Daromadlar va xarajatlar yoyilmasi:
O’zbekiston Respublikasining respublika budjeti bo’yicha — O’zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan;
Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning
viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjeti bo’yicha —
Qoraqalpog’iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar
hokimliklarining moliya boshqarmalari tomonidan;
tumanlar va shaharlar budjetlari bo’yicha — tumanlar va shaharlar
hokimliklarining moliya bo’limlari tomonidan;
davlat maqsadli jamg’armalari bo’yicha — davlat maqsadli jamg’armalarini
taqsimlovchi organlar tomonidan tuziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |