O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent moliya instituti


-rasm. Bir necha yillik rejalashtirish integratsiyasi



Download 6,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/219
Sana18.08.2021
Hajmi6,56 Mb.
#151229
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   219
Bog'liq
budjet tizimi

 

 

5-rasm. Bir necha yillik rejalashtirish integratsiyasi 

 

O‘zbekistonda  Budjetni  o‘rta  muddatni  rejalashtirishni  joriy  etish  shartlari 



sifatida quyidagilar belgilandi: 

  Budjetni o‘rta muddatli rejalashtirish jarayonini tashkil etishning bosh sharti 

milliy darajada makroiqtisodiy barqarorlikka erishishdir. 

   Iqtisodiy  o‘sish  davlat  tomonidan  izchil  iqtisodiy  siyosat  olib  borish  yo‘li 

bilan  rag‘batlantirilishi  lozimligini  tushunish  va  u  insonni  rivojlantirish 

manfaatlariga  qarab  mo‘ljal  olishini  ta’minlash.  Shu  nuqtai  nazardan, 

Budjet-soliqsiyosati  iqtisodiy  o‘sish  natijalarini  Budjet  yili  doirasidan 

tashqarisida  erishilishi  mumkin  bo‘lgan  qo‘yilgan  aniq  maqsadlarga 

erishishga yo‘naltirishning muhim vositalaridan biri sifatida qaraladi. 

  Iqtisodiy  o‘sish  va  aholi  farovonligini  oshirishning  yuqori  darajadagi 

sur’atlarini  ta’minlash  uchun  hukumat  real  sektor  va  ijtimoiy  sohani 

rivojlantirish  sohasida  bir  qancha  maqsadli  dasturlar  ishlab  chiqqan  va  ular 

Mamlakatning turli yillarda qabul qilingan va 

yakunlanishi turli davrlar uchun mo‘ljallangan milliy 

dasturlari 

Yillik byudjet loyihasi 

 

Bir necha yillik rejalashtirish sabablari 



Makroiqtisodiy istiqbolni belgilash va hukumat 

maqsadlari 

O‘rta muddatli moliyaviy 

reja va NYB 

Budjet ijrosi 

 

Audit, monitoring va 



baholash 

 



 

 

38 



      

 

amalga  oshirilmoqda.  Bu  dasturlar  o‘zaro  bog‘liq  va  har  yili  Davlat 



Budjetini shakllantirish va taqsimlash parametrlari bilan muvofiqlashtiriladi. 

Ammo,  Budjetni  har  yillik  asosda  shakllantirish  qo‘yilgan  maqsadlarga 

erishish uchun Budjet resurslarini taqsimlash dinamikasi va tendensiyalarini 

oldindan  ko‘rish  imkoniyatini  bermaydi.  Bu  eng  avvalobir  yil  mobaynida 

olib  boriladigan  Budjet-soliq  siyosatining  torligi  bilan  bog‘liq.  Mazkur 

siyosat  Budjetning  bir  yil  doirasidan  tashqaridagi  imkoniyatlariga  baho 

berish  imkonini  bermaydi,  bu  esa  Budjet  istiqbolda  aniq  mo‘ljal  olishiga 

monelik qilishi mumkin. 

  BMTTD  loyihasi  doirasida  2007-2009  yillarda  davlat  moliyasini 

boshqarishni  isloh  qilish  strategiyasi  urg‘uni  xarajatlarni  boshqarishdan 

natijalarni boshqarishga ko‘chirishni nazarda tutadi. Ushbu loyiha doirasida 

Moliya 


vazirligi 

2008-2010 

yillarga  mo‘ljallangan  boshlang‘ich 

eksperimental  o‘rta  muddatli  Budjet  strategiyasidan  foydalandi.  Mazkur 

strategiya  Moliya  vazirligiga  bo‘lg‘usi  davrlar  uchun  fiskal  siyosat 

choralarining  oqibatlarini  va  xarajatlarning  bazaviy  darajalariga  siyosat 

yangichoralarining ta’sirini aniqlashga yordam berdi. O‘rta muddatli Budjet 

strategiyasidan  foydalanish  borasidagi  ishlardan  keyingi  Budjetlarni 

tayyorlash  jarayonida  foydalanish  va  uni  to‘laqonli  loyiha  darajasiga 

yetkazish  nazarda  tutildi.  Bundan  ko‘zlangan  maqsad  –  barqaror  yillik 

Budjetni  ta’minlash,  Budjetning  kapital  va  joriy  xarajatlari  hisobini 

yuritishni  yaxshilash,  yillik  Budjetni  tuzish  bo‘yicha  takliflar  uchun 

moliyaviy xarajatlarning limitlarini belgilashdan iborat. 

Bunda  tarmoq  vazirliklari  o‘rta  muddatli  Budjet  strategiyasini  keyingi 

yillarga  mo‘ljallangan  Budjetni  tayyorlashga  yuqoridan  quyiga  tushiriladigan 

eksperimental  dasturlar  asosida  kiritadilar.  Bu  ish  Moliya  vazirligi  va  tanlangan 

tarmoq  vazirliklarida  amalga  oshirilgan  boshlang‘ich  eksperimental  loyiha 

natijalariga  asoslanishi  lozim.  Bunda  Budjet  takliflarida  siyosat  choralarining 

maqsadlari,  ustuvor  yo‘nalishlari  va  natijalariga  ko‘proq  e’tibor  berilmog‘i, 

xarajatlar  me’yorlaridan  foydalanishning  ahamiyati  pasaytirilmog‘i  darkor. 




 

 

39 



      

 

Dasturiy  Budjetlashtirish  to‘liq  eksperimental  loyiha  samarali  amalga 



oshirilganidan,  axborot  tizimini  o‘z  ichiga  olgan  Budjetni  ijro  etish  g‘aznachilik 

tizimini  to‘liq  joriy  etish  yakunlanganidan  (hozirgi  vaqtda  rejalarda  2011-yil          

1- yanvarga belgilangan) keyingina rejalashtirilishi mumkin. 

  O‘zbekiston Mingyillik Rivojlanish Maqsadlari (MRM)ga erishish bo‘yicha 

majburiyatlar  olgan,  chunki  MRM  Hukumat  aholi  farovonligini  oshirish 

masalalarini yechish doirasida islohotlarning dastlabki davridayoq o‘z oldiga 

qo‘ygan va Budjet strategiyasini ishlab chiqishda hisobga olgan rivojlanish 

maqsad va vazifalari bilan mushtarakdir. Bunda Budjet strategiyasini amalga 

oshirish MRMga erishishda 2010 yilgacha jiddiy yuksalish yuz berishiga va 

2015  yilga  borib  Maqsadlarning  aksariyatiga  erishilishiga  ko‘maklashishi 

lozim.  Bu  davlat  Budjeti  xarajatlari  o‘lchash  mumkin  bo‘lgan  aniq 

natijalarga  bog‘lab  uch  yil  muddatga  rejalashtirilishi  lozimligini  anglatadi. 

Budjet  siyosati  va  ijtimoiy  siyosatning  amalga  oshirilishi  Budjet  sohasi 

xodimlari  va  pensionerlarning  real  daromadlari  o‘sishiga,  shuningdek 

sog‘liqni saqlash va ta’limning sifati oshishiga olib kelishi lozim. 

  O‘zbekistonda 2007 yildan boshlab BMTTDning «Davlat moliyasi islohoti» 

loyihasi  doirasida  davlat  moliya  tizimini  takomillashtirish  bo‘yicha  ishlar 

olib borilmoqda. Loyiha doirasida O‘zbekiston Respublikasining 2008 yilga 

va  o‘rta  muddatli  kelajakka  mo‘ljallangan  Budjet  strategiyasining  asosiy 

yo‘nalishlari  ishlab  chiqildi,  shuningdek  Budjetni  rejalashtirishda  yangicha 

yondashuvlarni  qo‘llashning  Konseptual  va  metodologik  jihatlari 

tayyorlandi.  Ushbu  tadqiqotlarning  maqsadi  sifatida  2008  yilga  va  o‘rta 

muddatli  kelajakka  (2009-2010  yillarga)  mo‘ljallangan  Budjet  strategiyasi 

yo‘nalishlarini va jamlangan Budjet prognozini ishlab chiqish belgilandi. 

Shunday qilib, Budjetni o‘rta muddatli rejalashtirishni amalga joriy etishga: 

 

Hukumat  iqtisodiy  siyosatining  o‘rta  muddatli  ustuvor  vazifalaridan  kelib 



chiqib Budjet mablag‘larini sarflash strategiyasini ishlab chiqish; 


 

 

40 



      

 

 



Budjet  mablag‘larini  sarflashning  unumdorlik  darajasini  oshirish  (barcha 

darajadagi  Budjetlarning  xarajatlari  pirovard  natijaga  eng  samarali  yo‘l 

bilan erishishga qaratilishi lozim); 

 

bosh  taqsimlovchilarning  mustaqilligi  va  javobgarligini  kuchaytirish 



(idoraviy  darajada  moliyaviy  menejment  sifatiga  baho  berish  usullari  va 

tartib-taomillarini  ishlab  chiqish  va  joriy  etish,  Budjet  dasturlarini  ishlab 

chiqish,  ichki  auditni  rivojlantirish,  moliyaviy  intizomni  mustahkamlash) 

yo‘li bilan erishish nazarda tutilgan. 

 

O‘zbekistonda  natijaviylikka  yo‘naltirilgan  Budjetlashtirish  tizimiga 



quyidagicha sharh berish mumkin. 

1.  Oliy  Majlis  (parlament  nazorati).  Natijaviylikka  yo‘naltirilgan 

Budjetlashtirish  amaliyotining  me’yoriy-huquqiy  hujjatlarining  o‘rta  muddatli 

strategiyasini belgilaydi. 

2.  Vazirlar  Mahkamasi  (hukumat  nazorati).  O‘z  vakolatlari  doirasidagi 

vazirliklar,  qo‘mitalar,  idoralar  va  boshqarmalar  ko‘lamida  Budjet  loyihalarining 

umumiy  andozasini  ko‘rib  chiqish  hamda  takomillashtirilgan  holda  hukumat 

nazoratini o‘rnatadi. 

3. Moliya vazirligi. O‘z vakolati doirasida umummilliy moliyaviy siyosatni 

yuritish,  Budjet  loyihasini  ishlab  chiqish,  ularning  tasdiqqacha  bo‘lgan  normativ 

hujjatlarini ishlab chiqish, ijrosini tashkillashtirish, yakuniy Budjet ijrosi yuzasidan 

hisobotni taqdim etish. 

 

O‘rta  muddatli  ijtimoiy-iqtisodiy  taraqqiyotni  rejalashtiruvchi  Davlat 



maxsus  komissiyasi.  Mazkur  komissiya  makroiqtisodiy  ko‘lamda  amalga 

oshirilishi  zarur  bo‘lgan  innovatsion  loyihalar,  ratsionalizatorlik  takliflarini 

rejalarda  belgilashda,  umumiy  loyihalarni  ishlab  chiqishda,  muvofiqlashtirish  va 

tashkiliy tuzilmasini tuzishda ishtirok etadi. 

 

O‘rta  muddatli  Budjetlashtirish  Davlat  dasturi  loyihasi.  O‘rta  muddatli 



ijtimoiy-iqtisodiy  taraqqiyotni  rejalashtiruvchi  Davlat  maxsus  komissiyasi  taqdim 


 

 

41 



      

 

etgan  loyihalar  asosida  davlat  strategik  rejalashtirish,  ularni  moliyaviy  dastaklar 



bilan ta’minlash rejalarini ishlab chiqish va boshqalar. 

 


Download 6,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish