93
Boshida ta’kidlanganidek, mustaqillikka erishish arafalari
davrida (1989–1991-yillar) va keyingi vaqtlarda turizmga
bo‘lgan e’tibor ancha susaydi. Bu tashkiliy, iqtisodiy, siyosiy,
madaniy islohotlar bilan bog‘langanligining sababidir.
Lekin
ijtimoiy-madaniy turmush, aholining har sohadagi e’tiqodi,
ehtiyoji va boshqa bir qator sabablar bilan mamlakatda turizm
ishlarini olib borishga qaratildi. Bu yo‘lda “Turizm to‘g‘risida”gi
Qonun (1999-yil) va turizmni rivojlantirish hamda kadrlar
tayyorlash haqidagi hukumat qarorlari (1999yil) muhim
bosqich bo‘lib hisoblandi. Bu asosan tarixiy shaharlar, madaniy-
arxitektura yodgorliklariga sayr (экскурсия) uyushtirish, xalqaro
turizmni rivojlantirishga qaratildi. Piyoda yurish sayohati esa
deyarli e’tibordan chetda qolmoqda. O‘quvchi-yoshlar va
mehnatkashlarning sayr-sayohatlarini tashkil qilish asosan har
bir jamoaning (o‘quv va mehnat) rahbarlari,
kasaba uyushmalari,
“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati kabi tashkilotlar tomonidan
uyushtirilmoqda. Ularni boshqaruvchi turizm jamoasi tashkil
qilingan emas. Shu sababdan har bir jamoada (o‘quv va mehnat)
turizm jamoasi yoki to‘garagini (seksiya) tashkil etishga doir
ba’zi bir takliflar tavsiya etilmoqda (avvalgi nizomlar asosida):
1.
Jamoa rahbarlarining roziligi va ruxsati bilan turizmga
qiziquvchilarning (maxsus e’lon asosida) umumiy yig‘ilishini
o‘tkazish. Bunda turizmning ahamiyati haqida ma’ruza o‘qish
(rahbar yoki taklif etilgan mutaxassis). Yig‘ilishda to‘garak
rahbariyatining kengashini (sovet 9–11 kishi) saylash. Kengash
esa seksiya yoki turistik klubning raisini saylab, qolgan
a’zolarning burchi va vazifalarini belgilash.
2.
Har 1–2 oyda kengash yig‘ilishini o‘tkazib,
unda rejalarni
ishlab chiqish, tasdiqlash, a’zolarning hisobotini eshitish.
3.
Faol o‘quvchi, talabalardan (mehnatkash) turizm bo‘yicha
yo‘riqchi (metodist-instruktor) tayyorlash. Bunda seminar
mashg‘ulotlarni o‘tkazish yoki markaziy turizm seksiyalariga
safarbar etib, u yerda maxsus tayyorgarlik amalga oshirish.
94
4.
Dam olish kunlari, ta’til paytlari va ulug‘ sanalarga
bag‘ishlab bir kunlik, tunab kelish (2–3 kun) va ko‘p kunlik
(6–8 kun) sayohatlarni o‘tkazish.
5.
Tarixiy yodgorliklar, madaniy obidalar, xotira maydonlari,
ilg‘or
ishlab chiqarish korxonalari, muzey, teatr, sport inshootlari
va hokazo joylarga sayr (ekskursiya) tashkil etishda faol ishtirok
etish.
6.
Jamoada (o‘quv va mehnat) turistik burchak yoki muzey
tashkil qilish, unda kitoblar, plakatlar, nodir topilmalar, turistik
jihozlar,
videotasvir tasmalari, rasm-suratlar va hokazoni
to‘plash hamda saqlash.
7.
Ilg‘or tajribalar bilan tanishib borish, o‘z tajribalarini
matbuot, teleradiolarda yoritib borish.
8.
Shahar (tuman), viloyat va respublika turizm anjumanlari,
musobaqalarida (slyot) faol ishtirok etish.
9.
O‘quvchi-yoshlarning yozgi oromgohlari, talabalarning
sog‘lomlashtirish-sport maskanlari va mehnatkashlarning
dam olish uylari,
sanatoriya, kurortlardagi sayohat ishlarida
qatnashish, amaliy yordam berish.
Yuqoridagilardan ma’lumki, jamoalarda turistik klub yoki
seksiyalarni tashkil qilishning ijtimoiy-madaniy va tarbiyaviy
jihatdan afzalliklari ehtiyojlarga juda kattadir. Shu sababdan
havaskor turistlarning sonini ko‘paytirish, ommaviy sayr va
sayohatlarni tashkil qilish bugunning muhim vazifalaridan biri
bo‘lib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: