O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi



Download 3,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/55
Sana17.08.2021
Hajmi3,2 Mb.
#149996
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   55
Bog'liq
turizm sayyohlik

4.4.2. Tabiatni muhofaza qilish
Tabiatni muhofaza qilish deganda, asosan ikki muhim tad-
birni bajarishga to‘g‘ri keladi, ya’ni: 1. Sayohatchilar tartib-
qoidalarni buzmasligi. 2. Boshqalar tomonidan qilingan nojo‘ya 
harakatlarning oldini olish yoki uning salbiy oqibatlarini 
tugatish. Ularning qisqacha mazmunlarini quyidagilar bilan 
ifoda etish mumkin:
1.  Sayohatlar jarayonida barcha qatnashchilar o‘z joylarini 
tozalashlari, yong‘inlarga yo‘l qo‘ymaslik, daraxtlarni kesish 
(sindirmaslik), suvlarni iflos qilmaslik, yashil o‘tloqlar, nodir 
gullarni payxon (oyoq osti) qilmaslik lozim. Bu qoidalar 
tabiat muvozanatining (ekologiya) saqlanishi va yanada 
yaxshilanishiga sabab bo‘ladi.
2. Ba’zi sayohatchilarning e’tiborsizligi yoki ataylab qili-
shi natijalarida qurigan o‘tlar, shoxlar, daraxtlar yonib ketishi, 
atrofmuhitga, ayniqsa, hayvonot olamiga katta zarar keltiri-
shi aniq. Shuningdek, odamlarning ekin maydonlari, uy hay-
vonlari va yashil o‘tloqlarda ularga zarar keltirish hollari ham 
uchrashi mumkin. Ya’ni mevalarni ruxsatsiz olish, tovuq, kurka, 
qo‘zi-uloqlarni o‘g‘irlash, ot, eshaklarni ruxsatsiz minib boshqa 
joylarga tashlab kelish kabilar. Bunday salbiy va noxush xususi-
yatlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun, eng avvalo, sayohat rahbari va 
uning faol yordamchilari doimo, har qadamda hushyor bo‘lib, 
kuzatuvchilik ishlarini olib borish lozim bo‘ladi.
3.  Tabiatni muhofaza qilishning eng muhim yo‘li shundaki, 
joylardagi yerli aholi bilan muloqotda bo‘lish, ularning roziligi 
va ruxsati bilan quyidagi ijtimoiy mehnatni bajarish kerak:
– daraxt ko‘chatlarini ekish (bahor yoki kuzda), ular-
ni sug‘orish; – chorva mollari uchun xashak o‘rish, to‘plash, 
tashish; – qo‘zi va uloqlarni yig‘ish va ularni parvarishlash; – 
yig‘im-terimda (meva, sabzavot, don, poliz va hokazo) ko‘mak-
lashish;


87
– yordamga muhtoj kishilar holidan xabar olish, imkoniyat 
darajasida amaliy yordam ko‘rsatish yoki mutasaddi tashkilotlar, 
idoralarga xabar berish.
Xulosa qilib aytganda, sayohat jarayonlarida barcha maxsus 
tadbirlar qatorida o‘lkani o‘rganish, tabiatni muhofaza qilish, 
ijtimoiy foydali mehnatlarni amalga oshirish muhim ahamiyatga 
egadir. Shu asosda o‘quvchi-yoshlar va mehnatkashlarning 
ma’naviy­ma’rifiy madaniyatini tarbiyalash, insoniy fazilatlarni 
mustahkamlash imkoniyatlari kengayib boradi.

Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish