4.4. Sayohatlarda o‘lkani o‘rganish, tabiatni muhofaza
qilish va ijtimoiy foydali mehnat
4.4.1. Sayohatlar jarayonida o‘lkashunoslik
Maktab o‘quvchilarining piyoda yurish sayohatlarida reja
asosida, ya’ni botanika, zoologiya, tarix, adabiyot va boshqa
fanlarda nazariy jihatdan o‘rganilgan bilimlarni amaliy tadbirlar
bilan boyitish va mustahkamlash amalga oshirilishi mumkin.
Bevosita fan o‘qituvchilarining ishtirokida yoki maxsus
topshiriqlar (uy vazifalari) asosida o‘quvchilar mustaqil ravishda
o‘lkani o‘rganish borasida faoliyatlarni bajaradilar.
O‘simlik dunyosini o‘rganishda tanish va notanish
o‘simliklar, ularning ildizi, barg shoxlari, gullari va hosillarini
(urug‘, don, meva) tekshirib ko‘rish, tahlil qilish hamda
namunalar olinadi.
Mamlakatimizning Chotqol, Qurama, Xumson, Chimyon,
Shohimardon, Zomin, Oyqar (Baxmal), Nurota, Turkiston,
Zarafshon, Hisor, Bobotog‘ va boshqa tog‘li hamda tog‘
oldi hududlarda xilma-xil o‘simliklar (lola, ravoch, qatron,
boychechak, qoqi va hokazo) hamda daraxtlar (archa, yovvoyi
anjir, olma, qizilcha, yong‘oq, jiyda, tok va hokazo) juda ko‘p
uchraydi. Ularning turlari va o‘sish darajalarini o‘rganish
barchani qiziqtiradi.
Kasb-hunar kollejlarining o‘quvchi-yoshlari, oliy ta’lim
muassasalarining talabalari o‘z kasblari asosida o‘simlik
dunyosini o‘rganishlari mumkin.
85
Yuqorida qayd etilgan tog‘li joylarda burgut, kalxat, kaklik,
yovvoyi kurka turli rangdagi sayroqi qushlar, parrandalar
behisob. Shuningdek, bo‘ri, tulki, cho‘chqa, olqar (yovvoyi
qo‘y), kiyik, jayra, quyon va shunga o‘xshash hayvonlar ham yil
sayin ko‘paymoqda. Chunki, deyarli barcha tog‘li joylar o‘rmon
xo‘jaligi yoki qo‘riqxonalarga aylantirilib, nodir o‘simliklar
va hayvonlar davlat tomonidan qo‘riqlanadi. Shu sababdan
sayohatchilar, ayniqsa, birinchi marta ishtirok etuvchilar tartib-
qoidaga bo‘ysunishlari shart. Ya’ni man etilgan o‘simliklarni
uzish (piyozlarini kavlab olish), daraxt shoxlarini sindirish,
parranda va hayvonlarni tutish (ov qilish) mumkin emas.
O‘lkashunoslik ishlarining yana bir muhim turi shundaki,
joylarning nomini aniqlash (qishloq, ovul, yakka uylar, tog‘,
soy, daryo, ariq va hokazo). Bunda mahalliy kishilar bilan
suhbatlashish, qiziqarli joylarni fotosuratga (video) olish va
ularni o‘quv (mehnat) joylarida o‘rganish. Eng muhimi esa
o‘tgan va atrofdagi joylarni chizmaga (sxema) tushirish, chizma
rasmlarda ifodalashdir. Bu yo‘lda rangli toshlar, turli shakldagi
ildizlar, kundalar, qattiq jismli narsalarni yig‘ish, ularni o‘quv
(mehnat) jamoalaridagi muzey (maxsus xona) yoki shaxsiy
kutubxona-muzeyda saqlash mumkin.
Qishloq aholisining qabila, urug‘-aymoqlari, urf-odatlari,
kiyimlari, shevalari, raqs-qo‘shiqlari, harakatli o‘yinlarini bilib
yozib olish muhim ahamiyatga ega.
Tunab qolish va ko‘p kunlik sayohatlarda geografik jihatdan
izlanish ishlarini olib borish qiziqarlidir. Ya’ni tosh, tuproqlarni
noodatiy turlari, shamollarning esish vaqti, tomoni, ob-havoning
o‘zgarish jarayonlari, shunga asosan qushlar, hayvonlarning
harakati(boqishi yoki erkin yurish) ham maxsus kuzatish va
izlanishlarni talab etadi.
86
Do'stlaringiz bilan baham: |