5.2. Rasmiy va norasmiy tashkilotlar
Har bir mehnat jamoasida rasmiy munosabatlar bilan bir qatorda norasmiy
munosabatlar mavjud bo‘ladi.
Agar rasmiy munosabatlar buyruqlar, farmonlar orqali belgilansa, norasmiy
munosabatlar esa hech kim va hech narsa orqali belgilanmaydi. Shuning uchun ham
boshqaruv jarayoni funksional rasmiy tashkilot yaratilishiga olib keldi. Lekin shuni
bilish kerakki har qanday rasmiy tashkilot ichida norasmiy tashkilotlar ham mavjud,
ular tashkilotlar siyosatga o‘z ta’sirini o‘tkazishi mumkin. Har bir mehnat
jamoasining a’zosi bir vaqtning o‘zida ko‘pgina guruhlarga tegishli bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |