Xiva – Urganch qadimgi va hozirgi Xorazm vohasining
eng qadimiy madaniy markazi sifatida uning shuhrati olamga
keng tarqalgan. Tarixiy manbaalar, qazilmalarining guvohlik
berishicha Xorazm vohasi 3 ming yillik tarixga ega. Buni
“Avesto” kitobidagi (3 ming yil avval yaratilgan) diniy qarashlar,
urf-odatlar, qabilalarning bo‘linishlari, salomatlik, shifokorlik,
davlatni idora etish, ma’naviyma’rifiy tadbirlar va hokazo
misolida tasavvur etish mumkin.
Xorazm yurtimizga To‘maris, Jaloliddin Manguberdi kabi
qahramonlarni, ulug‘ adiblar H.Sheroziy, Mahmud Pahlavon,
iste’dodli san’atkorlar Komiljon Otaniyozov, O. Otajonov,
Kommuna Ismoilova va boshqalarni tuhfa etgan.
Xiva va Urganch shaharlaridagi qal’alar, masjidlar, maqba-
ralar, savdo markazlari va boshqa yuzlab tarixiy yodgorliklar
ming yillik tarixga egadir. Arxeologlar, tadqiqotchilar (Pirmat
Shermuhamedov va boshqa) va tarixchilarning ta’kidlashicha
Xorazm va Qoraqalpog‘iston vohasi qadimgi davrlarda yam-
yashil bog‘lar, zilol suvlarga boy bo‘lgan. Shu sababdan bu
joylarda katta qal’alar, qo‘rg‘onlar ko‘p qurilgan. Lekin ulardan
birontasi ham saqlanib qolmagan. Chunki Eron, Turk, Mo‘g‘ul
va shu kabi davlatlarning bosqinchilik urushlari barcha joylarni
vayronaga aylantirgan. Shuningdek, turli tabiiy ofatlar, ayniqsa,
sahro va cho‘llardan esgan kuchli bo‘ron, shamol, to‘fonlar
qum, tuproq tuz chiqindilarini uchirib kelib, butun vohani
ko‘mib tashlagan. So‘nggi 20–30 yil davomida olib borilgan
arxeologik izlanishlar natijasida 4–5 m va undan ham balandroq
qum uyumlari (barxan) tagida yotgan eng qadimgi shahar hamda
qo‘rg‘onlarning devorlari, turli buyumlar, jang qurollarini
topishga muvaffaq bo‘lindi.
Xiva, Nukus va Urganch shaharlarning ko‘rki so‘nggi 10–
15 yil davomida ancha o‘zgardi. Yangidan qurilgan kasb-hunar
kollejlari, umumta’lim maktablarining o‘quv binolari, madaniy
va savdo markazlari, sport inshootlari shaharlarning zamonaviy
36
tus olishiga hissa qo‘shmoqda. Jaloliddin Manguberdi xotirasi,
Ma’mun Akademiyasining tashkil etilishi, “Avesto” kitobi-
ning yozilishiga 3 ming yil to‘lishi, “Umid nihollari” sport
musobaqalarining o‘tkazilishi, Pahlavon Mahmud xotirasiga
bag‘ishlangan xalqaro kurash turnirlari va boshqa ko‘plab
ommaviy-madaniy tadbirlarning tashkil qilinishi Xorazm va
Qoraqalpog‘iston vohasining shuhratiga shuhrat qo‘shdi. Bu
tadbirlar asnosida o‘sha yurtlarga ham sayr-sayohat uyushtirishni
davr taqazo etadi.
O‘zbekistonning sayr-sayohatlarga boy bo‘lgan maskanlari
deyarli barcha viloyatlarda mavjud. Bulardan Farg‘ona,
Andijon, Namangan shaharlari va shu kabi kichik shaharlarda
(Qo‘qon, Marg‘ilon, Asaka, Chust, Pop va hokazo) ham tarixiy
yodgorliklar juda ko‘p.
Farg‘ona vodiysida Al Farg‘oniy, Boborahim Mashrab,
Muhammad Bobur, kabi ulug‘ allomalar, davlat arboblari,
san’atkorlarning hayoti bilan bog‘liq ziyoratgoh joylar juda
ko‘p. Ularni faqat mahalliy xalqgina emas, balki Respublikaning
boshqa hududlaridagi o‘quvchi-yoshlar, talabalar, mehnatkashlar
ham sayr qilib, tomosha qilsalar arziydi.
Ohangaron, Olmaliq, Bekobod (Toshkent viloyati), Sirdaryo,
Guliston, Yangiyer (Sirdaryo viloyati), Zomin, Bo‘ston, Paxtakor,
Jizzax, Forish, Baxmal (Jizzax viloyati), Jomboy, Chelak,
Qo‘shrobod, (Samarqand viloyati), Xatirchi Navoiy, Uchquduq,
Zarafshon (Navoiy viloyati), Qiziltepa, Qorako‘l, Kogon
(Buxoro viloyati), Kitob, Shahrisabz, Qarshi (Qashqadaryo
viloyati), Denov, Termiz, Jarqo‘rg‘on (Surxandaryo viloyati)
va bu kabi juda ko‘p kichik shaharlar, qo‘rg‘onlar ham ba’zi
bir tarixiy yodgorliklar, zamonaviy xotirlash maskanlari hamda
obidalarga ega. Bunday maskanlarga ham aholining sayr-
sayohatlarini tashkil qilish, ularni ommaviy axborot vositalari,
teleradiolarda keng targ‘ibot qilish lozim. Buning negizida
yoshlar va mehnatkash ommani ma’naviy jihatdan tarbiyalash,
37
ona Vatanga sadoqat his-tuyg‘ularini mustahkamlash, o‘tmish
tariximizni o‘rganish bilan avlod-ajdodlarimizga tasannolar
bildirish kabi ezgu-niyatlar mavjud bo‘ladi.
Xulosa qilib aytganda yurtimizning har bir burchagi, bir
qarich yeri aziz va mo‘tabardir. Ularni ko‘rish, o‘rganish va
e’zozlash sayr-sayohatlarning muhim qismidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |