38
1. Kimyoviy moddalar. Bu turdagi dori moddalari tabiati bo‘yicha
individual kimyoviy dori moddalar bo‘lib, kelib chiqishi jihatidan tabiiy xom
ashyolarni sintez qilish yoki tozalash orqali olinadi (natriy xlorid, natriy sulfat,
kumush nitrat, xlorid va sulfat kislotalari, natriy gidrokarbonat, kaliypermanganat,
natriy tiosulfat va boshq.);
2. Kimyo-farmatsevtik dori moddalari. Bular tabiati jihatidan kimyoviy
individual moddalar bo‘lib, murakkab sintez qilish yo‘llari orqali olinadi. Masalan,
sulfanilamidlar (streptotsid, norsulfazol), silga qarshi ishlatiladigan dori moddalari
(ftivazid), uxlatuvchi va og‘riq qoldiruvchi dori moddalari, bezgakka qarshi
ishlatiladigan dori moddalari (bigumal) va boshq. SHuningdek bu guruhga
biologik faol moddalar kelib chiqishi bo‘yicha o‘simlik va hayvonlardan toza
holda olinadigan moddalar ham kiradi. Masalan, alkaloidlar va glikozidlar
shuningdek, alohida guruh sifatida yana turli radiaktiv izotoplarni (radiaktiv yod)
ham keltirish mumkin.
3. Antibiotiklar. Ular turli xil mikroorganizmlar hayot faoliyati natijasida
hosil bo‘ladigan mahsulotlar hisoblanib, mikroorganizmlarni ozuqa muhitida
o‘stirish orqali, biologik sintez qilish yo‘li bilan olinadi. Masalan
mikroorganizmlardan olingan penitsillin, streptomitsin, biomitsin, gramitsidin va
boshq. Sintetik yo‘l bilan olingan antibiotiklar metitsillin, oksatsillin, shuningdek
keng ta’sir doirasiga ega bo‘lgan antibiotiklar sefalosporin guruhiga mansub
bo‘lgan antibiotiklar hisobalanadi.
4. Vitamilar. Bularga individual sintetik kimyoviy moddalar (askorbin
kislotasi, tiamin, nikotin kislotasi, sianokobolamin va boshq.) hamda murakab
tuzilishli kompleks moddalar (konsentratlar, ekstraktlar va qiyomlar) kiradi.
5. Organopreparatlar. Ular asosan hayvon organlaridan olinadigan moddalar
bo‘lib, asosan hayvon organlari to‘qimalari va suyuqliklaridan olinadi.
Organopreparatlar biologik modda sifatida tarkibida gormon tabiatli moddalarni
saqlovchi murakkab kompleks moddalar hisoblanadi. Ularning ba’zilarini toza
holda olish ikmoni mavjud (adrenalin), ba’zilarini esa sintetik yo‘l bilan olish
imkoniyati bor (jinsiy gormonlar). Organopreparatlarga shuningdek fermentlar
ham kiradi (pepsin).
6. Vaksina va zardoblar. Bular immunobiologik dori moddalari bo‘lib,
vaksina va zardob, immunologik, epidemiologik, mikrobiologik va gigiena
institutlari hamda sanitar-epidemiologik stansiyalari tomonidan ishlab chiqariladi.
7. Dorivor xom ashyolarni birlamchi qayta ishlash natijasida olinadigan
moddalar (o‘simlik va hayvonlardan olinadigan efir moylari, yog‘ va moy
mahsulotlari)
Do'stlaringiz bilan baham: