6.1.3. Sayohatlarda o‘lkashunoslik va qidiruv ishlari
Sayohatlar jarayonida turli xil o‘lkashunoslik va qidiruv
ishlari olib boriladi. Buning uchun maktab jamoat, asosan,
sayohat rahbari o‘quvchilarning ko‘p kunlik turistik sayohati
davomida qanday qidiruv yoki o‘lkashunoslik ishlari olib borish
kerakligini avvaldan rejalashtirishi va tegishli mutaxassislardan
maslahat olish kerak bo‘ladi. Bu sohada esa mutaxassislar
ilmiy tekshirish institutlari, oliy va o‘rta maxsus ta’lim
muassasalaridagi kafedralar, kabinetlar, muzeylar va muassasalar
tegishli yordam ko‘rsatishi yoki bevosita topshiriqlar berishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |