Shu maqsadlarda Moliya vazirligi:
O’zbekiston Respublikasi moliya tizimi tarkibiga kiruvchi organlar
faoliyatini kelishilgan yagona moliyaviy, soliq, valyuta va narx-navo siyosatini
shakllantirish ishlarini olib borishga, oltin zahirasini ko’paytirish yo’li bilan
O’zbekiston Respublikasining moliyaviy mustaqilligini ta’minlashga, respublika
iqtisodiyotini sog’lomlashtirishga, bozor munosabatlarini shakllantirish sharoitida
narx-navoni tartibga solishning iqtisodiy usullari rolini kuchaytirishga va aholini
ijtimoiy himoya qilishga yo’naltiradi;
xalq xo’jaligi va ijtimoiy-madaniy sohani mablag’ bilan ta’minlaydi,
respublika mintaqalarining yaxlit ishlab chiqarish va ijtimoiy taraqqiyoti uchun
moliyaviy negiz yaratadi;
o’z vakolati doirasida respublika moliya tizimi tarkibiga kiruvchi organlar
faoliyatini nazorat qilishni tashkil etadi va amalga oshiradi, ular faoliyati usullari
104
va shakllarini takomillashtiradi, mazkur organlar xodimlarining kasb mahoratini
oshirish ishlarini muvofiqlashtiradi;
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi vakolatiga kiruvchi masalalar
bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar, yo’riqnomalar, preyskurantlar va boshqa hujjatlarni
tasdiqlaydi va chiqaradi;
respublika xalq xo’jaligini, O’zbekiston Respublikasining chet eldagi
diplomatik va boshqa davlat muassasalarini, xalqaro birlashmalar va tashkilotlarga
a’zolik badallari to’lashni valyuta bilan ta’minlaydi.
Moliya vazirligi o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga,
O’zbekiston Respublikasi qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy
Kengashining boshqa qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va
farmoyishlariga, mazkur Nizomga va boshqa me’yoriy aktlarga amal qiladi.
Moliya vazirligi respublikada moliyaviy faoliyatning huquqiy asoslari
mustahkamlanishini ta’minlaydi, qonun loyihalari bo’yicha moliyaviy xulosa
beradi va o’z huquqi doirasiga kiruvchi masalalar bo’yicha qonunchilikni
qo’llanish amaliyotini umumlashtiradi, bu qonunchilikni takomillashtirishga
qaratilgan takliflarni ishlab chiqadi va ularni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi,
shuningdek, o’z huquq doirasida idoraviy me’yoriy aktlar chiqaradi.
Moliya vazirligi o’z faoliyati jarayonida respublikaning moliyaviy
manfaatlariga, korxonalar, birlashmalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolarning
huquqlariga rioya etilishini, shuningdek, Vazirlik tizimida qonunchilik to’g’ri
qo’llanishini ta’minlaydi.
Moliyavazirliginingbudjettiziminiboshqarishbo’yichavakolatlari,
asosiyvazifalarivafunktsiyalariO’zbekistonRespublikasiVazirlarMahkamasining
1992
yil
23
noyabrdagi
553-sonqaroribilantasdiqlangan
“O’zbekistonRespublikasiMoliyavazirligito’g’risidagiNizom”
bilantartibgasolinadi. Mazkur Nizomga muvofiq, Moliya vazirligining budjet
tizimini boshqarish bo’yicha vazifalari quyidagilardan iborat:
105
moliya tizimining, soliq va narx-navo siyosatining O’zbekiston
Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga faol ta’sir ko’rsatishini, ishlab
chiqarish samaradorligini oshirishini, milliy daromadning, korxonalar va
tashkilotlar daromadlarining va boshqa moliyaviy resurslarning o’sishini
ta’minlash;
respublikaning
moliyaviy
resurslarini
ijtimoiy
ishlab
chiqarishni
rivojlantirish va fan-texnika taraqqiyotining ustivor yo’nalishlariga jamlash,
ijtimoiy rivojlanishni jadallashtirish, ma’lum maqsadga yo’naltirilgan yaxlit xalq
xo’jaligi dasturlarini mablag’ bilan ta’minlash, zarur moliya, valyuta rezervlarini
tashkil etish;
moliya, budjet, valyuta va soliqni rejalashtirish va mablag’ bilan ta’minlash
usullarini takomillashtirish;
soliq solish, narx belgilash, sug’urta, valyuta-moliya auditorlik va tashqi
iqtisodiy faoliyat sohasida qonunchilik va me’yoriy aktlarni ishlab chiqishda
qatnashish; (O’zR VM 22.09.2000 y. 365-son Qaroriga muvofiq)
moliya, soliq narx belgilash, sug’urta, valyuta auditorlik va tashqi iqtisodiy
faoliyat sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining funktsiyalari. O’zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi
ishlarni amalga oshiradi:
respublika
yig’ma
moliya
balansining
moliyaviy
resurslarini
shakllantirishning uzoq muddatli va qisqa muddatli istiqbolni belgilashlarini tuzish
ishida,
shuningdek,
umumrespublika
maqsadli
budjetdan
tashqari
pul
jamg’armalarini shakllantirishda qatnashadi, ularni tashkil etish, foydalanish va
miqdorlari tartibi, O’zbekiston Respublikasi mintaqalari tomonidan mazkur pul
106
jamg’armalariga mablag’ ajratish kvotalari to’g’risidagi takliflarni tayyorlaydi;
respublika va mahalliy budjetlarni shakllantirishning yangi usullari asosida
hududiy moliya-budjetni, soliqni rejalashtirishni takomillashtiradi;
moliya-budjetni va soliqni rejalashtirish, narx belgilash, xalq xo’jaligi va
ijtimoiy-madaniy sohani mablag’ bilan ta’minlash sohasida uslubiy rahbarlikni
amalga oshiradi, respublika va mahalliy budjetlardan sarflanayotgan xarajatlar
smetasini tuzish, ko’rib chiqish, tasdiqlash va ijro etishning umumiy qoidalarini
belgilaydi;
amaldagi qonunchilikka muvofiq budjetni tuzish va ijro etish ishlarini
tashkil etadi;
respublika vazirliklari, idoralari va korxonalari tomonidan respublika
budjetining ijro etilishini, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki va
respublikaning boshqa banklari tomonidan budjetning kassa ijrosi qoidalariga rioya
qilinishini, shuningdek, banklar tomonidan kapital sarmoyalarni mablag’ bilan
ta’minlashni va budjet mablag’lari hisobidan ro’yobga chiqariladigan boshqa
tadbirlarni nazorat qilishni amalga oshiradi, O’zbekiston Respublikasi Markaziy
banki bilan kelishgan holda respublika budjeti ijrosiga tegishli masalalarni hal
qiladi;
joriy yilda respublika budjeti va valyuta rejasining bajarilishi yuzasidan
hisobot tayyorlaydi va uni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi;
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda pul muomalasini
mustahkamlash, so’mning xarid quvvatini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi
va amalga oshiradi, pul daromadlari va aholi xarajatlarining muvozanatliligini
ta’minlash bo’yicha zarur chora tadbirlar to’g’risida Vazirlar Mahkamasiga
axborot beradi, respublika davlat ichki zayomlarini chiqarish va ularni tarqatish,
shuningdek, lotereyalar o’tkazish bo’yicha takliflarni ishlab chiqadi;
aholini ijtimoiy himoya qilish va qo’llab-quvvatlash tadbirlarini mablag’
bilan ta’minlash manbalarini aniqlaydi va mablag’ bilan ta’minlaydi;
respublika
davlat
boshqaruv
organlarining
tashkiliy
tuzilmasini
yaxshilashga va ularni saqlash xarajatlarini arzonlashtirishga qaratilgan takliflarni
107
ishlab chiqadi;
Budjetni muvozanatlashtirish zaruratidan kelib chiqib, soliqlar tizimini
respublikadagi boshqa daromadlarni takomillashtirish, davlat moliya mablag’larini
mustahkamlash, korxonalar, birlashmalar, tashkilotlarning ishlab chiqarish-xo’jalik
faoliyati hamda fuqarolarning tadbirkorlik ishlari uchun eng maqbul moliyaviy
sharoitlarni ta’minlash bo’yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini mablag’ bilan
ta’minlash uchun respublika Hukumati tomonidan xorijiy kreditlar jalb qilish
zarurati bo’yicha ekspertiza o’tkazadi, hujjatlarni rasmiylashtirishda ishtirok etadi,
respublika Hukumati tomonidan olingan xorijiy kreditlarning kelib tushishini
hisobga olish va nazorat qilishni amalga oshiradi;
O’zbekiston Respublikasining tashqi qarzi o’z vaqtida to’lanishi va tashqi
qarz bilan bog’liq ishlar amalga oshirilishini nazorat qiladi;
O’zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlarga beg’araz yordam
ko’rsatishi, xalqaro birlashmalar va tashkilotlarga a’zolik badallarini to’lash,
O’zbekistonning MDH davlatlari va xorijiy davlatlardagi elchixonalari
konsulxonalari, vakolatxonalari va boshqa diplomatik muassasalarini saqlash bilan
bog’liq a’mollarni hisobga olishni va ularni mablag’ bilan ta’minlashni amalga
oshiradi;
korxonalar, birlashmalar, tashkilotlarning buxgalterlik hisobi va hisobotlari
yuzasidan metodologik rahbarlikni amalga oshiradi hamda ularni takomillashtirish
chora-tadbirlarini ko’radi; turli darajadagi budjetlarning ijrosi, budjetdagi
muassasalar xarajatlar smetasining ijrosi bo’yicha buxgalterlik hisobini yuritish
tartibini belgilaydi; O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda
budjetlarning kassa ijrosi bo’yicha hisob-kitob va hisobotlar shakllarini belgilaydi;
balansning hisob-kitob moddalari, qimmatbaho narsalarni qayta ro’yxatdan
o’tkazish va natijalarini rasmiylashtirish tartibini belgilaydi, schyotlarning
namunaviy rejalarini, buxgalteriya hisobi va xisobotining namunaviy shakllarini,
ularni qo’llash va to’ldirish tartibi to’g’risidagi yo’riqnomalarni tasdiqlaydi;
respublika va mahalliy budjetlardan mablag’ bilan ta’minlanadigan
108
korxonalar, birlashmalar, tashkilotlar va muassasalarning moliya-xo’jalik
faoliyatini taftish qiladi va tekshiradi, respublika budjetini tuzish va ijro etish
bo’yicha moliya idoralari ishini yaxlit taftish qiladi, zarurat bo’lganda vazirliklar
idoralar, birlashmalar, kontsernlar, uyushmalar, mulkchilik shaklidan qat’i nazar
korxonalar, tashkilotlar, muassasalarning moliyaviy-xo’jalik faoliyatini taftish
qiladi va tekshiradi;
tugallangan taftish va tekshirish natijalari bo’yicha aniqlangan
kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan zarur ko’rsatmalar beradi va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |