Наманган Мухандислик Педагогика Институти Касб таълими факультети


 Demokratik jarayonlar va iqtisodiyotni isloh qilishning asosiy



Download 2,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/161
Sana15.08.2021
Hajmi2,22 Mb.
#148248
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   161
Bog'liq
iqtisodiy geografiya va ekologiya

 
2. Demokratik jarayonlar va iqtisodiyotni isloh qilishning asosiy 
tamoyillari 
 
  XX  asr  oxirgi  o’n  yilligida  dunyo  siyosiy  kartasida  misli  ko’rilmagan  siyosiy 
ijtimoiy-iqtisodiy  o’zgarishlar  yuz  berdi.  130  yildan  ortiq  mustamlaka  azobini  tortgan 
o’zbek xalqi  davlat  mustaqilligini  qo’lga kiritdi. 
  1990  yil  24  mart  kuni  Respublika  Oliy  Kengashining  birinchi  sessiyasi 
O’zbekistonda  Prezidentlik  lavozimini  ta’sis  etish  hamda  O’zbekiston  SSR 
Konstitutsiyasi  (Asosiy  qonuni)  ga  o’zgartirish  va  qo’shimchalar  kiritish  to’g’risida 
qonunni  qabul  qildi.  Ushbu  sessiyada  I.A.Karimov  O’zbekistonning  birinchi 
Prezidenti  etib  saylandi.  O’zbekistondagi  mustaqillik  tarixi  mamlakat  Prezidenti 
I.A.Karimov  nomi bilan  bog’liqdir. 
  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Kengashininng  ikkinchi  sessiyasi  1990  yil  20 
iyun  kuni  «Mustaqillik  Deklaratsiyasi»  ni  qabul  qildi.  1991  yilning  31  avgustida 
O’zbekiston 
tarixining 
yangi 
davri 
boshlandi. 
Sessiyada 
«O’zbekiston 
Respublikasining  davlat  mustaqilligini  e’lon  qilish  to’g’risida»  qaror  qabul  qilindi. 
Sessiya  O’zbekistonning  davlat  mustaqilligini  va  ozod  suveren  davlat  -  O’zbekiston 
Respublikasi tashkil  etilganligi  tantanali  ravishda e’lon qildi. 
  I.A.Karimov  o’zining  asarlari,  Ma’ruza  va  nutqlarida  mamlakatimiz  tashqi 
siyosati  va  tashqi  iqtisodiy  aloqalarining  asosiy  tamoyillarini  nazariy  va  amaliy 
jihatdan  puxta  asoslab  berdi.  Tashqi  siyosiy  va  tashqi  iqtisodiy  yo’lni  belgilashda 
jahon  tajribasidan  foydalanildi,  mamlakatimiz,  xalqimiz  xususiyatlari  va  manfaatlari 
hisobga  olindi.  Tashqi  siyosatga  tinchlik,  barqarorlik,  hamkorlik  yo’li  asos  qilib 
olindi. 
  O’zbekiston  Respublikasi  tashqi  siyosatning  asosiy  tamoyillari  quyidagilardan 
iborat: 
  mafkuraviy  qarashlardan  qat’iy  nazar  hamkorlik  uchun  ochiqlik, 
umuminsoniy  qadriyatlarga,  tinchlik  va xavfsizlikni  saqlashga sodiqlik; 
  davlatlarning  suveren tengligi  va chegaralari  dahlsizligini  hurmat qilish; 


 
70 
  boshqa davlatlarning  ichki ishlariga  aralashmaslik; 
  nizolarni  tinch yo’l bilan hal etish; 
  kuch ishlatmaslik  va kuch bilan tahdid qilmaslik; 
  inson huquqlari va yerkinliklarini  hurmatlash; 
  ichki  milliy  qonunlar  va  huquqiy  normalarda  xalqaro  huquqning  umumiy 
e’tirof etilgan  qoidalari  va normalarning  ustivorligi; 
  davlatning,  xalqning  oliy  manfaatlari,  farovonligi  va  xavfsizligini  ta’minlash 
maqsadida ittifoqlar  tuzish; 
  hamdo’stliklarga  kirish va ulardan ajralib  chiqish; 
  tajovo’zkor harbiy bloklar va uyushmalarga  kirmaslik; 
  davlatlararo  aloqalarda  teng  huquqlik  va  o’zaro  manfaatdorlik,  davlat  milliy 
manfaatlarining  ustunligi; 
  tashqi  aloqalarni  ham  ikki  tomonlama,  ham  ko’p  tomonlama  kelishuvlar 
asosida  rivojlantirish,  bir  davlat  bilan  yaqinlashish  hisobiga  boshqasi  bilan 
uzoqlashmaslik. 
  Mamlakatimizning  jahon  xalqlari  tinchligi  va  xavfsizligiga  mos  bo’lib  tushgan 
tinchliksevar  tashqi  siyosati,  uni  jahonda  mustaqil  davlat  sifatida  tezda  tan  olinishini 
ta’minladi.  O’zbekiston  Respublikasining  davlat  mustaqilligini  dunyodagi  165  davlat 
tan  oldi,  ularning  120  tasi  bilan  diplomatik,  siyosiy,  iqtisodiy,  ilmiy-texnikaviy  va 
madaniy  aloqalar  o’rnatildi.  Toshkentda  35  dan  ortiq  mamlakatning  elchixonasi 
ochildi.  Bular  jumlasiga  AQSH,  Germaniya,  Frantsiya,  Buyuk  Britaniya,  Xitoy, 
Hindiston,  Pokiston  va  boshqalarni  kiritish  mumkin.  SHuningdek,  O’zbekistonda  88 
xorijiy  mamlakatlar  va  xalqaro  tashkilotlarning,  24  hukumatlararo  va  13  ta 
nohukumat  tashkilotlarining  vakolatxonalari  faoliyat  ko’rsatmoqda.  Dunyodagi  20 
dan  ortiq  davlatda  -  AQSH,  Turkiya,  Germaniya,  Frantsiya,  Xitoy,  Pokiston  va 
boshqalarda O’zbekistonning elchixonalari  ishlab turibdi. 
 

Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish