Dori shakllarini yuborish yo‘llariga tasniflanashi. Ular ikki guruhga
bo‘linadi: enteral (ovqat hazm qilish tizimi oraqali) va parenteral (ovqat hazm
qilish tizimini chetlab o‘tib).
Enteral yuborishni turlari:
1. Og‘iz orqali - peroral
2. Til ostiga - sublingval
3. To‘g‘ri ichakka - rektal
Parenteral yuborish turlari:
1. Teriga (tashqi maqsadlar uchun mo‘ljallangan xantal qog‘ozi, har xil
sepmalar, surtmalar va boshq.).
2. Oson yuborish mumkin bo‘lgan shilliq qavatlarga (ko‘z, quloq, burun va
qin ichiga).
40
3. In’eksion (maxsus shpritslar orqali organizmni jarohatlanishi hisobiga
dori moddasini organizmga yuborish).
4. Ingalyasion (bevosita nafas yo‘llari orqali dori moddalarini yuborish).