4.Dunyo transporti va uni rivojlantirish istiqbollari.
Sanoat, qishloq xo’jaligi bilan bir qatorda transport moddiy ishlab chiqarish
jarayonida markaziy o’rinni egallaydi. Transport iqtisodiy tizimda yuklarni va
yo’lovchilarni tashish orqali ishlab chiqarishga xizmat ko’rsatadi hamda aholini
Harakatchanligini ta’minlaydi. Transport yangi mahsulotlar yaratmaydi, balki moddiy
ishlab chiqarishning boshqa tarmoqlari tomonidan yaratilgan mahsulotlarni bir
joydan ikkinchi joyga olib boradi va ishlab chiqarish aloqalarini rivojlantirish hamda
qo’shish orqali yangi ishlab chiqarish tizimini davom etishi uchun shart-sharoit
hozirlaydi.
Transport bozoridagi keskin raqobat kurashi, ayniqsa, quruqlik transport turlari –
temir yo’l, avtomobil, quvur transporti va daryo (yuklrni dengiz portiga olib
beradigan) yo’nalishlarda kuchlidir. SHuningdek, ITI bilan paralel ravishda transport
vositalarining monopollashuvi raqobatni yanada kuchaytirmoqda. Transport tizimi
o’zining texnik darajasi, ko’lami, tashkiliy shakli, xalqaro yuk va yo’lovchi tashish
sifati bo’yicha mijozlarning yangi talablariga moslashmoqda.
63
Bu yangi talablar quyidagilar bilan bog’liqdir:
- yuk jo’natish ko’lamining ortib borishi, ishlab chiqarish texnologik
jarayonlaridagi hududiy farqlar va yuk tashishdagi mayda partiyalar, yuk tashishning
tabaqalanishini kuchayishiga;
- transport harajatlari o’sishi tufayli yuk tashish samaradorligini ko’tarishga
intilish;
- iqtisodiy aloqalar tarkibining o’zgarishiga moslashuv zaruriyati;
- yo’lovchi va yuk tashishni doimiy va bir maromda ta’minlash;
- yuklarni tashishdagi tezkorlik va saqlash darajasining ortishi;
- asosiy transport magistrallari va transport tugunlarida ishlab chiqarish va
aholining xududiy to’planishi sharoitida intensiv Harakatning o’sib borishda Harakat
xavfsizligini ta’minlash zaruriyati;
- xalkaro yo’lovchi tashish alokalarida kulayliklariga bo’lgan talabning keskin
ortishi;
- transpor turlari rivojlanishiga bo’lgan ekologik talabni hisobga olish zaruriyati;
- transportni energiya talabligini ozaytirish zaruriyati.
Dunyo bo’yicha 90 – yillarning o’rtalarida konteynerlar 7,5 mln. dona bo’lib,
buning 3,4 mln. donasi 6 m. uzunligida, 4 mln. donasi - 12 m uzunlakdadir.
Konteynerlashtirishda – yirik transport tugunlari, ayniksa dengiz portlari katta ta’sir
ko’rsatdi.
XX asrning ikkinchi yarmida xalkaro kulamda yuk tashish xajmi qariyib 7
martaga ko’paydi va 2010 yilga borib yana 1,2 – 1,3 marta o’sishi kutilmoqda.
Xalqaro yuk tashashda dengiz transporti asosiy o’rin tutadi va unga xalqaro yuk
aylanmasining 62,1 % to’gri keladi va bu ulush o’zgarmay qolmoqda. SHuningdek,
xalqaro yuk aylanmasida temir yo’l transporti hissasi keyingi 45 yil ichida 17,2 % ga
qisqargani xolda avtomabil transporti hissasi - 2,8 % ga, neft quvuri hissasi 3,2 foizga
o’sdi. Havo transporti yuk tashish 7 mlrd. t/km dan, 52 mlrd. t/km.ga yetgani xolda
7,4 marta ko’payganligiga qaramay, umumiy yuk tashish xajmidagi uning hissasi
o’zgarmay qolmoqda. CHunonchi, temir yo’l transportining bosh raqobatchisi
hisoblangan avtomobil transportida yuk tashish nisbati1990 yilda 4:1 dan 1,2:1 ga
tushdi va 2000 yilda bu holat tenglashdi. Quvur transportining hissasi esa 4,2 % dan
12,8 foizga yetdi.
Xalqaro yo’lovchi tashishda avtmobil transporti, ayniqsa xususiy avtomobil
transporti hissasi yukori bo’lib, yetakchi mavqeni deyarli saqlab kolmoqda. Agar
1950 yilda xalqaro yo’lovchi tashishda shaxsiy avtomobil trasporti hissasi 56,8 %
to’gri kelgan bo’lsa, 1995 yilda – 60,3 foizi to’gri keladi.
Temir yo’l transportining hissasi 25,8 % dan 10,2 % ga tushdi va havo transporti
hissasi 1,2 % dan 10% ga yetdi va 2000 yilda xalqaro yo’lovchi aylanmasi temir yo’l
transportidan o’tib ketdi.
Transportning barcha turlari bilan yiligi 100 mlrd.t. dan ortiq yukdar va 1
trld.dan ortiq yo’lovchi tashiladi. Xalqaro yo’lovchi aylanmasi 18 – 19
trln.pass./km.niva yuk aylanmasi esa 46 – 50 trln.t.kmn tashkil qiladi. Transport
korxonalarida 110 mln ishchi band.
64
Do'stlaringiz bilan baham: |