51
5-Mavzu. Zamonaviy komil inson konsepsiyasining axloqiy-ma’naviy negizlari
Reja:
1. Komil inson konsepsiyasini yaratishga jiddiy e’tibor
2. Komillik va komil inson haqida allomalarning qarashlari.
3. Islom ilohiyotchi olimlarining komil inson haqidagi qarashlari va fikrlari
4. Mustaqil O‘zbekistonda komil insonni shakllantirishning obyektiv tomoni
5. Komil inson g‘oyasining o‘ziga xos ma’naviy-axloqiy negizlari
Tayanch iboralar:
Zamonaviy komil inson konsepsiyasi, komil, komil inson, kamol, kamolot, axloqiy-
ma’naviy negizlar, ma’naviy barkamol inson, ma’naviy qiyofa, axloqiy sifatlar, yaxshi xulq,
yomon xulq, ma’naviy-axloqiy ehtiyoj, milliy ong,ma’naviyat bilan ijtimoiy, milliy ongning
mushtarakligi, o‘z-o‘zini mustaqil boshqara olish, milliy ijodiy tafakkur, mustaqillik tafakkuri,
milliy g‘urur va iftixor, SHarqona axloqiy kodeks, milliy o‘zlikni anglash, komil insonning
umumiy xislatlari, komil insonning fazilatlari, komil insonning ishbilarmonlik xislatlari, zukkolik
va idroklilik, komil insonning sobitlik va ehtiroslilik xislatlari.
Mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq komil inson konsepsiyasini
yaratishga jiddiy e’tibor qaratildi. Bu konsepsiyaning ilmiy-nazariy asoslari “Ta’lim
to‘g‘risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va boshqa bir qator huquqiy hujjatlarda
o‘z aksini topgan. Ayniqsa, kamolotga intilish, komil inson bo‘lish xalqimizning azaliy qadriyati
ekanligini uqtirar ekan, Birinchi Prezident I.Karimov shunday degan edilar: “Har qanday bosqin
va istilolarga qaramasdan, har qanday og‘ir va murakkab sharoitda ham bobolarimiz, o‘zligini
yo‘qotmasdan, ma’naviy hayot mezonlari, odob-axloq qoidalariga amal qilib, komillik sari intilib
yashagani bugun ham barchamizga ibrat bo‘lib, kuch-quvvvat bag‘ishlab kelmoqda”
3
Xo‘sh, zamonaviy komil inson qanday bo‘lishi lozim? Bu savolga javob berish uchun
avvalo, “komil”, “komil inson” tushunchalarining mazmun-mohiyatini tahlil qilishimiz lozim.
Komillik va komil inson haqida allomalar tomonidan juda ko‘p fikrlar bayon qilingan,
g‘oyalar yaratilgan. SHuni ta’kidlash lozimik, falsafiy tafakkur taraqqiyoti tarixiga nazar
tashlasak, doimo komil inson masalasiga jiddiy e’tibor berib kelinganini ko‘ramiz-u, biroq ushbu
tushuncha dastlab kim tomonidan, qachon, qaysi asarda qo‘lanilganligi haqida biror bir
ma’lumotni uchratimaymiz. Bundan anglanadiki, komil inson tushunchasi umumbashariy
muammo sifatida doimo tadqiq etib kelingan. Jumladan, antik dunyoning Geraklit (m.a. 530–
470), Pifagor (m.a. 580–500), Empedokl (m.a. 490–460), Suqrot (m.a. 469–399), Demokrit (m.a.
460–370), Aflotun (m.a. 427–347), Aristotel (Arastu) (m.a. 384–322), Epikur (m.a. 341–270)
kabi mumtoz faylasuflarining axloqiy qarashlarida barkamol insonni tarbiyalash haqida
ma’naviy qadriyatlar darajasiga ko‘tarilgan fikrlar bayon qilingan.
Bu masalada donishmand Arastuning fikrlarining ilmiy ahamiyati salmoqlidir. Qadimgi
yunon faylasufi Arastu o‘zining “Nikomax etikasi”, “Evdem etikasi”, “Katta etika”, “Ritorika”,
“Siyosat”, “SHe’riyat san’ati”, “Poetika” nomli asarlarida o‘zining axloqiy va estetik
qarashlarini bayon qilar ekan, insonni tarbiyalab komillik darajasiga etkazish masalalariga
alohida e’tibor beradi.
3
Каримов Ислом. Юксак маънавият – енгилмас куч. Т., Маънавият. 2008. 7-б.
52
Arastu axloqiy tafakkur rivoji tarixida birinchilardan bo‘lib komil inson uchun zarur
bo‘lgan axloqiy fazilatlarni tasnif va tavsif etadi. Uning ta’kidlashicha, komil inson uchun zarur
bo‘lgan axloqiy fazilatlarga: jasurlik, dovyuraklik, mo‘‘tadillik, saxiylik, savlatli bo‘lish,
himmatli bo‘lish, muloyimlik, to‘g‘rilik, dilkashlik, mehribonlik, adolatli bo‘lish kiradi. Ularga
tavsif berar ekan Aristotel,olijanoblik-kekkayishlik va xo‘rlikning, saxiylik – isrofgarchilik va
xasislikning, kamtarlik-uyatchanlik va uyatsizlikning, xayrixohlik-xushomadgo‘ylik va
adolatning, haqgo‘ylik-ayyorlik va maqtanchoqlikning, nafrat-hasadgo‘ylik va ichi qoralikning,
ehtiyotkorlik- buzuqlik va toshbag‘irlikning o‘rtasidir, degan fikrni bildiradi.
Bulardan tashqari, Arastu komil insonni shakllantirish masalasida ham bir qator ilg‘or
ilmiy fikrlarni ham ilgari suradi. Bular asosan quyidagilardan iborat: “Inson dunyoning eng
yaxshi ijodkoridir.Insonning vazifasi amaliy va axloqiy fazilatli bo‘lishdadir. Haqiqiy baxtni
anglash ma’naviy yuksak, to‘g‘ri fikrlovchi kishiga taaluqlidir. Ma’naviy barkamol inson aql
bilan fazilat birligiga amal qiladigan kishidir. Fazilat insonning qo‘lga kiritgan sifatidir. Fazilatli
hayot erdagi farovonlikka intiluvchi insoniy hayotdir. Aqlni inson belgilamaydi, balki aql
insonni belgilaydi. Faqat aqlli va fazilatli kishi hurmatning eng oliy darajasiga loyiq. Komil
kishilar bir xil bo‘ladi, yomonlar esa har xil bo‘ladi. San’at asarlari inson qalbini salbiy
ehtiroslardan tozalab, uni ma’naviy jihatdan boyitadi.
Komil insonni shakllantirishda axloqiy va estetik tarbiyaning zarurligini ko‘rsatar ekan,
tarbiyadagi yutuq turmush tarziga bog‘liqligini, agar jamiyatda tegishli qonunlar mavjud bo‘lsa,
unda to‘g‘ri tarbiya amalga oshishi mumkinligini, shuning uchun bu qonunlarga rioya qilishimiz
va shaxsni har tomonlama garmonik (uyg‘unlik) ruhda tarbiyalashimiz lozimligini uqtiradi.
4
O‘rta asrlar musulmon SHarqining Abu Nasr Forobiy (873–950), Abu Ali ibn Sino (980–
1037), Abu Rayhon Beruniy (973–1048), kabi allomalari Arastu qoldirgan ma’naviy merosni
chuqur o‘rganibgina qolmay, bu merosni tanqidiy nuqtai-nazardan taxlil qitldilar va falsafa
ilmini yanada baland cho‘qqiga ko‘tardilar. Bu ko‘tarilish SHarq Uyg‘onishi davri nomi bilan
insoniyat tarixida muhim o‘rin egalladi.
Buyuk qomusiy olim Abu Nasr Forobiy
Arastu va boshqa yunon faylasuflarining asarlarini
chuqur o‘rganib va tahlil qilib, o‘zining fazilat,
baxt-saodat va kamolot haqidagi nazariyasini
yaratdi. Uning fikriga ko‘ra, “Har bir inson
boshidan komil emas, ammo tug‘ma ravishda
o‘ziga xos bo‘lgan ichki shuur ila bosqichma-
bosqich komillikka jiddu-jahd bilan intiladi.
Hamma narsani idrok qilish insonni komillik va
lazzat tomon boshlaydi. Insonning asl ruhiy
kamoloti birinchi haqni tanish orqali hosil bo‘ladi.
Ma’rifat- baxt-saodat va kamolot sari qo‘yilgan birinchi qadamdir”.
5
Abu Nasr Forobiy “Fozil
odamlar shahri” va “Baxt saodatga erishuv haqida” nomli asarlarida kamolotni xudoning
abadiyligini bilishda deb bilgan bo‘lsa-da, birinchidan, har qanday inson komillikka aql, ilm,
kasb-hunarni egallashi orqali erishadi degan fikrni aytib, komillikka boruvchi yo‘lni ko‘rsatib
beradi; ikkinchidan, komil inson bo‘lish uchun o‘n ikkita axloqiy fazilat, ya’ni jismoniy
sog‘lomlik, mushohadalalik, kuchli xotiralilik, o‘tkir zehnlilik, ravon fikrlash va tiniq
4
Арасту. .Поэтика. Ахлоқи кабир. Т., Янги аср авлоди. 2004.75-101 бетлар.
5
Абу Наср Форобий. Фазилат, бахт-саодат ва камолот ҳақида. –Т., Ёзувчи., 2001. 13-15-б.
53
so‘zlashish, qobiliyatlilik, och ko‘zlik va qimordan holi bo‘lish, haqiqatgo‘ylik, vijdonlilik, pul
va mol dunyodan jirkanish, adolatparvarlik, jasurlik xislatlariga ega bo‘lishi shart degan
talablarni qo‘yish bilan axloqiy va estetik qadriyatlarning shaxs ma’naviy kamolotidagi o‘rnini
aniq ifodalaydi; uchinchidan, musiqa ilmining barkamol insonni shakllantirishdagi o‘rni katta
ekanini shaxs ma’naviy kamolotida tarbiya, mashq qilish va o‘qishning zarurligi kamolotda
shaxs erkinligi, mamlakatning tinch totuv bo‘lishi kabi bir qator fikrlarni ilgari suradiki, bular
nihoyatda qimmatli bo‘lib, progressiv insoniyatning kelgusi istiqbolini ta’minlovchi komil
insonlarni voyaga etkazishga xizmat qiladi
Komil inson va inson kamoloti masalasi Abu Rayhon Beruniy va Ibn Sino kabi
mutafakkirlarning axloqiy qarashlarida ham o‘z aksini topgan. Bu haqda Abu Rayhon Beruniy:
“Komil kishi bo‘lishning birinchi sababi ilm va ma’rifat, ikkinchisi san’at va amal hosil qilish
bilan bo‘ladi”, deydi.
6
SHuningdek, u inson kamolotini go‘zallik, ko‘rkamlik, olijanoblik,
mardlikda deb bilgan. Mehnat tarbiyasini komillikning kaliti deb bilgan Beruniy yoshlarni
mehnat qilishga o‘rgatish zarur deb hisoblagan.
Ko‘rinib turibdiki, Beruniy komil insonni shakllantirish masalasini hal qilishda to‘g‘ri
fikrlar bildirgan.
Islom falsafasida komil inson masalasi alohida ma’no kasb etadi. Ayniqsa, tasavvuf,
so‘fiylik ta’limotida komil inson masalasi diniy g‘oya darajasiga ko‘tariladi. Islom dinidagi
komil
inson
haqidagi
ta’limot
so‘fiylikning
ko‘zga ko‘ringan vakili
“Ulug‘
shayx”
va
“Aflotunning
o‘g‘li”
nomlari bilan ulug‘langan
Ibn
Arabiy
tomonidan
yaratilgan.
Buni
tasavvufshunos
olim
N.Komilov “... Komil
inson tushunchasi birinchi
marta SHayxi Kabir nomi
bilan mashhur bo‘lgan
Muh’yiddin ibn al-Arabiy
(1165–1240)
tomonidan
kiritilgandir”-deya
ta’kidlaydilar.
7
Bu
ta’limot keyinchalik O‘rta
Osiyoda
Ahmad
YAssaviy,
Abdurahmon
Jomiy, Alisher Navoiy kabi mutafakkirlar tomonidan rivojlantirildi. Tasavvuf falsafasiga ko‘ra
komil inson bu-axloqiy jihatdan oliy poklikka erishgan, borliq va uning yaratuvchisini anglashda
to‘liq bilimga ega bo‘lgan va natijada Xaqqa etishgan har jihatdan etuk kishidir. Komil
insonning erdagi timsoli islom ilohiyotchilari ta’limotiga ko‘ra, bu Muhammad sallallohu alayhi-
vassallamdir.
Islom ilohiyotchi olimlari tomonidan komil inson haqida ko‘plab fikrlar bildirilganki,
ularning har biri ushbu muammolarni o‘rganuvchidan alohida tadqiqot olib borishni taqozo etadi.
O‘rta asrlar Musulmon SHarqi falsafiy-axloqiy tafakkur tarixida muhim ahamiyatga ega
bo‘lgan tasavvuf ta’limotida “komil inson” g‘oyasi inson va uning mohiyatini o‘rganishda,
insonni kamol toptirishda nazariy manba bo‘lib xizmat qildi. Bu borada tasavvufshunos olim
N.Komilov SHayx Aziziddin Nasafiyning “Komil inson”, “Maqsadi aqso”, “Zubdatul haqoyiq”
nomli kitoblarini tahlil qilar ekan, uni komil inson ilmining nazariyotchisi deb ataydi. Aziziddin
Nasafiyning yozishicha: “Komil inson bu shariat va tariqat va haqiqatda etuk bo‘lgan odamdir.
Komil insonda to‘rt narsa yaxshi so‘z, yaxshi fe’l, yaxshi axloq, yaxshi maorif kamolga etgan
6
Тўрақулов Э., Раҳимов С. Абу Райҳон Беруний руҳият ва таълим-тарбия ҳақида..-Т.,
Ўқитувчи. 1992. 68-б.
7
Комилов .Н. Тасаввуф ёки комил инсон ахлоқи. 1-китоб. Т., Ёзувчи., 1996. 145-б.
54
bo‘lishi kerak. Odamlar koinotning qaymog‘i va xulosasi hamda mavjudot daraxtining mevasi
bo‘lsalar, komil inson odamlar mavjudotining qaymog‘i va xulosasidir. Komil inson olamning
siridir va olam qutbidir, chunki u ilm muhiti- dengizidir”
8
Ilmiy manbalarda islom ilohiyotchi olimlarining komil inson haqidagi qarashlari va
fikrlarini umumlashtirgan xolda quyidagi xulosani chiqarish mumkin:
Birinchidan, komil inson-insonlarning eng mukammali, eng oqili va eng donosi. Komil
inson Iloh bilan odamlar orasidagi vositachi, ilohiy amr, g‘ayb asrorini oddiy odamlarga
etkazuvchi ulug‘ homiy hisoblanadi. SHuning uchun ham komil inson ruhi azaldan ma’lum
bo‘lib, u Tangri taolo yaratgan eng qudratli ruhdir.
Ikinchidan, komil inson bir qancha sifatlarni mujassamlashtiradi. U oddiy inson suratida
ko‘rinsa ham, ma’nan koinotni qamrab olgan hamisha bedor va hamma narsadan habardor
zotdir.
Uchinchidan, komil inson o‘z-o‘zicha shakllanmaydi balki insonlar jamiyati ichidan
etishib chiqqan mo‘‘tabar zotdir. U azaldan martabasi aniq bo‘lgan ruh emas, balki axloqiy-
ma’naviy poklanish jarayonida kamolga erishgan. SHuning uchun har bir pok axloqli, ilohsevar
shaxs komillikka intilishi va bu yo‘lda nasiba olishi mumkin.
To‘rtinchidan, komillikning oliy belgisi Haq
yo‘lidan borib xalqqa foyda keltirishdir. Kishi o‘z so‘zi,
amaliy ishlari, niyati bilan odamlarga qanchalik naf
keltirsa, yovuzliklarga qarshi kurashsa, ularni to‘g‘ri
yo‘lga solsa, u komilligi yanada yuksalaveradi.
Ma’lumki, din odamzotni hech qachon yomon
yo‘lga boshlamaydi. Din bu dunyoning o‘tkinchi
ekanini, oxiratni eslatib turadi, odam bolasini hushyor
bo‘lishga, harom yo‘llardan uzoq yurishga, yaxshi
bo‘lishga, yaxshi iz qoldirishga undab turadi. Demak,
islom falsafasi komil insonni shakllantirish masalasida,
avvalo, insonni oliy qadriyat deb biladi va uning
maqsadi Haqni tanishdan iborat deb tushuntiradi. Bu esa
o‘z navbatida komil inson qandaydir g‘oyibdan kelgan
mavjudot emas, balki er farzandi, ota-ona, oila, jamiyatning mahsuli ekanligini e’tirof etib,
Haqni bilish yo‘llarini izlashga undaydi. Qolaversa, Haqni bilish yo‘lini - ilmda, izlanishda,
yaxshi axloqiy fazilatlarda, ma’rifatda, fidokorona mehnatda deb tushunadi. Demak, komil inson
g‘oyasida inson eng yaxshi axloqiy fazilatlarga ega bo‘lishi kerak degan fikrni olg‘a suradi.
Bundan tashqari, har qanday odam o‘zining komilligini amalda ko‘rsatishi, ya’ni xalqqa foyda
keltirishi orqali o‘zligini namoyon etishi kerak degan talabni qo‘yadi va uni komil inson
g‘oyasining muhim unsuri deb hisoblaydi.
Xullas, asrlar osha islom falsafasining komil inson haqidagi ta’limoti shaxs ma’naviy
kamoloti jarayonida muhim tarbiyaviy vosita vazifasini o‘tab kelgan. Hozir ham bu jarayon
davom emoqda.
Musulmon SHarqi axloqi tarixida komil inson va uni tarbiyalashning yo‘llari va
vositalari haqida juda ko‘p pandnoma asarlar mavjud bo‘lib, ular asrlar sinovidan o‘tib, juda
ko‘p avlodlarni tarbiyalab yanada sayqal topib inson hayoti uchun dasturilamal vazifasini o‘tab
kelgan. Bulardan YUsuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Kaykovusning “Qobusnoma”, Nosir
8
Шу асар. 147-149-бетлар.
55
Xusravning “Saodatnoma”, Sa’diyning “Guliston” va “Bo‘ston”, Amir Temurning “Temur
tuzuklari, Abdurahmon Jomiyning “Bahoriston”, Jaloliddin Davoniyning “Axloqi Jaloliy”,
Alisher Navoiyning “Mahbub-ul qulub”, Husayn Voiz Koshifiyning “Axloqi muhsiniy”, Ahmad
Donishning “O‘g‘illarga nasihat” va Abdulla Avloniyning “Turkiy guliston yoxud axloq”
asarlarini ko‘rsatishimiz mumkin. Bu mutafakkirlar o‘z pandnoma asarlarida halollik, poklik,
mehnatsevarlik, kasb-hunar egallash, mehr-shafqat, javonmardlik, saxiylik, odillik, kamtarlik,
sabr-qanoat, sofdillik kabi axloqiy qadriyatlarni yanada rivojlantirdilar. Masalan, Alisher
Navoiyning fikricha, insonning qadr-
qimmati uning mol-mulki bilan emas,
balki ma’naviy qiyofasi, axloqiy
sifatlari bilan o‘lchanadi, ya’ni “Elga
sharaf bo‘lmadi johu nasab, lek sharaf
keldi hayovu adab”. Uning falsafiy
ta’limotiga asosan, ma’naviy barkamol
insonni tarbiyalash orqali ideal davlat
qurish mumkin.Navoiy o‘z zamonasi
bilan hamnafas bo‘la oladigan va
doimo komillikka intilib yashaydigan
insonni axloqiy namuna deb biladi.
Uning fikricha, har bir inson faqat o‘z
zamonasidagina
mavjud
va
shu
mavjudlik doirasidagina biror ish qilishga qodir. SHu bois “Mahbub ul-qulub”ning so‘nggi
sahifalarida shunday deb yozadi: “O‘tgan ro‘zgor adamdir. Kelmagondin so‘z aytqon ahli
nadamdir va hol mug‘tanamdir. Bir turk ma’nida debdurkim: “Dam bu damdir”. Buning ma’nosi
shuki, oh o‘tmish zo‘r edi, yoki kelajakda hamma narsa ajoyib bo‘ladi, deb gapiravergan bilan
hech narsaga erishib bo‘lmaydi. Inson o‘z zamonasi imkoniyatlaridan foydalanib, ham o‘zini
yanada kamol toptirishga, ham zamonasini go‘zal qilishga intilib yashamog‘i lozim.
XIX asrda yashab ijod etgan mutafakkir Abdulla Avloniy esa, o‘zining axloqiy va
ta’limiy asari “Turkiy guliston yohud axloq”da ma’naviy barkamol insonni tarbiyalashning
yo‘llari haqida to‘xtalib, xaqiqiy insoniy axloqni o‘zida barqaror qilgan yaxshi kishilar,
yoshlarga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi va ularni mehr-shafqatli, sofdil va maqbul bo‘lib tarbiyalanishi
uchun zamin hozirlaydi, degan fikrni bayon etadi. U insonga xos bo‘lgan axloqiy sifatlarni ikki
guruhga ajratadi, ya’ni yaxshi xulqli va yomon xulqli kishilar. U o‘z asarida shunday deb
yozadi: “Axloq ulamosi insonlarning xulqlarini ikkiga bo‘lmishlar; agar nafs tarbiyat topib
yaxshi ishlarni qilurga odat qilsa, yaxshilikka tavsif bo‘lub yaxshi xulq, agar tarbiyatsiz usub
yomon ishlar ishlaydurgon bo‘lub ketsa yomonlikka tavsif bo‘lub yomon xulq atalur”.
9
Uning
fikricha, yaxshi xulqlarga matonat, diyonat, riyozat, qanoat, bilim, sabr, intizom, miqyosi nafs,
vijdon, vatanni sevmoq , haqqoniyat, nazari ibrat,iffat,hayo, idrok, zako, adolat, muhabbat, afv,
iqtisod, oliyhimmatlik , itoat, xaqshunoslik, xayrixohlik, munislik, sadoqat kabi ijobiy axloqiy
xislatlar kiradi. YOmon xulqlarga esa, g‘azab, jaholat, razolat, xasosat, adovat, g‘iybat, shahvat,
haqorat, hasad, ta’ma, zulm kabi salbiy xislatlar kiradi.
YUqorida keltirilgan asarlardan ko‘rinib turibdiki, o‘tmishda ham komil insonning o‘ziga
xos axloq kodeksi ishlab chiqilgan bo‘lib, ular juda katta ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan. Bu
asarlarda keltirilgan ijobiy axloqiy fazilatlar insonlarni ezgulikka chorlab, ularni mehru-
9
Абдулла Авлоний. Туркий гулистон ёхуд ахлоқ.. Т., Ўқитувчи, 1992. 13-б.
56
muhabbat, vafo va sadoqat ruhida tarbiyalab kelgan bo‘lsa, salbiy axloqiy xislatlar va ularning
oqibatlari haqida gapirish orqali esa nomaqbul qabih ishlardan saqlanishga da’vat etib, ularning
inson ekanliklarini bir lahza bo‘lsa-da esdan chiqarmaslikka chaqirganlar.
Xalqimizning istiqlolni qo‘lga kiritishi uning azaliy orzusi bo‘lgan komil insonni voyaga
etkazish haqidagi qarashlariga ham yangicha mazmun, yangicha ruh bag‘ishladi. Komil inson
tushunchasi mustaqil tarzda huquqiy davlat qurayotgan, fuqarolik jamiyatini shakllantirayotgan
o‘zbek xalqi milliy istiqlol mafkurasining asosiy g‘oyalaridan biriga aylandi.
Komil inson masalasini tahlil qilar ekanmiz, uning diniy va dunyoviy talqini quyidagi
umumiylikka ega:
1. Insonni oliy qadriyat deb bilish va insonning imkoniyatlari cheksiz ekanligini tan olish;
2. YUksak axloqiy sifatlarni insonda mujassamlanishi. Bu sifatlarni ro‘yobga chiqarish
insonni yanada muqaddaslashtirishini e’tirof etish.
3. Inson aql, tafakkur va bilimlar sohibi. Bu omil insonni insonlarga, tabiatga, hayvonot va
nabotot dunyosiga naf keltirishida muhim zaruriyatga aylanadi.
SHubhasizki, bular komil inson tushunchasi mazmunini har tomonlama ochib berishga
xizmat qiladi.
Mustaqillik tufayli bugungi kunda vujudga kelgan voqelik komil insonni shakllantirish
masalasini chuqurroq tadqiq qilishni talab qiladi. CHunki, komil inson tarbiyasi davlat
siyosatining ustuvor sohasi hisoblanadi. Birinchi Prezident I. A. Karimov komil insonni davlat
siyosatining ustuvor sohalaridan biri deb e’lon qilar ekan: “Komil inson deganda biz, avvalo,
ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o‘zgalarga ibrat bo‘ladigan bilimli,
ma’rifatli kishilarni tushunamiz. Ongli, bilimli odamni oldi-qochdi gaplar bilan aldab bo‘lmaydi.
U har bir narsani aql, mantiq tarozisiga solib ko‘radi. O‘z fikr-o‘yi, xulosasini mantiq asosida
qurgan kishi etuk odam bo‘ladi”
10
,-deydi. Ushbu fikr komil inson tushunchasiga ta’rif
berish va bu muammoni tadqiq qilishning metodologik asosini tashkil qiladi. Ushbu
metodologiyadan kelib chiqqan holda, zamonaviy komil insonni shakllantirish konsepsiyasinisini
tahlil qilar ekanmiz, uning ob’ektiv va sub’ektiv tomonlarini, ular o‘rtasidagi dialektik
aloqadorlikni anglab olish lozim bo‘ladi. Komil insonni shakllantirishning ob’ektiv tomoni deb
mavjud voqelik undagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, ma’naviy-madaniy- ma’rifiy
munosabatlar yig‘indisiga aytiladi.
Mustaqil O‘zbekistonda komil insonni shakllantirishning ob’ektiv tomonini bozor
munosabatlariga asoslangan iqtisodiyot, inson haq-huquqlarining ustuvorligi ta’minlangan
siyosiy-huquqiy tizim, umuminsoniy, milliy va shaxsiy qadriyatlar negizida qurilgan ma’naviy-
madaniy hayot tashkil qiladi. Bunda:
- birinchidan, bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyot, insonni boqimandalik, o‘zi
bo‘larchilik xislatidan judo qilib, uni mulk egasiga, tejamkorlikka, mehnatsevarlikka o‘rganishga
majbur qiladi;
- ikkinchidan, inson haq-huquqlarining ustuvorligi ta’minlangan siyosiy-huquqiy tizim esa,
insonning o‘z haq-huquqini bilishga, uni og‘ishmay bajarishga, tenglar ichida teng bo‘lib
yashashga yo‘naltiradi;
- uchinchidan, umuminsoniy, milliy va shaxsiy qadriyatlar negizida qurilgan ma’naviy-
ma’rifiy-madaniy hayot har bir shaxsning o‘zini va o‘zligini anglab, ularning moddiy va
ma’naviy merosini o‘rganib, oliyjanob axloqiy fazilatlar asosida o‘z hayotini tashkil etishini
taqozo ettiradi. Ana shunday ob’ektiv shart-sharoit bo‘lmasa, komil insonni shakllantirish xom-
10
Каримов И.А. Биз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз. Т. 7.-Т., Ўзбекистон, 1999. 133-б.
57
xayol bo‘lib qoladi. Mamlakatimizda komil inson tarbiyasi uchun barcha ob’ektiv shart-
sharoitlar yaratilib, u kundan-kunga takomillashtirish asosida boyitib borilmoqda.
Komil insonni shakllantirishning sub’ektiv tomoni muayyan dunyoviy va diniy
bilimlarga, axloqiy-estetik xislatlarga, moddiy va ma’naviy qadriyatlarga ega bo‘lgan xalq,
millat, elat, odam, inson, shaxslar majmuasiga orqali ko‘zga tashlanadi. Komil insonni
shakllantirishning sub’ektiv tomonini O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining yoshi, millati,
dinidan qat’i nazar unda yashayotgan barcha kishilar tashkil qiladi. Bunda aholining 64 % ni
tashkil qiluvchi yoshlarga alohida e’tibor qaratiladi.
Bu shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekistonda komil insonni shakllantirish uchun barcha ob’ektiv
va sub’ektiv shart-sharoit hamda omillar mavjuddir. YUqorida keltirilgan barcha fikrlarni
umumlashtirgan holda komil inson tushunchasiga quyidagicha ta’rif berish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |