6-Mavzu. O’zbekistonning jahon xo’jaligi tizimidagi o’rni.
1. O’zbekiston respublikasining tashkil topishi. Yangilanish va taraqqiyotning
o’zbek modeli
2. Demokratik jarayonlar va iqtisodiyotni isloh qilishning asosiy tamoyillari
3. O’zbekiston xalqaro tashkilotlarning teng xuquqli a’zosi
4. O’zbekistonning ma’muriy – hududiy bo’linishi
1. O’zbekiston respublikasining tashkil topishi. Yangilanish va taraqqiyotning
o’zbek modeli
O’zbekiston Respublikasi Osiyo qit’asining markazida, Sirdaryo va Amudaryo
oralig’ida joylashgan. Respublika territoriyasi- 448,9 ming kv.km. Aholisi 30,1 mln.
kishidan ziyod.
67
O’zbekiston shimoli - SHarqda Qirg’iziston, shimoli va shimoli - g’arbda
Qozog’iston, janubi-g’arbda Turkmaniston, janubi -SHarqda Tojikiston , janubda
kisman Afg’oniston bilan chegaradosh.
Qorako’l qo’ylari yoyilgan bepoyon cho’llar, paxta tolalari, gullagan bog’lar va
tokzorlarga boy yam-yashil voxalar, ularni kesib o’tgan ko’p kilometrli kanallar,
yarqiragan qorlar bilan qoplangan tog’ cho’qqilari, qadimiy nodir asoriy atiqalar,
zamonaviy yirik sanoat korxonalari, ko’plab gaz va neft minoralari hamda
gidroelektrostantsiyalar tizimi, yangi shahar va obod qishloqlar - bular hammasi
O’zbekistonnning mislsiz qiyofasini tashkil etadi.
O’zbekistonning geografik o’rni tashki aloqalar uchun nihoyatda qulay. Bu
yerdan qadimiy karvon yo’llari o’tgan. Mamlakatlar o’rtasidagi savdo va madaniy
aloqalarda o’zbek yeri azaldan ko’prik bo’lib xizmat kilgan, O’zbekiston hozir ham
o’zining mustakil energetika va suvlariga egaligidan mintaqadagi davlatlar o’rtasida
ko’p jixatdan bog’lovchi bo’g’in hisoblanadi. O’zbekiston muhim strategik xom
ashyo- paxta va undan qayta ishlangan mahsulotlarni eksporti bo’yicha butun
dunyoda yetakchi o’rinni egallaydi.
O’zbekiston o’z yer osti boyliklari bilan xakli suratda faxrlanadi. Bu yerda
mashxur Mendeleev davriy sistemasining deyarli barcha elementlari topilgan.
Hozirga qadar 2,7 mingdan ziyod turli foydali qazilma konlari va ma’dan namoyon
bo’lgan istiqbolli joylar aniqlangan . Ular 100 ga yaqin mineral xom ashyo turlarini
o’z ichiga oladi. SHundan 60 dan ortig’i ishlab chiqarishga jalb etilgan. 900 dan ortiq
kon qidirib topilgan bo’lib, ularning tasdiqlangan zahiralari 970 milliard AQSH
dollarini tashkil etadi. SHu bilan birga, umumiy mineral - xom ashyo potentsiali 3,5
trillion AQSH dollaridan ortiqrok baxolanayotganini ham aytib o’tish kerak.
G’oyat muhim strategik manbalar - neft va gaz kondensati, tabiiy gaz bo’yicha
155 ta istiqbolli kon, qimmatbaho metallar bo’yicha 40 dan ortiq, rangli, nodir va
radioaktiv metallar bo’yicha 40, konchilik- kimyo xom ashyosi bo’yicha 15 ta kon
qidirib topilgan .
Qidirib topilgan foydali qazilmalarning hozirgi darajasi va u bilan bog’liq holda
qimmatbaho, rangli va nodir metallar, barcha turdagi yoqilg’i zahiralari - neft va gaz
kondensati, tabiiy gaz, ko’pgina mineral xom ashyo va qurilish materiallari
xillarining g’oyat boy konlarini o’zlashtirish Respublikaning kelajagiga ishonch bilan
qarash imkonini beradi.
Har yili Respublika konlaridan taxminan 5,5 milliard dollarlik mikdorda foydali
qazilmalar olinmokda va ular yoniga 6,0-7,0 milliard dollarlik yangi zahiralar
qo’shilmokda.
Bir qator foydali qazilmalar, chunonchi, oltin, mis, uran, tabiiy gaz, volfram,
kaliy tuzlari, fosforitlar, kaolinlar bo’yicha O’zbekiston tasdiqlangan zahiralar va
istiqbolli rudalar jihatidan MDX dagina emas, balki butun dunyoda ham yetakchi
o’rinni egallaydi.
Masalan, oltin zahiralari bo’yicha Respublika dunyoda 4- o’rinda, uni qazib
olish bo’yicha 7- o’rinda, mis zahiralari bo’yicha 10-11-o’rinda, uran zahirasi
bo’yicha 7-8-o’rinda turadi.
Ko’pchilik mineral xom ashyoning tayyorlangan zahiralari mavjud tog’ - kon
sanoati komplekslarining uzoq muddat davomida ishlab turishini ta’minlabgina
68
qolmay, shu bilan birga qator strategik foydali qazilmalarni qazib olish quvvatlarini
oshirishga ham imkon beradi.
Hozirning o’zidayoq O’zbekiston iqtisodiyotida mineral xom ashyoni qazib
olish va qayta ishlash yetakchi o’rinlardan birini egallamokda. U sanoat va qishloq
xujalik ishlab chiqarishini rivojlantirishga katta ta’sir ko’rsatmoqda. Qidirib topilgan
zahiralar negizida 400 ga yaqin kon, shaxta, kar’er, neft-gaz konlari ishlab turibdi.
1991 yil 8 dekabrda Respublikaning birinchi konstituttsiyasi qabul qilindi.
Jadval №1.
Do'stlaringiz bilan baham: |