Yig‘malarning afzalliklari
44
1. Biologik faol moddalarining tabiyligi (tabiy moddalarning organizmga nojo‘ya
ta’siri kam)
2.Ishlab chiqirish oson
3.Yig‘malar arzon dori preparatlaridir
Yig‘malarning kamchiliklari
1. Yig‘malar tugallanmagan dori shaklidir ya’ni bemor yig‘madan o‘zi damlama,
qaynatma, chayish uchun eritma tayyorlaydi
2.Dozalanishi aniq emas ya’ni bemor uni o‘zi dozalaydi
3. Ishlab chiqarishda atrofni changlatadi
Kukunlar va yig‘malar eng qadimgi dori turlaridan biri bo‘lib, tibbiyot amaliyotida
2500-3000 yil e.o. davrlarda qadimgi Misr papiruslarida, arab va grek
adabiyotlaridan ishlatilganligi ma’lum.
A.Sala chet ellik olim tibbiyotga «Jaxannam toshi» (kumush nitrat) kukunini
kiritib uni so‘gallarga, toshmalarga ishlatgan.
Paratselьs tibbiyotga «yong‘inli mыshьyak» (arsenat kaliy) kukunini kiritgan.
Uning kichik dozalari odamlarni tetiklashtirgan, organizmning kasalliklarga
chidamliligi kuzatilgan, ovqat bilan aralashtirilgan mыshyak otlarga berilganda
ularning og‘ir ishga bo‘lgan qobiliyati oshgan, terisining sog‘lom bo‘lishi
kuzatilgan.
Dover kukuni (opiy va ipekakuana o‘simligi), vrach Dover tomonidan tibbiyotga
kiritilgan, bo‘lib u yo‘tal qoldiruvchi, tinchlantiruvchi vosita sifatida ishlatilgan.
Alьgorat kukuni (surьma xloridi) italiyalik vrach Vittorio Alьgarotto tomonidan
tibbiyotga kiritilgan bo‘lib, uni qayd qildiruvchi vosita sifatida ishlatgan.
Qadimgi gretsiyada surьma (III)oksidi teri kassaliklariga qarshi ishlatilgan, o‘rta
asrlarda prokaza, zaxm, yurak kassaliklarida ishlatilgan.
Van Minzaxt «Qayd qildiruvchi kukun»ni surьmani vino kislotasiga ta’sir ettirib
olgan. Uni qayd qildirish uchun va parazitlarga qarshi vosita sifatida ishlatishgan.
Ispaniyalik iezuit missioneri
Bernabe Kobo
birinchi bo‘lib, xin daraxti po‘stlog‘ini
1632 yilda Evropaga olib kirgan va uning shifobaxsh xususiyatlarini yozib
qoldirgan.
Xin daraxti o‘z nomini 1638 yilda Peru qirolichasi Xinxonni og‘ir malyariya
kassaligidan davolagandan so‘ng olgan.
iezuit missionerlari Innokentiy X tomonidan kardinal
Xuan de Lugo
ga xin daraxti
po‘slog‘i xaqida barcha ma’lumotlarni to‘plash buyrug‘i beriladi. Rimda va boshqa
mamlakatlarda Xin daraxti po‘stlog‘ining tarqalishiga iezuitlar asos solganlari
uchun unga “iezuit kukuni” nomi berilgan.
Segnet kukuni – kaliy va natriy tartarati NaKC
4
H
4
O
6
·4H
2
O
Eli Senьet fransiyalik dorishunos tomonidan 1672 yilda olingan bo‘lib, u
tibbiyotda engil surgi dori sifatida ishlatilgan.
Kukunlarni sanoat miqiyosida ishlab chiqarilishini rivojlanishiga – 1880 yilda
Filadelьfiyalik tegirmonchi Gagner asos solgan bo‘lib, u birinchi marta maxalliy
dorishunos vrachlarning qiyin maydalanadigan kukunlarini ko‘p miqdorda olib,
ularni o‘z tegirmonida maydalab, qaytargan.
Granula
45
Donadorlash lotincha "granula", "donacha" so‘zidan olingan bo‘lib,
tabletka tayyorlash jarayonida taxtakachlashni osonlashtirish uchun massaning
hampadan bir me’yorida qolipga tushib turishini ta’minlash va sifatli tabletka olish
uchun qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |