176
Daromadlar va xarajatlar yoyilmasining daromad qismi tegishli budjet
daromadlarining budjet tasnifiga muvofiq oyma-oy bo’lingan yillik hajmlaridan
tashkil topadi.
Daromadlar va xarajatlar yoyilmasining xarajat qismi tegishli budjet
xarajatlarining moliya yili uchun tasdiqlangan jamlanma xarajatlar smetalari
xarajatlar smetalari asosida tuziladigan, budjet tasnifiga muvofiq oyma-oy
bo’lingan yillik hajmlaridan tashkil topadi.
Daromadlar va xarajatlar yoyilmasining yakuniy ma’lumotlari, budjetlararo
transfertlar bundan mustasno, tasdiqlangan yillik budjetda qabul qilingan
summalarga mos kelishi lozim.