SHunday bo`lsada, falsafiy tosh tayyorlash sirini oshkor etmagani uchun
mahbuslikdan keyin papa Klement IV yordamida ozod qilinadi. 1278 yilda qayta
hibsga olinib, 14 yil bir kishilik kamerada o`tiradi. 1292 yilda ozodlikka chiqqan
80
Raymund Lulliy (1236-1315 yy.) ispaniyalik o`rta asr
alkimyogari va shifokori o`zining har taraflama chuqur bilimi
bilan “eng ma`rifatli ustoz” nomini olgan. U metallar
transmutatsiyasi va falsafiy tosh yaratish borasida amaliy ishlar
olib borganligi va inglizlarning qiroli eduard II uchun oltin
tayyorlab berganligini e`tirof etadi. U o`z asarlarini katalon, lotin va arab tillarida
yozgan
Kataloniyalik vrach va alkimyogar Arnol’do da Villanova
(1250-1313 yy.) ning “Vinolar haqida”, “Zaharlar”, “Taryok
dozalari” va “Filosoflar chamanzori” asarlari turli zaharlar va
o`simliklardan
tayyorlangan
dorivorlarni
o`rganish
va
tibbiyotda qo`llashga bag’ishlangan. SHu sababli, u bir muddat
Sitsiliyada va Frederik II saroyida hamda Avin’onda papa
Kliment V huzurida saroy hakimi vazifasini bajargan.
A.Villanova ham R. Lulliy kabi falsafiy tosh olish ustida ishlab, uning
retseptlarini yozib qoldirgan. Ammo olimlar uning o`ziga ham, asar-lariga ham
shubha bilan qarashgan va ishonishmagan. Evropa alkimyogarlari ta`limotida sirli,
jodu va afsunlar ham katta o`rin tutgan. Afsungar alkimyogarlar o`z fanlarining
vazifasini etti soni bilan belgilashgan:
1. Eliksir va falsafiy tosh (lapis philosophorum) olish;
2. Gommunkulus (insonga o`xshash jonzod) yaratish;
3. Alkagest – universal erituvchi tayyorlash;
4. Paligenez, kuldan yondirilgan o`simliklarni tiklash;
5. Afsungar substantsiya – dunyoviy ruh (spiritus mundi) olish, uning eng
asosiy xossalaridan biri oltinni eritish;
6. Kvintessentsiyani ajratib olish;
7. Davolash uchun mukammal vosita – suyuq oltin (aurum potabile, ya`ni
oltinning qizil kolloid eritmasini) tayyorlash.
81
Ko`zlangan maqsadlarga erishish uchun ularning oldiga osmon burjlari soni
bilan belgilangan 12 asosiy alkimyoviy amallarni bajara olish vazifasi qo`yilgan.
Alkimyogarlar planeta soni ettita bo`lgani uchun jadvalga sig’magan mish’yak va
surmani alohida metall sifatida tan olishmaydi, chunki ular uchun juftlik
planetalari yo`q degan mistik xulosaga kelishgan edi.
O`rta asr alkimyogarlarining eng sermahsul ishlagani XIV asrda yashab
o`tgan va ijod qilgan, ammo u o`z nomini yashirgan va asarlariga Jobir deb imzo
chekkan. Psevdo-Jobir bugungi kimyoning eng zarur birikmalaridan bo`lgan
sul’fat kislotasi, undan keyin nitrat kislotani tavsiflagan, ularni minerallardan olish
mumkinligini isbotlagan. Ilgari arab va yunon alkimyogarlari eng kuchli kislota
deb sirka kislotani hisoblashgan va uni hayvonot dunyosi yoki o`simliklardan
olishgan. Undan tashqari Psevdo Jobir laboratoriya jihozlari va kimyoviy
amallarni, oltindan kumushni va kumushdan qo`rg’oshinni ajratish yo`llarini
batafsil yozib qoldirgan.
Do'stlaringiz bilan baham: