Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


Vaziyatni tahlil qilish va muammoni aniqlashda ko‘p omillarga e’tibor qaratish



Download 6,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/481
Sana17.08.2021
Hajmi6,17 Mb.
#149911
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   481
Bog'liq
Menejment uzb

Vaziyatni tahlil qilish va muammoni aniqlashda ko‘p omillarga e’tibor qaratish 

kerak. Chunki, qarorni ishlab chiqish jara¸ni vaziyatni tahlil qilish va vazifani aniqlab 

olishdan  boshlanadi.  Vaziyatni  tahlil  qilish  quyidagilarni  amalga  oshirishni  talab 

qiladi: 

*tahlil  qilina¸tgan  ob’ekt  holatinib  uning  sifat  jihatlarini,  resurslar  bilan 

ta’minlanganligini tahlil qilish; 

*mazkur  ob’ekt  samaradorligini  jaxonning  eng  yuqori  samaraga  ega  bo‘lgan  mos 

ob’ekt bilan taqqoslash; 

*taqqoslana¸tgan ob’ektlar ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi tafovutlar sababini aniqlash; 

*adabi¸tlar  manbaini,  ilmiy  tadqiqot  ishlari  bo‘yicha    hisobotlarni,  patent  fondi, 

iste’molchilar imkoniyatlari va davolarini taqlil qilish; 

*ishlab  chiqaruvchi  va  iste’molchilardagi  ishlab  chiqarishning  tashkiliy-texnik 

darajasini tahlil qilish; 

*mazkur ob’ektning taraqqi¸t yo‘nalishini shakllantirish va x.k. 

Boshqarish jara¸ni xamisha biron-bir masalani xal qilishdir, chunki tashkiliy jara¸nlar 

buzilishi tufayli belgilangan parametrlardan og‘ish sodir bo‘ladi, yangi tashkiliy jara¸nlarga 

zaruriyat  tug‘iladi,  natijada  ishlab  chiqarish  sharoitlari  o‘zgaradi.  Binobarin,  birinchi 

navbatda ishlab chiqarish oldida kanday muammo paydo bo‘lganligini bilish, uni umumiy 

tahlil qilish va xal etish zaruriyatini aniqlash kerak. 

Qaror qabul qilish zaruriyati va taxdid qilina¸tgan ob’ektdagi aniq vaziyat aniqlangach 

turli yo‘llar bilan erishiladigan qaror maqsadida shakllantiriladi va uning echimi bo‘yicha  

vazifalar  belgilanadi.  Qaror  maqsadi  yuqori  organ  tomonidan  ko‘rsatib  berilishi  ¸ki 

mamlakatda yuzaga kelgan vaziyatga belgilanishi mumkin. Masalan, respublikamiz uchun 

g‘alla etishtirishni keskin ko‘paytirish va bir qator muloxazalarga ko‘ra, donni etishtirishga 

eng  yaxshi  moslashadigan  tumanlar  aniqlanadi.  Vazirlik  ularning  ixtisoslashuvini 

o‘zgartirish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va buning uchun u tumanlarni don etishtirishga 

ko‘chirish rejasini ishlab chiqadi. Tuman rahbarlari topshiriq olgach, qaror ishlab chiqishga 

xar tomonlama tay¸rgarlik ko‘radi. 

Bu erda asosiy maqsad va vazifa xalq xo‘jaligiga zarur don mahsulotini etishtirishdir. 

Shunday qilib muammoni aniqlash quyidagi tadbirlarni o‘z ichiga oladi.  

Mezonlarni  tanlash  vazifalarning  xar  xil  variantlarini  muxokama  qilish,  ularning 

kuchli va zaif tomonlarini aniklashdan boshlanadi. Bu masalani xal qilishda taklif qilingan  

variantlarni  Iqtisodiy  tax,lil  qilish  muxim  ahamiyatga  ega.  Berilgan  variantlarni  echishda 

matematik, grafik, mantikiy va boshqa usullar qo‘llaniladi. 



410 

 

Tanlab olingan variantning muvofiqligi va afzalligi iqtisodiy, ijtimoiy, si¸siy, texnik va 



boshqa  mezonlarni  bo‘yicha    umumiy  tarzda  baholanadi.  Eng  kulay  qarorlarni  ishlab 

chiqish  ko‘p  jihatdan  omilkor  kishilarning  va  ayniqsa  kelgusida  shu  qarorni 

bajaruvchilarning fikri nakadar to‘la hisobga olinganligiga bog‘liq. 

Mezonlar tanlab bo‘lingach endi anik omillar va sharoitlarni tanlashga o‘tiladi. Zero, 

ishlab chiqarish natijalari va maqsadning amalga oshuvi shularga bog‘lik bo‘ladi. Bularga 

yana resurslar (moddiy, moliyaviy, mehnat), texnika va texnologiya, topshirikni bajarishga 

ketadigan vaqt, xom-ash¸ etkazib beruvchilar, o‘zaro aloqalar va xakozalar kiradi. 

Mezonlar aniqlanib bo‘lingach qaror tay¸rlashning navbatdagi bosqichiga o‘tiladi. Bu 

bosqichda quyilgan vazifani bajarish modeli ishlab chiqiladi. 

Model - bu botsshcharish oldida turgan   vazifani   xal   etish sxemasidir. 

Model  oddiy  ¸ki  programmalashni  talab  qiluvchi  murakkab  bo‘lishi  mumkin. 

Murakkab qarorlarni qabul qilishda matumatik ¸ki statistik modellardan foydalaniladi. Bu 

modellar muammolarni miqdor jihatdan tavsiflaydi va optimal variantli boshqarish qarorini 

qabul qilish uchun asos xizmatini o‘taydi. 

Modellashtiroish quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: 

tahlil qilinadigan muammolar tarkibiy qismlarga bo‘linadi, omillar aniqlanadi; 

Tanlab  olingan  omillarning  o‘zaro  aloqasi  aniqlanadi,  o‘zaro  ta’siri  baholanadi, 

vazifani xal etish modeli belgilanadi; 

*tadbirlar majmuasi ishlab chiqiladi; 

*qarorlar variantlarning samaradorligi ularni amalga oshirish yo‘llari aniqlanadi. 

Bularni quyidagi sxemada ifodalash mumkin: 

Qaror modeli ishlab chiqish 

Qarorni modellash 

Model mak, bo‘lligini baholash 

Algoritm tuzish 

Dastur tuzish 

Qarorlarni  tanlash  va  ularni  uzil-kesi  qabo‘l  qilish  rahbarlar  tomonidan  amalga 

oshiriladi.  Bunda  rahbar  qarorni  yakkaboshchilik  asosida  qabo‘l  qilishi  mumkin.  Odatda 

yakkaboshchilik ko’pchilik fikri bilan kushib olib boriladi, ya’ni: 

*tanlangan qaror variantini tegishli tashkilotlar bilan kelishib olinadi; 

*qaror uzil-kesil qabo‘l qilinadi va Hujjat (buyruk, farmoyish berish, rejani tasdiklash 

va x. k.lar) bilan rasmiylashtiriladi; 

*qaror aniq ijro etuvchi shaxslarga etkaziladi. Xar bir qarorni qabo‘l qilishda  rahbar 

boshqaruv mutaxasssislari tavsiya etgan quyidagi Yuta tamoyilga amal qilsa foydadan xoli 

bo‘lmas edi: 

Tafsilotlarni bilib olishdan oldin muammoni to‘laligicha tasavvur qil. 

Extimol tutilgan hamma variantlarni ko‘rib chiqmaguncha qadar qaror qabul qilish. 

Xatto  hamma  tan  olgan  xaqiqatlarga  xam  shubxa  bilan  qara,  ularni  rad  etishdan 

qo‘rqma. 

Muvaffaqiyat  juda  oz  bo‘lib  ko‘ringanda  xam  oldinda  turgan  muammoga  turli  xil 

nuqtai nazarlardan qarashga intiladi. 

Xal  qilinadigan  muammoning  mohiyatini  yaxshiroq  tushunib  olishga  o‘xshashlikni 

izla. 



411 

 

Xaqiqatga yaxshilashish uchun imkoni boricha ko‘proq savollar ber. 



Xa¸lingga kelgan birinchi qaror bilan kanoatlanib qolma. 

Uzil-kesil qaror qabul qilishdan oldin o‘z muammolarning xaqida biron bir kishi bilan 

gaplashib ko‘r. 

O‘z sezgi va xayajoningga e’tibor bilan qara. 

Xar  bir  kishi  xa¸tga  va  xar  kuni  paydo  bo‘lib  turadigan  muammolarga  o‘z  nuqtai 

nazaridan qarashini unutma. 

Imkoni boricha kamrok farmoyish berish kerak. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, farmoyish 

qanchalik ko‘p bo‘lsa, uni bajarish va ijrosini nazorat qilish shunchalik qiyin bo‘ladi. Bir 

vaqtda bir necha farmoyish berish tavsiya etilmaydi. Topshiriklarni xar xil vaqtda bajarilish 

izchilligiga qarab berish maqsadga muvofikdir. 




Download 6,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   481




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish