121
3-BOB. BUDJET TIZIMI BUDJETLARI
3.1. Budjet tizimi budjetlari
“Hayot faqat o’qishdan iborat emas.
Hayotning mana shu qismini ham bosib
o’ta olmasang, nimaga ham qodir bo’la olarding?”
Oksford universitetidan maxsus.
O’zbekiston Respublikasi Budjet Kodeksining 6-moddasida “Budjet tizimi
tushunchasi” ga quyidagicha ta’rif berilgan, “Budjet tizimi barcha darajadagi
budjetlar, davlat maqsadli jamg’armalari budjetlari va budjet tashkilotlarining
budjetdan tashqari jamg’armalari, budjet tizimi budjetlarini tuzish va tashkil etish
prinsiplari, ular o’rtasida budjet jarayoni mobaynida yuzaga keladigan o’zaro
munosabatlar yig’indisini o’zida ifodalaydi. Moliya yili uchun budjet tizimi
budjetlarini shakllantirish, tuzish, ko’rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash va ijro
etish O’zbekiston Respublikasining milliy valyutasi - so’mda amalga oshiriladi”.
Do'stlaringiz bilan baham: