoni bor. 
Beshinchidan,  O‘zbekistonning  insoniyat  sivilizatsiyasida  salmoqli  o‘rni  bor.  Yurtimiz 
ma’naviy  meros  bilan  boy,  u  nafaqat  mintaqada,  balki  dunyoda  ham  turli  ma’naviy  va  siyosiy 
jarayonlarga kuchli ta’sir o‘tkazib kelgan. 
Shu  jihatlarni  hisobga  olsak,  O‘zbekiston  o‘zining  barcha  ko‘rsatkichlari 
bo‘yicha jahondagi  madaniy,  ilmiy,  texnologiya  va  iqtisodiy  yuksaklikka  erishib,  bemalol 
Markaziy Osiyoda integratsiya markaziga aylanishi mumkin. 
Albatta, bu yo‘lda qator qiyinchiliklar ham mavjud. Agar jug‘rofiy-strategik tarafdan olib 
qarasak,  Markaziy  Osiyoda  kommunikatsiyalar  nomaqbul  rivoj  topgani  va  uning  tarmoqlari 
ancha buzilganini ko‘ramiz. Bu - bir. 
Markaziy  Osiyoda  suv  resurslari  cheklangan  va  Orol  ekologiya  falokati  ta’siri  seziladi. 
Bu - ikki. 
Uchinchidan, mintaqada xavfsizlik tizimi yo‘lga qo‘yilmagan. Bu yerda atrofdagi kuchli 
davlatlar  va  siyosiy  kuchlar  markazlarining  bir-biriga  mos  kelmaydigan  ta’sir  etish  istaklari 
borligini ham hisobga olmasdan bo‘lmaydi. 
To‘rtinchidan,  musulmon  dunyosidagi  ba’zi  kuchli  mamlakatlarning  bir-biriga  mos 
kelmaydigan  manfaatlari  ham  ayni  bizning  mintaqamizda  o‘zaro  duch  kelishini  nazardan  soqit 
etolmaymiz. 
Qolaversa,  atrofimizda  turli  etnik,  iqtisodiy  va  boshqa  qiyin  muammolar  ichida  qolgan 
"uchinchi dunyo" davlatlari mavjud. Beqarorlik va xavf-xatarning bugungi kunda ikki o‘chog‘i - 
Afg‘oniston bilan Tojikiston davlatlari ham shu mintaqada. 
Bayon etilgan bu muammolarni kuchaytirib va ma’lum darajada ko‘p ishlarni ijobiy hal 
qilishga  to‘siq  bo‘lib  turgan  yana  bir  masala  bor.  Sovet  tizimidan  qolgan  meros  -  bu  shu 
mintaqada  Turkiston  atalmish  yagona  zaminda  yashayotgan  millat  va  elatlarni  sun’iy  ravishda 
bo‘lib  tashlash  va  shu  holdan  foydalanib  o‘z  siyosatini  o‘tkazish,  ularga  hukmronlik  qilish 
asoratlari hali-beri yo‘qolgan emas. 
Hurmatli do‘stlar! 
Xalqaro  vaziyatga  beriladigan  umumiy  strategik  baho  ana  shunday.  Ko‘rinib  turibdiki, 
biz  juda  murakkab,  qarama-qarshiliklarga  to‘la  dunyoda  davlatchiligimizni  qurishimiz, 
mustaqilligimizni  mustahkamlashimiz,  jahon  hamjamiyatida  o‘zimizning  munosib  o‘rnimizni 
egallashimiz  lozim.  Shu  munosabat  bilan  mintaqada  barqarorlik  va  milliy  xavfsizlik 
kafolatlarining shart-sharoitlarini aniqlash va ta’minlash g‘oyat muhimdir. 
Ular, menimcha, quyidagilardan iborat: 
Birinchi.  O‘zbekiston  jahon  hamjamiyati  va  davlatlararo  xavfsizlik  tizimida  o‘z  o‘rnini 
topishi  lozim.  Buning  uchun  respublikaning  dunyo  hamjamiyatiga  kirish  sur’atlarini 
tezlashtirish,  turli  xalqaro  davlat  va  nodavlat  tashkilotlari,  birinchi  galda,  BMT  va  Yevropada 
Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti ishlarida faol ishtirok etishini ta’minlash zarur. 


47 
 
Xalqaro  tashkilotlar  iqtisodiyotimizni  qayta  qurishga  ko‘maklashadigan  eng  samarali 
vositadir.  Ular  kredit  olish,  xorijiy  sarmoyalarni  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  jalb  etish,  respublikaning 
jahon bozorida olg‘a siljishiga bebaho yordam ko‘rsatishi mumkin. 
Asosiysi,  O‘zbekistonning  xalqaro  tashkilotlar  faoliyatidagi  ishtiroki  milliy 
xavfsizligimiz, mintaqada tinchlik va barqarorlikni saqlash garovidir. 
BMTning  O‘zbekistondagi  vakolatxonasi  1993  yil  fevralida  ish  boshlagan  edi.  Albatta, 
bu  unchalik  katta  muddat  emas.  Biroq  1994  yil  yanvariga  kelib,  vakolatxona  BMTning 
Taraqqiyot  dasturi,  Qochoqlar  ishi  bo‘yicha  vakolatli  oliy  komissari,  Bolalar  jamg‘armasi, 
Sanoat taraqqiyoti dasturi, Narkotiklarni nazorat qilish bo‘yicha dastur, Jahon sog‘liqni saqlash 
tashkiloti,  Aholi  joylashishi  jamg‘armasi  singari  ixtisoslashgan  muassasalarni  o‘z  tarkibiga 
birlashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Shunday qilib, BMT bilan hamkorlik qilish rejalari amalga oshib 
bormoqda. Bu hamkorlik iqtisodiyot, ijtimoiy soha, sog‘liqni saqlash, madaniyatni tiklash, atrof-
muhitni muhofaza qilish va boshqa sohalarni ham qamrab olmoqda. 
Biz  BMT  bugungi  kunda  o‘z  tuzilmalarini  qayta  qurish  arafasida  turganini  yaxshi 
bilamiz.  Bu  zalda  xorijiy  mehmonlarimiz  o‘tirganidan  foydalanib,  O‘zbekiston  BMTning 
kelajakda  yalpi  tinchlik  va  barqarorlikni  ta’minlaydigan  kuchli  tashkilotga  aylanishi  tarafdori 
ekanini  qayd  etishni  istardim.  Respublikamiz  BMT  rahbarlik  organlari  va  ixtisoslashgan 
muassasalarini  tubdan  qayta  qurish  g‘oyasini  qo‘llab-quvvatlaydi.  Bu  milliy,  mintaqaviy  va 
jahonshumul  muammolarni  xal  qilishdagi  dunyo  davlatlari  sa’y-harakatlarini  muvofiqlashtirish 
va birlashtirishda ularning ahamiyatini kuchaytirishiga ishonchim komil. 
Bundan  buyon  ham  O‘zbekistonning  Yevropada  Xavfsizlik  va  hamkorlik  tashkiloti 
tuzilmalaridagi ishtirokini kengaytirish zarur. Mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashda bu tashkilot 
imkoniyatlaridan,  uning  Shimoliy  Atlantika  hamkorlik  kengashi,  Yevropa  Ittifoqi,  Yevropa 
Kengashi, NATO va boshqa tashkilotlar bilan aloqalaridan keng foydalanish zarur. 
O‘zbekiston  BMT  Bosh  Assambleasining  48-sessiyasida  Toshkent  shahrida  mazkur 
tashkilotning  Markaziy  Osiyoda  xavfsizlik,  farovonlik  va  hamkorlik  muammolariga 
bag‘ishlangan  doimiy  seminarini  tashkil  etish  taklifini  o‘rtaga  tashladi.  Bizning  fikrimizcha, 
respublikamiz Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Osiyodagi tayanchi bo‘la oladi. 
U  mintaqaviy  xavfsizlik  va  hamkorlikni,  ehtimol  tutilayotgan  mojarolarning  oldini  oluvchi 
diplomatiyani  ta’minlashda,  ziddiyatlarni  bartaraf  etishda  Yevropada  Xavfsizlik  va  hamkorlik 
tashkiloti va BMT hamjihat ish yuritadigan maydonga aylanishi mumkin. 
Qo‘shilmaslik  harakati,  Islom  konferensiyasi  tashkiloti  va  boshqa  nufuzli  xalqaro 
tashkilotlar ishida faol ishtirok etish zarur. 
Ikkinchi. Milliy xavfsizlikka erishishda davlatlararo bitimlar tizimini barpo etish muhim 
yo‘nalish hisoblanadi. O‘zbekiston qanchalik ko‘p mamlakat bilan do‘stona, amaliy muloqot va 
hamkorlik munosabatlarini o‘rnatsa, uning xavfsizligi shunchalik ko‘p kafolatlanadi. 
Bugungi  kunda  O‘zbekistonni  jahonning  125  mamlakati  tan  oldi.  84  mamlakat  bilan 
diplomatik munosabatlar o‘rnatildi. 
Respublika  rahbariyati,  mustaqillikning  dastlabki  oylarida  birinchi  bo‘lib  Turkiyaga 
rasmiy  tashrif  buyurdi.  Keyinchalik  rasmiy  delegatsiyalarimiz  Germaniya,  Fransiya,  Avstriya, 
Gollandiya,  Buyuk  Britaniya,  Xitoy,  Hindiston,  Saudiya  Arabistoni,  Misr,  Indoneziya, 
Malayziya,  Eron,  Korea,  Yaponiya  kabi  Yevropa  va  Osiyo  qit’asining  bir  qancha  boshqa 
mamlakatlariga  safar  qildi. Iqtisodiyot,  ilm-fan  va  madaniyat  kabi  sohalarda  hamkorlik  qilish 
bo‘yicha  shartnoma  va  hujjatlar  imzolandi.  Yangi  mustaqil  davlatlar  bilan  ikki  va  ko‘p 
tomonlama aloqalar rivojlandi. 
Mazkur  bitim  va  shartnomalar  O‘zbekiston  atrofida  xavfsizlik,  ishonch  va  yaxshi 
qo‘shnichilik muhitini yaratishiga ishonchim komil. 
Uchinchi. Imzolangan davlatlararo bitimlarga so‘zsiz amal qilish - xavfsizlik kafolati va 
shartidir. 
Biz  bu  sohada  ta’nalarga  sabab  bo‘ladigan  ish  qilmasligimiz,  tanqidga  nishon 
bo‘lmasligimiz  lozim.  Xuddi  ana  shu  holdagina  biz  bilan  hamkorlik  qilayotgan  davlatlardan 
zimmalariga olgan majburiyatlarini ijro etishni talab qilishimiz mumkin bo‘ladi. 


48 
 
Imzolangan hujjatlarga so‘zsiz rioya qilish inson huquqlari, kam sonli millatlar huquqlari, 
bir-birining  ichki  ishlariga  aralashmaslik,  tinch-totuv  yashash  tamoyillari  singari  sohalarda, 
ayniqsa, dolzarb ahamiyat kasb etadi. 
Bu  holat  yangi  mustaqil  davlatlar  o‘rtasidagi  munosabatlarda  ham  o‘ta  muhim  rol 
o‘ynaydi.  Hamdo‘stlik  barpo  etilganidan  buyon  o‘tgan  uch  yildan  oshiqroq  vaqt  ichida  turli 
muammolar  yuzasidan  bir  necha  yuz  bitim  va  shartnomalar  qabul  qilindi.  Taassufki,  ularning 
aksariyati  qog‘ozda  qolib  ketdi.  Shu  bois  gohida  bir  masala  yuzasidan  bir  necha  qaror  qabul 
qilindi.  Bu  mamlakatlarimiz  o‘rtasidagi  munosabatlarni  yanada  mustahkamlashga,  do‘stona  va 
o‘zaro manfaatli aloqalarni o‘rnatishga monelik qilmoqda. 
To‘rtinchi.  Tashqi  siyosatni  mafkuradan  to‘la  xoli  etish  xavfsizlikni  ta’minlashning 
muhim  kafolatidir.  O‘zbekiston  shu  paytgacha  dunyoning  barcha  mamlakatlari,  qit’alari  va 
mintaqalari bilan o‘z munosabatlarini, bu mamlakatlarning ustqurmasi qanday bo‘lishidan qat’i 
nazar,  faqat  xalqaro  huquqning  barcha  tan  olgan  qoida  va  mezonlari  asosida  qurib  keldi  va 
bundan keyin ham shu yo‘ldan boradi. 
G‘oyaviy muxoliflik o‘tmishda davlatlararo munosabatlarga soya solib, davlatlarning bir-
biriga  qarshi  ikki  guruhga  bo‘linishiga  sabab  bo‘ldi.  Dunyoni  halokat  yoqasiga  olib  keldi. 
Bunday  kelishmovchiliklar  bugun  ham  davlatlararo  ixtiloflarni  kuch  ishlatish  yo‘li  bilan  hal 
qilishga,  begunoh  odamlarning  qurbon  bo‘lishiga,  butun-butun  xalqlarning  fojiasiga  sabab 
bo‘layotir. 
Davlatlararo  munosabatlar  sohasida  yagona  g‘oya  amal  qilishi  lozim.  Bu  g‘oyaning 
ma’nosi shuki, birgalikda tinch hayot kechirish, hamkorlikka intilish, egamen davlatlarning ichki 
ishlariga aralashmaslik, turli nuqtai nazar va fikrlarga bardoshli bo‘lish tamoyillarini o‘zida aks 
ettirgan qonunlar ustuvorlik kasb etishi darkor. 
Beshinchi. O‘zbekiston Qo‘shilmaslik harakatiga a’zo bo‘lgani sababli hech qaysi blokka 
qo‘shilmaydi.  Biz buni  milliy xavfsizlikning muhim  kafolati deb bilamiz. Shu bilan birgalikda, 
harbiy  bloklar  bilan  hamkorligimiz  tinchlik  ishiga,  mamlakatlar  va  xalqlarning  xavfsizligi 
maqsadlariga, demakki, O‘zbekistonning milliy xavfsizligi mustahkamlanishiga xizmat qilsa, biz 
hamisha  muloqotga  tayyormiz.  Shu  o‘rinda  O‘zbekiston  1994  yilning  iyulida  NATOning 
kollektiv  xavfsizlikni  ta’minlashga  qaratilgan  "Tinchlik  yo‘lida  hamkorlik"  loyihasini 
imzolaganini eslash o‘rinlidir. 
Oltinchi.  O‘zbekistonning  MDH  tarkibida  kollektiv  tizimdagi  ishtiroki  mintaqada 
barqarorlik va tinchlikning muhim kafolatidir. 
Bizning  davrimizda  faqat  kollektiv  xavfsizlik  bo‘lishi  mumkin.  Xavfsizlikni  bu  tarzda 
tushunish  nafaqat  har  bir  alohida  davlatning  imkoniyatlari  cheklangani,  qolaversa  ma’naviy-
siyosiy  tusdagi  mulohazalarga  ham  bog‘liq.  Davlatlarning  imkoniyatlari  va  sa’y-harakatlarini 
xavfsizlikni  ta’minlash  yo‘lida  birlashtirish  muhim  ahamiyatga  ega.  U,  birinchidan,  kollektiv 
xavfsizlik tizimida ishtirok etuvchilar o‘rtasida keskinlik yo‘qligidan dalolat bersa, ikkinchidan, 
ularning birlashishiga intilishlarini namoyish etadi. 
O‘zbekiston  ayni  shu  sababli  mintaqada  va  sobiq  Ittifoq  hududida  kollektiv  xavfsizlik 
tizimini  barpo  etish  tashabbuskorlaridan  biri  bo‘ldi.  MDH  mamlakatlari  o‘rtasida  tuzilgan 
kollektiv  xavfsizlik  to‘g‘risidagi  shartnomalarning  dastlabkilaridan  biri  1992  yil  may  oyida 
aynan  Toshkentda  imzolangani  ham  tasodif  emas.  Shu  oyning  boshlarida  Almatida  mazkur 
muhim muammoga bag‘ishlangan hujjatlar majmui imzolandi. 
Kollektiv xavfsizlik tizimida Rossiya Federatsiyasining alohida o‘rin tutishini ta’kidlash 
zarur. Rossiya iqtisodiy jihatdan ham, harbiy-texnikaviy jihatdan ham buyuk davlatdir. Shuning 
uchun  ham  kollektiv  xavfsizlik  tizimini  barpo  etishda  ham,  MDH  doirasida  davlatlarning  bir-
biriga yaqinlashuvi masalasida ham O‘zbekiston Rossiya bilan yaqindan hamjihatlik aloqalarini 
mustahkamlashga  va  strategik  hamkorlik  o‘rnatishga  intilmoqda.  Bunday  hamkorlik  nafaqat 
O‘zbekistonning,  balki  Rossiyaning  ham  milliy  manfaatlariga  mos  ekanini  aytib  o‘tish  kerak. 
Chunki yaqin qo‘shni davlat bilan yaqindan hamkorlik qilish va tinch-totuv yashash har qanday 
davlatning manfaatlariga mos tushadi. 


49 
 
Qolaversa, mamlakatlarimiz iqtisodiyoti, ularning millatlararo, madaniy, ilmiy-texnikaviy 
munosabatlari bir-biriga bog‘liq ekanini ham hisobga olish lozim. 
Kollektiv  xavfsizlik  tizimini  barpo  etishda  harbiy  xavf  bilan  bir  qatorda  boshqa  xavflar 
ham  mavjudligini  hisobga  olishimiz  zarur.  Orol  dengizi  qurib  borayotgani,  ekologik  vaziyat 
yomonlashayotgani,  uyushgan  jinoyatchilik,  narkobiznes,  mineral  resurslarning  cheklangani  va 
kamayib  borayotgani  shular  jumlasidandir.  Mazkur  muammolarni  hal  etish  ayrim  davlatlarning 
imkoniyatlari doirasidan chetga chiqadi va sa’y-harakatlarni birlashtirishni taqozo etadi. 
Shu  jihatdan  respublikamiz  Birlashgan  Millatlar  Tashkiloti,  Yevropada  Xavfsizlik  va 
hamkorlik tashkiloti hamda boshqa nufuzli dalatlararo tashkilotlar homiyligida barpo etilayotgan 
kollektiv xavfsizlik tizimiga faol qo‘shilishi zarur. 
Yettinchi. Yaqin qo‘shnilarimiz - Markaziy Osiyo davlatlari bilan har tomonlama o‘zaro 
hamkorlik milliy xavfsizlikning asosiy shartlaridan biridir. 
Xalqlarimiz  tarixi,  madaniyati,  an’analari,  diniy  e’tiqodining  mushtarakligi 
mamlakatlarimiz o‘rtasidagi amaliy hamkorlik va hamjihatlikning asosiy poydevori hisoblanadi. 
Afsuski, ba’zan Markaziy Osiyo mintaqasida birlashishga qarshi chiqadigan ba’zi siyosiy 
doiralar oramizni buzishga qaratilgan har xil bo‘hton-uydirmalar tarqatishga urinadilar. 
Shularga  qarata  aytmoqchimanki,  Markaziy  Osiyo  xalqlari  hech  narsani  talashmaydi. 
Bizning  maqsadlarimiz  bir,  taqdirimiz  bir.  Bizda  milliy  munosabatlarda  keskinliklar  yo‘q,  hal 
qilib  bo‘lmaydigan  vaziyatlar  ham  yo‘q.  Integratsiya  yo‘lidan  olg‘a  tomon  harakat 
qilayotganimiz ham buni tasdiqlab turibdi. 
Sakkizinchi.  Armiyamiz,  Qurolli  Kuchlarimiz,  harbiy  doktrinamiz  davlatimiz 
xavfsizligining muhim kafolatidir. 
Biz davlatlarning tinch-totuv yashash, xalqaro masalalarni hal qilishda kuch ishlatmaslik, 
tahdid  qilmaslik  tamoyilini  tashqi  siyosatimizga  asos  qilib  olganmiz.  O‘zbekiston  1995  yilda 
muddati uzaytirilishi lozim bo‘lgan yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnomani  yadro 
qurolini yo‘q qilib tashlash to‘g‘risidagi shartnomaga aylantirish tarafdoridir. 
Biz xuddi kimyoviy qurollar bo‘yicha qabul qilingan shartnoma kabi biologik qurollarni 
ham taqiqlash to‘g‘risidagi shartnoma qabul qilinishi tarafdorimiz. 
Qisqa qilib  aytganda, O‘zbekiston urush, harbiy  mojarolarning oldini  olishga qaratilgan 
har qanday tashabbusni qo‘llab-quvvatlashga tayyor. 
Atrofimizdagi notinch dunyoda do‘stlarimiz bor, lekin O‘zbekistonni o‘z ta’sir doirasiga 
kiritishni  xohlaydiganlar  ham  yo‘q  emas.  Buning  uchun  ular  barcha  nayranglardan,  qolaversa, 
harbiy  kuchdan  ham  foydalanishlari  mumkin.  Shu  sababli  bizning  yaxshi  tayyorlangan  va 
qurollangan, istiqlolimiz va chegaralarimizni himoya qilishga qodir armiyamiz bo‘lishi kerak. 
Shu  bilan  birga  Vatanimiz  mudofaa  qudratining  asosi  -  respublika  iqtisodiy  salohiyatini 
mustahkamlash  darkor.  So‘nggi  paytlarda  O‘zbekistonda  Qurolli  Kuchlar  uchun  eng  zarur  va 
yuksak  malakali  zobitlar  tayyorlashga  mo‘ljallangan  bir  qancha  harbiy  o‘quv  yurtlari  tashkil 
etildi.  Armiyani  texnik  jihatdan  jihozlashni  mustahkamlash  chora-tadbirlari  ko‘rildi. 
Iqtisodiy qiyinchiliklarga qaramay, bundan keyin ham harbiy salohiyatni ta’minlash uchun zarur 
mablag‘ ajratish davom etaveradi. Bizning harbiy doktrinamiz mudofaa va xavfning oldini olish 
xarakteriga ega. Shu bois O‘zbekiston BMT, Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti kabi 
nufuzli xalqaro tashkilotlarning tinchlikni saqlash tadbirlarida ishtirok etishga tayyor. 
Milliy xavfsizlik tizimi uchun xavf-xatarning oldini olish va uni bartaraf etishda oldindan 
chora ko‘rish uslubi ko‘proq qo‘l keladi. Shu bilan birga chuqur va keng miqyosli tahlil qilishga 
qodir tadqiqot va axborot markazlarini barpo etish muhim ahamiyatga ega. 
Xavfsizlik  Kengashi  -  davlatdagi  oliy  mansabdor  shaxslarning  maslahat  organi  ana 
shunday  vosita  bo‘lishi  mumkin.  Xavfsizlik  Kengashi  Respublika  Prezidenti  huzurida  tuzilishi 
maqsadga muvofiqdir. 
Xavfsizlik  kengashi  milliy  xavfsizlik  muammolari  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  barcha 
masalalarni  chuqur  ishlab  chiqish  va  muvofiqlashtirishni  ta’minlashi,  buning  uchun  javobgar 
bo‘lishi lozim. 


50 
 
Kengashning  vazifalari  ko‘p  qirrali  va  murakkabdir.  U  ushbu  sohada  milliy 
xavfsizlikning  ustuvor  yo‘nalishlarini  va  davlat  siyosati  asoslarini  ishlab  chiqishga  javob 
bermog‘i kerak. Shaxsning, jamiyatning va davlatning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha dasturlar 
majmui Xavfsizlik Kengashi rahbarligida rejalashtiriladi va amalga oshiriladi. 
To‘qqizinchi.  Hozirgi  dunyoda  davlat  barqarorligini  ta’minlash  jamiyatning  ijtimoiy-
ruhiy,  ma’naviy  va  axloqiy,  madaniy  va  tarixiy  ildizlariga  tayanadi.  Davlat  mustahkamligi  va 
qudrati  uning  jahon  jamoatchiligi  oldidagi  ma’naviy-axloqiy  qiyofasi  va  nufuzi  bilan  ham 
aniqlanadi.  Ayni  shu  bois  xalqimizning,  millatimizning  ma’naviy  jihatdan  uyg‘onishi 
mustaqilligimiz,  milliy  xavfsizligimiz  garovidir.  Ushbu  muhim  ishda  biz  Sharqning  buyuk 
ma’naviy ta’limotidan, xalqlarni tinch hayot kechirishga, do‘stlik va hamkorlikka, o‘zaro jipslik 
va sabr-toqatga chaqiruvchi islom falsafasidan keng va oqilona foydalanishimiz lozim. 
Biz Sharq farzandlarimiz. Sharq mamlakatlarining qayeriga bormang, odamlar bir-birlari 
bilan  uchrashganda,  avvalambor,  "Assalomu  alaykum"  deyishadi.  Ushbu  kalom  arabchadan 
olingan  bo‘lib,  "Sizga  tinchlik  yor  bo‘lsin"  degan  ma’noni  anglatishini  yaxshi  bilasizlar. 
"Salom", ya’ni "tinchlik" so‘zi Qur’oni karimda 40 marta uchrar ekan. Bu muqaddas kitobning 
oyatlaridan  birida  shunday  deyiladi:  "Mehribon  Parvardigor  tomonidan  odamlarga  olqish 
ma’nosida "tinchlik" so‘zi aytilur". 
Ko‘rinib  turibdiki,  tinchlik,  totuvlik,  hamkorlik  g‘oyasi  Allohga  ham,  bandalarga  ham 
xush keladigan ezgu g‘oyadir. 
Davlatimiz  xavfsizligini  ta’min  etishning  asosi  -  mamlakatimiz  yoshlari.  Yoshlar  - 
bizning  tayanchimiz,  ertangi  kundan  umidimiz,  savob  ishlarimizning  davomchilaridir. 
Hammamiz ham bu dunyoda farzandlarimizni deb, ularning baxt-saodati, iqboli deb yashaymiz 
va mehnat qilamiz. Nafaqat xavfsizligimiz, shu bilan birga milliy uyg‘onish g‘oyasining amalga 
oshishi,  davlatimizning  kelajakda  barqaror  bo‘lishi  ham  yoshlarimiz  qanday  shakllanishiga 
bevosita bog‘liq. 
Farzandlarimiz  bizdan  afzalroq,  bizdan  o‘tkirroq,  bizdan  pokroq,  savob  ishlarni  bizdan 
ham  ko‘proq  qiladigan  bo‘lishlari  lozim.  Ular  jahon  umumbashariy  yutuqlarini  egallashi, 
tariximizni,  madaniyatimizni,  buyuk  ajdodlarimiz  qoldirgan  merosni  chuqur  bilmog‘i  kerak. 
Bizning  asosiy  kuch-qudratimiz  va  kelajagimiz  ana  shunda.  Bugun  zo‘r  umidlar  bilan 
qurayotgan yangi jamiyatimizning mazmun-mohiyati ham aslida ana shundadir. 

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish