1. Odamlarni tinglashni biling
Befoyda suhbatlarda imkoni boricha kamroq ishtirok etishga harakat
qiling va ularning tashabbuskori ham bo’lmang, biroq ishga doir
muloqotlarda aksincha ko’proq ishtirok eting. Ishoning, jim turganingizda
va aytilganlar haqida mulohaza qilayotgan vaqtingizda aqlliroq ko’rinasiz.
Diqqat bilan tinglashni bilish kerak, buni ob’ektiv ravishda amalga
oshirishga harakat qilish va suhbatdoshingiz sizga etkazmoqchi bo’lgan
masala va uning sababini anglash lozim. Zarur bo’lganidagina gapirishga
o’rganing. Suhbat paytida esa sizga qiziqarli hikoyani so’zlab
berishayotgandek quloq soling.
Do'stlaringiz bilan baham: |