Наманган Мухандислик Педагогика Институти Касб таълими факультети



Download 2,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/161
Sana15.08.2021
Hajmi2,22 Mb.
#148248
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   161
Bog'liq
iqtisodiy geografiya va ekologiya

 
 
3.O’zbekiston xalqaro tashkilotlarning teng xuquqli  a’zosi 
 
O’zbekiston  jahon  hamjamiyatiga  qo’shilish,  xalqaro  tashkilotlar  bilan 
hamkorlik  qilish  yo’lidan bormoqda. 
1992  yil  29  yanvarda  BMT  Xavfsizlik  Kengashi  o’zining  737-qarorini  ovozga 
qo’ymasdan  qabul  qildi  va  Bosh  Assambleyaga  O’zbekiston  Respublikasini 
Birlashgan  Millatlar  Tashkilotiga  qabul qilishni  tavsiya  etdi. 
1992  yil  2  martda  Birlashgan  Millatlar  Tashkiloti  Bosh  Assambleyasining  46-
sessiyada  O’zbekiston  ovozga  qo’yilmasdan,  yakdillik  bilan  ma’qullash  asosida 
Birlashgan  Millatlar  Tashkilotiga  qabul qilindi. 
1992  yil  26  fevralda  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.Karimov  mustaqil 
davlat  nomidan  yevropada  xavfsizlik  va  hamkorlik  Tashkiloti  (EXHT)  ning  hujjatini 
imzoladi. 
1992  yil  sentyabrda  O’zbekiston  Parlamenti  eng  ko’xna  xalqaro  tashkilotlardan 
biri  - Parlamentlararo  ittifoqning  119-a’zosi bo’ldi. 


 
71 
1993  yil  yanvarda  O’zbekiston  Parlamenti  yevropada  xavfsizlik  va  hamkorlik 
Tashkiloti  (EXHT)  Parlament  Assambleyasining  a’zosi  bo’ldi.  Bu  xalqaro  tashkilot 
nafaqat  yevropada  balki  butun  dunyoda  davlatlararo  muammolarni  jamoa  bo’lib  hal 
etishda muhim  o’rin egallaydi. 
O’zbekiston  BMT  Nizomini,  xalqaro  huquqiy  me’yorlarni,  davlatlararo 
muomala  qoidalarini,  shuningdek,  BMT  tarkibiga  kiruvchi  xalqaro  tashkilotlarning 
talablariga  rioya  qilishini  bildirdi.  Mamlakatimiz  jahon  hamjamiyatining  to’la  teng 
huquqli  a’zosi bo’ldi. 
I.A.Karimov  BMT  Bosh  Assambleyasining  1993  yil  sentyabrida  bo’lgan  48-
sessiyasida  ishtirok  etdi  va  28  sentyabrda  nutq  so’zladi.  Jahon hamjamiyati e’tiborini 
O’zbekiston Respublikasi nomidan bir qator takliflarga  qaratdi: 
 
O’rta  Osiyoda  xavfsizlik,  barqarorlik  va  hamkorlik  masalalari  bo’yicha 
Toshkentda BMT ning  doimiy ishlovchi  seminarini  chaqirish; 
 
BMT  Xavfsizlik  Kengashi  ho’zurida  yuzaga  kelayotgan  xalqaro  mojarolarni 
tahlil  qilish  va istiqbolini  belgilash  bo’yicha maxsus guruh tashkil  qilish; 
 
O’rta Osiyo mintaqasini  yadrosiz zona deb e’lon qilish; 
 
O’rta  Osiyo  mintaqasida  kimyoviy  va  bakteriologik  qurolni  tarqatmaslik 
ustidan xalqaro nazorat o’rnatish; 
 
Narkobiznesga  qarshi kurashni  kuchaytirish; 
 
Orolni va Orol bo’yini qutqarish; 
1993 yil  fevralda  Toshkentda BMT ning  vakolatxonasi  ochildi. 
O’zbekiston  Respublikasi  va  BMT  rahbarlarining  sa’yi-harakatlari  natijasida 
BMT  ning  Toshkentdagi  vakolatxonasi  mamlakatimizda  BMT  ning  Taraqqiyot 
dasturi,  qochoqlar  ishi  bo’yicha  oliy  komissarligi,  Jahon  sog’liqni  saqlash  tashkiloti, 
Aholini  joylashtirish  jamg’armasi,  Narkotik  moddalarni  nazorat  qilish  dasturi,  Sanoat 
taraqqiyoti  dasturi,  Bolalar  jamg’armasi  singari  ixtisoslashgan  muassaslarni  o’z 
tarkibiga  olgan holda ishlay  boshladi. 
O’zbekistonning 
jahon 
hamjamiyati 
bilan 
integratsiyalashuvida 
BMT 
doriasidagi  ixtisoslashgan  tashkilotlar  bilan  hamkorlik  muhim  ahamiyatga  ega. 
1993  yil  29  oktyabrda  YuNESKOning  Parijdagi  qarorgohida  O’zbekistonni 
YuNESKOga 
a’zolikka  qabul  qilish  marosimi  bo’ldi.  Xiva  va  Buxoro 
YuNESKOning  jahon  madaniy  qadriyatlar  ro’yxatiga  kiritildi.  Bu  ro’yxatda  411  ta 
ob’ekt bor. 
1994  yil  dekabrda  respublikamizda  YuNESKO  ishlari  bo’yicha  O’zbekiston 
Respublikasi  milliy  komissiyasi  tashkil  etildi,  u  idoralararo  organ  bo’lib,  tarkibiga 
ta’lim,  fan,  madaniyat  va  axborot  sohasidagi  vazirliklar  va  idoralardan  49  kishi  a’zo 
bo’ldi. 
YuNESKO  O’rta  Osiyo  tarixini  o’rganish,  tiklash  va  ommalashtirishga  katta 
ahamiyat  bermoqda.  YuNESKO  qaroriga  binoan  Samarqandda  O’rta  Osiyoni tadqiq 
qilish  xalqaro instituti  tashkil  etildi. 
Xaqiqatan  ham,  O’zbekiston  suveren  davlat  sifatida  xalqaro  maydonda  birinchi 
qadamlarni  qo’ymoqda.  Dunyodagi  mamlakatlar  bilan  munosabatlar  to’la  ishonch 
asosida ikki  tomonlama  va ko’p tomonlama  aloqalarni  rivojlantirishdan  iboratdir. 
O’zbekiston  BMT  doirasidagi  ixtisoslashgan  muassasalar  -  Jahon  sog’liqni 
saqlash  tashkiloti,  BMTning  bolalar  fondi,  Xalqaro  pochta  ittifoqi,  elektr  aloqasi 


 
72 
bo’yicha  xalqaro  ittifoq,  Jahon  metereologiya  tashkiloti,  Xalqaro  Olimpiada 
qo’mitasi,  Xalqaro  avtomobilchilar  ittifoqi  va  boshqa  tashkilotlarning  a’zosi  bo’ldi, 
ular  bilan  hamkorlik  qilmoqda. 
O’zbekistonda  iqtisodiy  islohotlarni  amalga  oshirishga,  jahon  hamjamiyati  bilan 
integratsiyalashuviga  xalqaro  moliyaviy,  iqtisodiy  tashkilotlar  -  Xalqaro  valyuta 
fondi,  Jahon  banki,  Xalqaro  moliya  korporatsiyasi,  Yevropa  tiklanish  va  taraqqiyot 
banki  ham  ko’maklashmoqda.  Xalqaro  savdo  markazi  (YuNEKTAD),  tariflar  va 
savdo Bosh bitimi  (GATT) bilan  hamkorlik  qilinmoqda. 
O’zbekiston  1992  yil  26  fevralda  yevropada  xavfsizlik  va  hamkorlik  tashkiloti  - 
YeXHT  ga  a’zo  bo’ldi.  I.Karimovning  1992  yil  9-10  iyo’lda  bo’lgan  yevropada 
xavfsizlik  va  hamkorlik  tashkilotining  majlisida  ishtirok  etishi,  nutq  so’zlashi  va 
Kengashning  10  iyo’lda  bo’lgan  majlisida  raislik  qilishi  O’zbekistonning  jahon 
hamjamiyatida  munosib  o’rin  egallayotganligining  yorqin  dalilidir.  I.Karimov  o’z 
nutqida  u  yoki  bu  mintaqadagi  tinchlik  va  barqarorlikni  bo’zishi  mumkin  bo’lgan 
mojarolar  yaqinlashuvining  oldini  olish,  mojarolarga  yo’l  qo’ymaslik  muammolari 
bilan  shug’ullanuvchi  mexanizmni  vujudga  keltirish,  tashkilot  qabul  qilayotgan 
hujjatlarning  ta’sirchanligini  oshirish,  mojarolarning  oldini  olish,  yo’l  qo’ymaslik 
ruxida bo’lishini  ta’minlash  takliflarini  ilgari  surdi. 
EXHT  Toshkentda  va Urganchda atrof-muhitni qayta sog’lomlashtirish bo’yicha 
seminarlar  o’tkazdi.  Orol  muammosini  hal  qilishga  ko’maklashmoqda.  1995  yil 
iyo’lda  Toshkentda  YeXHTning  aloqalar  bo’yicha  mintaqaviy  byurosi  ochildi  va 
faoliyat  ko’rsatmoqda. 
O’zbekiston  ko’pgina  mintaqaviy  tashkilotlar,  chunonchi  Yevropa  Ittifoqi, 
NATO,  EKO,  Islom  konferentsiyasi  tashkiloti,  qo’shilmaslik  harakati  va  boshqalar 
bilan  samarali  hamkorlik  qilmoqda. 
1996  yil  iyo’l  oyida  Florentsiya  shahrida  Yevropa  Ittifoqi  bilan  O’zbekiston 
o’rtasida sherikchilik  va hamkorlik  to’g’risida bitim  imzolandi. 
Bu  hujjat  O’zbekiston,  Yevropa  Ittifoqi  va  unga  a’zo  bo’lgan  mamlakatlar 
o’rtasidagi  o’zaro  munosabatlarning  huquqiy  negizi  bo’lib,  siyosiy,  iqtisodiy,  ilmiy-
texnikaviy,  madaniy  aloqalar  uchun keng imkoniyatlar  ochdi. 
O’zbekiston  bilan  SHimoliy  Atlantika  shartnomasi  tashkilotlari  -  NATO 
o’rtasida  o’zaro  tushunish  va  hamkorlik  mavjud.  1995  yil  iyo’l  oyida  O’zbekiston 
NATOning  «TINCHLIK  YO’LIDA  HAMKORLIK»  dasturiga  qo’shildi.  «Tinchlik 
yo’lida  hamkorlik»  dasturi  tomonidan  1995  yilda  AQSHda,  1997  yilda  Qozog’iston 
va  O’zbekistonda  o’tkazilgan  harbiy  mashqlarda  O’zbekiston  harbiy  qismlarining 
ishtiroki  zobit  va  askarlarning  harbiy  texnik  tayyorgarligini  yanada  ko’tarishga 
xizmat  qildi. 
O’zbekiston  mustaqil  davlat  sifatida  sayyoramiz  ozon  qatlamini  muhofaza  qilish 
bo’yicha  Vena  Konventsiyasiga,  ozon  qatlamini  kamaytiradigan  moddalar  xaqidagi 
Monreal  Protokoliga,  atrof-muhitga  ta’sir  etuvchi  vositalarni  harbiy  yoki  boshqa 
dushmanlik  maqsadida  qo’llashni  ta’qiqlovchi  konventsiyaga,  Yadro  qurolini 
tarqatmaslik  xaqida shartnomaga  qo’shildi. 
O’zbekiston  tarixan  qisqa  bir  davrda  jahon  hamjamiyatiga  qo’shildi,  xalqaro  va 
mintaqaviy  muammolarni  hal  qilishda,  umumiy  va  mintaqaviy  xavfsizlikni 


 
73 
mustahkamlashda  faol  qatnashayotgan  nufo’zli  davlat  darajasiga  ko’tarildi.  (Yangi 
O’zbekistonning 7 zafarli  yili.  - T.: «SHarq», 1999) 
O’zbekiston tashqi siyosatining  asosiy ustivor yo’nalishlari  quyidagilardir: 
 
Mustaqil  davlatlar  Hamdo’stligi  va  Boltiq  bo’yi  mamlakatlari  bilan  bevosita 
va ko’p tomonlama  aloqalarni  rivojlantirish  va mustahkamlash; 
 
Mustaqil O’rta Osiyo respublikalari va Qozog’iston bilan do’stona, qardoshlik 
munosabatlarini  mustahkamlash,  ular  bilan  qalin  ijtimoiy-iqtisodiy  munosabatlarni 
chuqurlashtirish  va yanada rivojlantirish,  ilmiy  va madaniy  hamkorlikni  kengaytirish; 
 
Islom  davlatlari  bilan  savdo-sotiq,  turizm  va  boshqa  aloqalarni  yanada 
rivojlantirish  va  chuqurlashtirish,  Xitoy  va  Hindiston  kabi  buyuk  davlatlar  bilan 
samarali  aloqalarni  kengaytirish; 
 
Janubiy-SHarqiy  Osiyodagi  yangi  industrial  mamlakatlar  bilan  teng  huquqli 
munosabatlarni  yo’lga  qo’yish  asosida  ularning  sarmoyalarini  sanoat,  qishloq 
xo’jaligi,  transport tizimi,  infratuzilmalariga,  ilm-fanga  jalb  qilish; 
 
AQSH,  g’arbiy  yevropadagi  iqtisodiy  rivojlangan  mamlakatlar  -  GFR,  Buyuk 
Britaniya,  Frantsiya,  Italiya,  Daniya,  SHveytsariya,  Finlyandiya,  Norvegiya,  Ispaniya, 
Portugaliya,  Gretsiya  va  boshqa  davlatlar  bilan  teng  huquqli  o’zaro  hamkorlikning 
yangi 
imkoniyatlarini 
ishga 
solish, 
ularning 
zamonaviy 
texnologiyalari, 
investitsiyalarini  sanoatning  yetakchi  sohalariga  jalb  qilish,  bank-moliya  tizimi, 
mo’taxassislar  tayyorlash,  axborot  tarmoqlarini  yo’lga  qo’yish,  jahonning  yetakchi 
birjalari  bilan  aloqa o’rnatish, xorijiy  qonunchilik  tajribalarini  o’rganish; 
 
SHarqiy  yevropa  davlatlari  bilan  shakllangan  aloqalarni  mustahkamlash,  ular 
tomonidan  texnologik  asbob-uskunalar  va  ehtiyot  qismlar,  dori-darmonlar,  oziq-
ovqatlar  va  boshqa  tovarlar  yetqazib  berishdan  O’zbekiston  qanchalik  manfaatdor 
bo’lsa,  paxta  tolasi va boshqa resurslarimiz bu mamlakatlar iqtisodiyoti uchun muhim 
ahamiyatga  egadir. 
Ko’rinib  turibdiki,  xaqiqatdan  ham  XX  asr  oxirida  mamlakatimiz  Prezidenti 
I.A.Karimov  ta’kidlaganidek,  «Dunyo  haritasida  jahon  hamjamiyati  tomonidan  tan 
olingan  yangi  davlat - O’zbekiston Respublikasi» paydo bo’ldi. 
 

Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish