Draje (dragae)
DRAJELAR-ichish uchun mo’ljallangan, dozalangan, qattiq dori shakli
bo‘lib, obakilash qozonida mayda granula (shakar) ustiga yordamchi moddalar
bilan ta’sir etuvchi modda aralashmasini qayta-qayta qoplash bilan olinadi.
Drajelarning afzalliklari:
1. Dori moddasining yoqimsiz hidi va mazasini niqoblash mumkin.
2. Dori moddasining oshqozonni qitiqlaydigan ta’sirini kamaytirish mumkin.
3.Dori moddasini tashqi muhitning nojo‘ya (namlik, yorug‘lik) ta’sirlaridan
saqlash mumkin.
4. Bu dori shakliga estetik chiroy berish mumkin.
5. Draje dori shakliga bir nechta dori moddalarni kiritish mumkin (M: undevit)
Do'stlaringiz bilan baham: |