334
Sevimli ish bilan shug’ullanish va o’xshash fikrlovchi kishilar bilan hamsuhbat
bo’lish har qanday kasallikni davolaydi hamda kayfiyatni ko’taradi.
Muloqot qiling!
Do’stlaringiz, qarindoshlaringiz va o’zingiz xush ko’rgan insonlar bilan muloqot
qiling. Faqat ular bilan suhbatlashganda tushkunlikka olib keluvchi mavzulardan
qoching
.
O’yin-kulgu qiling va hayotdan zavq olib yashang! Har bir insonning
hayotdan zavq olib yashashi uning o’ziga bog’liq. Shunday ekan, ortiqcha qayg’uga
berilmay, hayotingizdagi har bir voqeadan foydali xulosa chiqaring.
O’zingizga yoqqan narsalarni xarid qiling!
Anchadan beri sotib olishni istayotgan buyumlaringizni sotib olsangiz,
kayfiyatingiz ko’tarilishi shubhasiz.
Sport bilan shug’ullaning! Zero, sog’lom tanda - sog’ aql, depressiya va boshqa
ruhiy xastaliklarga esa bu erda o’rin yo’q.