Shajara tuzish (geneologik) metodidan odamning normal va kasallik
belgi-xususiyatlarining sabablarini o‘rganish maqsadida mumkin qadar
ko‘proq avlodlarining nasl-nasabi haqida ma’lumot to‘plash, tahlil qilishda
foydalaniladi. Mazkur metod yordamida insonning ko‘pgina belgilari,
jumladan, gen kasalliklarining nasldan naslga o‘tish qonuniyatlarini aniqlash
mumkin bo‘ladi. Shajara tuzish (geneologik) metodi yordamida odamdagi
qobiliyat, iste’dod va boshqa fazilatlarning rivojlanishi irsiy omillarga bog‘liq
ekanligi geneologik usul bilan aniqlangan. Masalan, musiqa, matematikaga
bo‘lgan iste’dod va qobiliyatlar. Shajara tuzishda o‘ziga xos ramziy belgilardan
foydalaniladi (59-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |