Norasmiy guruhlar – bu maqsadga erishish uchun shakllangan tarqoq
odamlar guruhidir.
Bunday guruhlardagi munosabatlar shaxsiy xususiyatlar (hulq-atvor) orqali
ko‘riladi. Guruh a’zolarini qarashlar, qiziqishlar va havaslar umumiyligi birlashtiradi.
Norasmiy guruhlar har bir tashkilotda bo‘ladi. Ular rasmiy tashkilotga o‘zining
ta’sirini o‘tkazishi mumkin. Qachonki ko‘pgina kishilar norasmiy guruhga a’zo
bo‘lsa, ularni kuchi ko‘payadi. Inoqlik, rasmiy munosabatlar va iqtidorni rasmiy
tashkilotlarga umuman aloqasi bo‘lmasada ularning rasmiy tashkilot ichki muhitga
ta’siri sezilarlidir. Agar ancha miqdordagi odamlar harakati namoyon bo‘lsa u holda
norasmiy hokimiyatchilik roli kuchayib boradi. Ushbu hokimiyatni suiste’mol qilish
va undan foydalanish norasmiy munosabatlarda ayon bo‘ladi (buni “sirli” telegraf
deb ham ataydilar). Hech qaysi axborot norasmiy tarzdagidek tez tarqalmaydi. Ana
shu usul yordamida norasmiy guruh o‘z maqsadini oshira oladi (buni norasmiy
kommunikatsiya deb yuritiladi).
Norasmiy guruh foydalanadigan boshqa usul bu harakatlana olish yoki
harakatlana olmaslik bo‘lib hisoblanadi. Boshqaruv amaliyotida tashkilotlar to‘liq
huquqqa ega bo‘lmagan menejment yordamida “tiz cho‘ktirilgani”ga qator misollar
mavjud (bunga kasaba uyushmasiruxsati bilan amalgam oshiriladigan namoyishlar
hisobga olinmaydi).
Huquqqa ega bo‘lmagan holatdagi guruhlar – insonlarga salbiy ta’sir o‘tkazishi
mumkin. Shu bilan birga norasmiy guruhlar o‘ta zukkolik harakteriga ega bo‘lsa
ayrim tashkilotlar inqirozdan qutilib ham qolishi mumkin. Buning mazmuni shundan
iboratki, norasmiy guruh tashkilot rivojlanishini olg‘a yoki orqaga sudrashi mumkin.
Menejerning vazifasi shundan iboratki ushbu guruhlar ta’sirini kamaytirish
qobiliyatiga ega bo‘lishi va ular kuchini yahshi tomonga yo‘naltirishi kerak.
Norasmiy guruh faoliyati menejer tomonidan nazorat etilishi mumkin. Buning uchun
menejer norasmiy guruh maqsadlarini to‘liq bilib olishi kerak. Menejerda norasmiy
guruh haqida asosli sabablar, asoslar paydo bo‘lsa shundagina unda o‘zini tutish
strategiyasini ishlab chiqish imkoni tug‘iladi.
Menejer shu narsani anglashi kerakki, norasmiy tashkilotlar inson
psixologiyasining quyidagi asosiy tamoyillari asosida paydo bo‘ladi: ular shu vaqtda
paydo bo‘ladiki, qachonki insonlarning bir-biri bilan o‘zaro muloqoti kuchayib ketsa.
Ular faoliyatining asosini kichik guruhlar kontsepsiyasi tashkilo etadi. O‘zaro
munosabat xis-tuyg‘uni paydo qiladi, xis-tuyg‘udan esa konsensus tug‘iladi.
Norasmiy tashkilotning asosini insonlararo munosabat tashkiol etadi.
Shunday qilib insonlarning norasmiy tashkiloti Siz uchun va Sizga qarshi
ishlashi mumkin. Qanday qilib bunday tashkilotni Siz uchun ishlaydigan qilish
mumkin?
Birinchidan, menejer norasmiy tashkilot mavjud ekanligini tan olishi kerak.
Ikkinchidan, norasmiy tashkilot menejerga yordamchi bo‘lishi uchun qanday
bahoga ega ekanligini tushunishga intilishi kerak.
Uchinchidan, norasmiy tashkilotchilarni aniqlash va ularni boshqara bilish
kerak.
To‘rtinchidan rasmiy va norasmiy tashkilotlar maqsadlarini birlashtirish kerak.
422
Beshinchidan, menejer qanday faoliyat ko‘rsatishidan qat’iy nazar norasmiy
tashkilot mavjudligini yodda tutishi kerak.
Odamlarni norasmiy tashkilotga qo‘shilishlari sababini quyidagicha izohlash
mumkin:
1) qaramlilik xis-tuyg‘usi. Qaramlilik xis-tuyg‘usiga bo‘lgan ehtiyojni
qoniqtirish – bu bizning eng kuchli xis-tuyg‘uga bo‘lgan ehtiyojdir. ko‘pchilik rasmiy
tashkilotlar insonlarni ongli tarzda ijtimoiy aloqalardan mahrum etadilar, shu tariqa
ishchilar ushbu aloqalarni amalgam oshirish uchun norasmiy tashkilotlarga murojaat
etadilar;
2) o‘zaro yordam. Tabiiyki, o‘zining rasmiy rahbariga murojaat etishi mumkin.
Biroq, ayrimlar rahbar uning haqida yomon fikrda deb o‘ylasa (bu erda rahbarga
“rahbarga muammo tug‘dirma” degan tamoyil ishga tushadi), boshqalar tanqiddan
qo‘rqadi va boshqalar. U yoki bu holatda ham odamlar o‘z jamoa a’zolariga
yordamga borishni afzal ko‘rishadi;
3) himoya. Odamlar azaldan kuch birlikda ekanligini bilashadi. Shu sababli
norasmiy tashkilotga a’zo bo‘lish himoya nuqtai nazardan tabiiy hal bo‘lib
hisoblanadi;
4) muloqot. Odamlar o‘z atrofida nima bo‘layotganini bilgisi keladi. ko‘pshilik
rasmiy tashkilotlarda ichki munosabat tizimi oqsagan bo‘ladi, ayrim vaqtda
rahbariyat ongli tarzda o‘z qo‘l ostida ishlovchilardan ayrim axborotlarni berkitishadi
shuning uchun axborotni norasmiy tarzda (turli xil shov-shuvlar asosida) olish uchun
norasmiy tashkilot yagona manba bo‘lib qoladi;
5) iliq munosabat. Odamlar ko‘pincha o‘zlariga iliq munosabatda bo‘lgan
norasmiy guruhlarga qo‘shilib ketadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |