1. Yordam topishga ko’maklashing
Bemorga ehtiyotkorlik bilan professional yordam taklif qiling. Muayyan
vazifalarni o’z zimmangizga olganingiz yaxshi: shifokorlarning manzili va telefon
raqamlarini toping, mutaxassisning huzuriga kirganda beriladigan savollar ro’yxatini
tuzib oling va h.k.
2. Ma’lumotlar bilan bo’lishing
Do’stingizni o’z holi uchun aybdorlik yoki uyat hissi qiynayotgan bo’lsa, unga
depressiyaning astma yoki diabet kabi kasallik ekanini tushuntiring. Bu zaiflik yoki
xulq-atvorga xos xislat emas, insonning o’zidan-o’zi sog’ayib qolishini kutish -
singan qo’lni o’zi to’g’irlashdek gap.
Depressiya haqidagi ma’lumotlarni toping - u haqida qancha ko’p bilsangiz,
do’stingizning qay ahvoldaligini shuncha yaxshi tushunasiz va uni qo’llab-
quvvatlaysiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |