Suv transporti. Xalqaro iqtisodiy aloqalarda dengiz transporti juda katta o’rin
tutadi. Dengiz transporti orqali 8 ming 10 ming km masofadagi (o’rtacha) orqali
tashiladi va unga xalqaro yuk aylanmasining 3/5 kismi tug’ri keladi, yo’lovchi
aylanmasidagi xissasi unchalik katta emas. (havo transportining rivojlanib borishi
tufayli). Dengiz turizmi xam bir muncha muxim o’rin tutadi.
Dunyo dengiz floti 100 ming dan ortik kemalardan iborat bo’lib, yalpi sig’imi
500 mln.br-reg-t (registr-tonna kemalarning shartli yuk ko’tarish birligi bo’lib 100
kub.futga yoki 2,8 m.kub registr-tonna brutoda - kemaning) kemaning butun xajmi
65
xisobga olinsa tonna nettoda kema xajmida yasash joyi, maishiy xonalar va
mashinalar joylashgan xonalar xisobga olinmaydi yoki ko’tarish quvvati 500 mln.t
dan ortiq dengiz floti tarkibida universal kemalar bilan bir katorda suyuq (neft va neft
maxsulotlari suyultirilgan tabiiy gaz) quruqliklar – ko’mir, ruda, g’alla va yog’och –
taxta fosfor tashishga ixtisoslashgan tanker, super tankerlar, refrijiratorlar
(muzlatkich jixozlarga yega) temir yo’l paromlari katta o’rin tutadi.
Ko’pchilik mamlakatlar yirik savdo flotiga (160 davlat bayrog’i ostida suzadi)
ega bo’lishiga karamay Yaponiya, Buyuk Britaniya, Norvegiya, Gretsiya,
Niderlandiya, SHvetsiya, Liberiya, Panama, Gonduras, Rossiya, Polsha, Xitoy,
Yugoslaviya, Ruminiya, Vetnam, Koreya respublikasi va boshqalar aloxida ajralib
turadi. Liberiya, Panama, Gonduras, Gretsiya davlatlarining katta savdo flotiga ega
bo’lishi bu mamlakatlarda soliqlarning pastligi bilan xarakterlanadi. SHuning uchun
xam chet-el kompaniyalariga tegishli kemalar yukoridagi malakatlar bayrog’i ostida
suzsada umuman bu mamlakatlar portlariga kirmaydi. Panlibkogo mamlakatlari
(Liberiya, Panama, Gonduras, Kolumbiya) savdo flotining 50 % i Gratsiyaga
karashlidir, maxsus chet-el adabiyotlarida ta’kidlanishicha Gretsiya kemalari 16 ta
boshka davlat bayroqlari ostida suzadi. Xuddi shunday xolat Niderlandiya uchun
xosdir.
Dengiz alokalarida port va xalkaro kanallar juda muxim o’rin tutadi. Bugungi
kunda barcha dengiz va okeanlarda 2700 ta port mavjud 840 ta portga esa yuk
aylanmasining 96 % i tug’ri keladi.30 ta gigant portning yillik yuk aylanmasi 500
mln .t dan ortikdir.
Bunday yirik portlar AQSHda – N’yu - York, Filadelfiya, Baltimor, San –
Fransizko, Boston, Britaniyada – London, Liverpul, Glazgo, Frantsiyada – Marsel,
Yaponiyada – Simonoseki, Osaka, Kobe, GFRda – Gamburg, shuningdek,
Rotterdam, Antverpen, Singapur, Port – Said, kuvaytda – Men-al-Axmad, Rossiyada
– Sank-Peterburg va boshkalar.
Xalkaro kema qatnovida Atlantika okeani yetakchi o’rin tutadi. Bugungi kunda
Atlantika sohil bo’yida (Evropa, Afrika, SHimoliy va Janubiy Amerika) 70 mamlakat
va 1.5 mlrd aholii joylashgan bo’lib dengiz yuk tashishining qariyb 50 % i to’g’ri
keladi. Dunyodagi 70 % ga yakin portlar, ayniqsa eng yirik va ixtisoslashgan
Yevropa va SHimoliy Amerikada yirik port-sanoat majmualari shakllangan.
Ikkinchi o’rinda Tinch okeani turadi. Asosiy yo’nalishlari Yaponiya, AQSH
ning G’arbiy soxil bo’yi, Koreya Respublikasi, Janubi-SHarkiy, Osiyo mamlakatlari
Avstraliyada, Rossiyada (Vladivostok, Janubiy Saxalin) shakllansa, Hind okeanida –
Fors ko’rfazi (asosan neft va neft maxsulotlari), Xindiston va boshka malakatlar yirik
yuk yo’nalishlarida ishtirok etmokda.
Xalkaro kanallar iqtisodiy aloqalarda muhim o’rin tutadi. Bunday kanallar uchta
Suvaysh (1869 yilda ishga tushgan, uzunligi 173 km, eni 120-150 m, chukurligi 12-
13 m, yiliga 250-300 mln.t.yuk o’tadi, barcha mamlakat kemalari uchun ochiq),
Panama (1914 yil ishga tushgan, uzunligi 82 km, eni 16 km.li kanal mintakasi AQSH
ga qarashli 1999 yili 31 dekabrda Panama xukumatiga berish haqida shartnoma
imzolangan bo’lib belgilangan muddatda Panama xukumatiga berildi. Yiliga 150-200
mln t. yuk o’tadi) Kill’ (uzunligi 95 km, eni 102 km, chuqurligi 11 m, yiliga 50-100
mln.t yuk o’tadi).
66
SHuningdek Qora dengiz, Baltika, Duvr, Gibraltar, Malakka, Singapur, Zond,
Laperuza, Koreya bo’g’ozlari ham muhim iqtisodiy ahamiyatga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |