173
Davlat budjetining g’azna ijrosi davlat budjetining barcha daromadlarini
yagona g’azna hisobraqamiga kiritishdan, shuningdek, davlat budjetining
xarajatlarini shu hisobraqamdan to’lashdan iborat.
Davlat budjeti g’azna ijrosining asosiy tamoyillari - kassaning yagonaligi
hamda buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishning yagonaligidan iborat.
Davlat budjetining g’azna ijrosi qonun xujjatlarida belgilab qo’yiladigan maxsus
vakolatli moliya organi hamda uning Qorag’alpog’iston Respublikasi, viloyatlar,
tumanlar, shaharlardagi hududiy bo’linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
G’aznachilik bo’linmalari — O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
G’aznachiligi, Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri
bo’yicha G’aznachilik boshqarmalari, tumanlar va shaharlar bo’yicha
G’aznachilik bo’linmalari.
Moliya vazirligi G’aznachiligi davlat moliyasini samarali boshqarish
uchun ham, undan oqilona foydalanilishi ustidan qat’iy nazoratni ta’minlash
uchun ham mustahkam zamin yaratdi. Buni esa quyidagicha izohlash mumkin:
Birinchidan, g’aznachilik davlat budjetining ijrosi jarayonida yuzaga
keladigan daromad va barcha xarajatlarni yagona g’azna hisobraqamidan amalga
oshiradi. Mablag’larning Yagona g’azna hisobraqamiga soliq va soliq bo’lmagan
daromadlar ko’rinishida kelib tushishi moliyaviy resurslarni operativ boshqarish va
davlat budjeti xarajatlarini o’z vaqtida to’lash uchun barqaror asos yaratdi.
Ikkinchidan, dastlabki nazoratni amalga oshirish uchun sharoit yuzaga
keladi, ya’ni majburiyatlarni qabul qilish jarayoni boshlanadi, bunda budjet
tashkiloti tomonidan smetada ko’zda tutilgan mablag’lar doirasida kelajakda
moliyaviy xarajatlarni amalga oshirish bo’yicha majburiyatlar g’aznachilik
organlarida ro’yxatdan o’tkaziladi va shu asosda mablag’larning maqsadli
harakatini ta’minlash uchun zamin yaratdi.
Budjet tizimi budjetlarining ijrosi budjet to’g’risidagi qonun hujjatlarida
belgilangan budjet tizimi budjetlari daromadlarining tushishini ta’minlash va
xarajatlarini amalga oshirishni, shuningdek ularning ijrosi bilan bog’liq
operatsiyalarni hisobga olishni nazarda tutadi.
174
O’zbekiston Respublikasi respublika budjetining, davlat maqsadli
jamg’armalari budjetlarining ijrosi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan ta’minlanadi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar
mahalliy budjetlarining ijrosi Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan
ta’minlanadi.
Budjet tashkilotlari budjetdan tashqari jamg’armalarining ijrosi budjet
tashkilotlari tomonidan ta’minlanadi.
Budjet tizimi budjetlarining ijrosi O’zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi tomonidan g’azna ijrosi yo’li bilan amalga oshiriladi. G’azna ijrosi
faoliyatni chet elda amalga oshirayotgan budjet tashkilotlariga va budjet
mablag’lari oluvchilarga tadbiq etilmaydi.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining axborot tizimida budjet
tizimi budjetlari, budjet tashkilotlari va budjet mablag’lari oluvchilar uchun
shaxsiy g’azna hisobvaraqlari ochiladi.
Budjet tashkilotlari va budjet mablag’lari oluvchilar o’z xarajatlar
smetalarida nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablag’larni moliya yili
tugaguniga qadar sarflashga haqli.
Budjet tizimi budjetlarining ijrosi moliya yili mobaynida va qo’shimcha
vaqt davrida amalga oshiriladi.
Keyingi yilning yanvar oyi moliya yiliga qo’shimcha vaqt davri bo’lib, bu
davr mobaynida o’tgan yil uchun budjet tizimi budjetlarining ijrosi amalga
oshiriladi. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi budjet tizimi
budjetlarining qo’shimcha vaqt davridagi ijrosi bo’yicha operatsiyalarni
o’tkazish tartibini va oxirgi muddatlarini belgilaydi.
Yagona g’azna hisobvarag’i O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
tomonidan boshqariladigan maxsus bank hisobvarag’i bo’lib, unga budjet tizimi
budjetlarining daromadlari va boshqa tushumlari kiritiladi hamda undan mazkur
budjetlarning xarajatlari to’lanadi. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
175
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankida va boshqa banklarda o’zga bank
hisobvaraqlari ochish huquqiga ega.
Yagona g’azna hisobvarag’i O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankida
ochiladi.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining bank hisobvaraqlaridan
mablag’larning so’zsiz tartibda hisobdan chiqarilishiga yo’l qo’yilmaydi.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining bank hisobvaraqlariga
xizmat ko’rsatilganligi uchun haq olinmaydi.
Har bir budjet bevosita yoki bilvosita qilinishi zarur bo`lgan ishlar va
erishilishi zarur bo`lgan natijalar rejalarini o`zida mujassamlashtiradi. Ijro shu
rejalarni amalga oshirishni o`z ichiga oladi. Bu bosqichda budjet boshqarmasi
xodimlari muassasalar ish faoliyati haqida muhim ma’lumotlarni oladi va bu
bilimlar keyinchalik budjetni tayyorlashning keyingi bosqichi uchun muhim
bo`ladi .
Do'stlaringiz bilan baham: