459
*
el-ulusining haq-huquqi teng ta’minlangan holda kishilarni xizmatga
tayinlashda shaxsning salohiyati va imkoniyatlaridan kelib chiqish.
Adolatning uchinchi talabi:
*
barchaning teng farovonligini himoya qilish bilan birga bu farovonlikni
yuzaga keltirishdagi xizmati va huquqiga qarab har bir inson o‘z ulushini olishga
imkon yaratishdan iborat.
Bu kabi davr va hayot tajribasida tasdiqlangan fikrlar oradan sakkiz asr chamasi
o‘tib, Prezident Islom Karimovning rahbarlik faoliyatida o‘ziga xos tarzda ifoda
topmoqda. Bunga ishonch hosil qilmoq uchun yurtboshimizning ma’ruzalaridan
biridagi ushbu nuqtaga diqqat qilaylik:
“Davlat jamiyatning keskin tabaqalanishiga-oshib-toshib ketgan boylaru
kambag‘al qashshoqlarga bo‘linib ketishga yo‘l qo‘ymasligi kerak”.
Bundan shu xulosa kelib chiqadiki, har turli qing‘ir yo‘llar bilan haddan
tashqari boylik orttirib o‘zini qo‘yarga joy topolmay, “ to‘qliqqa sho‘xlik”
qiladigan kimsalarning jilovini tortib qo‘yish bilan birga, halol menat kishilariga
imkoniyat yaratib berish, ularni qo‘llab quvvatlash, zurur bo‘lsa, rag‘batlantirib
borish davlat siyosatining muhim yo‘nalishlariga aylangan.
Adolatning ikkinchi talabi sifatida Prezident jamiyat taraqqiyoti va uning
siyosiy muhitini belgilashda rahbar kadrlarni tanlash va ularni joy-joyiga qo‘yishga
katta ahamiyat beradi va bu masalaga hal qiluvchi ma’naviy-siyosiy omil, tub
islohatlarning tayanchi va bosh yo‘naltiruvchi kuchi, deb qaraydi:
“Xalqning dardiga befarq qaraydigan, o‘z manfaatidan boshqa narsani
o‘ylamaydigan, xudbin va ta’magir rahbarlar mamlakatimiz ravnaqiga, xalqimiz
farovonligiga to‘siq bo‘lmoqda. Endi ular bilan murosa qilib bo‘lmaydi. Bizga
shunday rahbarlar kerakki, toki ular elim deb, yurtim deb quyib-yonib, o‘z
halovatlaridan kechib mehnat qilsinlar!
Barcha bo‘g‘inlarda insofli, diyonatli, bilimdon, tajribali rahbarlar boshchilik
qilmas ekan, mustaqil mamlakatimizning obro‘si, uning manfaati uchun mardlik,
jonkuyarlik bilan ishlmas ekan ishlarimiz ko‘ngildagidek bo‘lmaydi”.
Adolatli jamiyatda xalqning ertangi kunga ishonchi va bunyodkorlik ishiga
rag‘bati kuchli bo‘ladi. Shuning uchun ham Prezidentimiz:
“Biz shunchaki demokratik davlat emas, balki adolatparvar demokratik davlat
qurishga itilayapmiz. Adolatga intilish- xalqimiz ma’naviy-ruhiy dunyosiga xos eng
muhim nususiyat. Adolatparvarlik g‘oyasi butun iqtisodiy va ijimoiy munosabatlar
tizimiga singib ketishi, ijtimoiy ko‘maklashuv mexnaizmida o‘z aksini topishi
kerak”, degan masalani dolzarb vazifa qilib qo‘ydi.
Do'stlaringiz bilan baham: