Наманган Мухандислик Педагогика Институти Касб таълими факультети


Dunyo xo’jaligining rivojlanish bosqichlari



Download 2,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/161
Sana15.08.2021
Hajmi2,22 Mb.
#148248
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   161
Bog'liq
iqtisodiy geografiya va ekologiya

Dunyo xo’jaligining rivojlanish bosqichlari. 
 
Bosqich 
rivojlanishi 
ning  belgilari 
Industriyala
shgacha 
bo’lgan 
bosqich 
Industriyalash  bosqichi 
Industriyalash 
dan keyingi 
rivojlanish 
bosqichi 
birinchi  sanoat 
inqilobi 
ikkinchi  sanoat 
inqilobi 
Boshlang’i
ch davr 
1-davr 
2-davr 
3-davr 
4-davr 
5-davr 
Aholi 
jon 
boshiga 
daromad. 
(AQSH 
doll. 
1960y 
kursi 
bo’yicha) 
 
 
50-80 
 
 
80-200 
 
 
200-700 
 
 
700-
2000 
 
 
2000-
4000 
 
 
4000-20000 
 
«Texnologik  narvon» 
pog’onalari 
Qo’l 
mehnati 
Mexanizatsiya
lashtirish 
Kompleks  mexani-
zatsiyalashtirish, 
avtomatlashti 
rishning  boshlanishi 
Avtomatlashtiris
h tizimlari 
Tashkiliy  shakllar 
rivojlanishi 
Manifakt
ura 
Erkin  raqobat: 
xususiy  firma, 
hissador 
lik  jamiyati 
Monopolizm;  zavod, 
davlat  monopolistik 
kompaniyalari, 
konveyer 
Transmil 
liy  kompaniya 
lar  va kichik 
firmalar 
 
 
 2. Xalqaro mehnat taqsimoti. Xalqaro iqtisodiy integratsiya.  
 
Dunyo  mamlakatlari  milliy  xo’jaliklarini  yagona  jahon  xo’jaligiga  birlashtirish 
asosida xalqaro mehnat  taqsimoti (XMT) yotadi. 
- XMT  -  ayrim  mamlakatlarning  o’zlari  uchun  qulay  va  manfaatli,  samarali 
bo’lgan  tabiiy  sharoit  va  resurslar,  aholining  mehnat  malakalari  va  ko’nikmalari 
asosida  ayrim  mahsulotlar  yoki  ularning  turlarini  ishlab  chiqarishga  ixtisoslashuvi  va 
boshqa mamlakatlar  bilan  ayirboshlashidir. 
- XMT-mamlakatlarining  iqtisodiy-ijtimoiy  rivojlanish  darajasi,  ijtimoiy-siyosiy 
tuzimining  Harakteridan  qathiy  nazar  tovarlar,  xizmatlar  va  bilimlarning  xalqaro 


 
57 
ayriboshlanishi,  ishlab  chiqarishning  rivojlanishi,  ilmiy-texnik,  savdo-sotiq  sohalarda 
va boshqa hamkorlikning  obhektiv asosidir. 
- XMT  mamlakatlar  ichidagi  va  ular  o’rtasidagi  munosabatlar  rivojlanishining 
qonuniy natijasi  va ijtimoiy  mehnat taqsimotining  mantiqiy  davomidir. 
- XMTini 
harakatlantiruvchi 
kuch 
va 
uni 
rag’batlantiruvchi 
omil 
mamlakatlarning  unda  ishtirok  etishdan  ko’zlangan  maqsadi,  manfaatlari  va  vazifalari 
iqtisodiy  foyda  olishga  qaratilganligidir.  Bu  faoliyat  xalqaro  miqyosida  qiymat 
qonuniga  amal  qilishda  ko’rinadi.  Qiymat  qonuni  tovar  ishlab  chiqarish  sharoitida 
XMT afzalliklaridan  foydalanishga  undaydi. 
Har  qanday  ijtimoiy-iqtisodiy  sharoitda  qiymat  ishlab  chiqarish  Harajatlari, 
mehnatga  xaq  to’lash  va  qo’shilgan  qiymatdan  iborat  bo’ladi.  Barcha  bozorga 
tushayotgan  tovarlar  baynalminal  qiymatning  yoki  xalqaro  narxlarning  shakllanishida 
ishtirok  etadi.  Tovarlar  xalqaro  bozorlar  qonuniyatlariga  mos  mutanosiblikda, 
jumladan  qiymat  qonuni  asosida  almashtiriladi.  Bunda  yerishiladigan  iqtisodiy 
samara vaqtning  tejalishida  va mehnat  unumdorligining  o’sishida namoyon bo’ladi. 
XMT  da  har  bir  mamlakat  milliy  iqtisodiyotning  tutgan  o’rni  quyidagilarga 
bog’liq: 
1. 
iqtisodiy-geografik  holati  (geostrategik  mavqei); 
2. 
agroiqlimiy  shart-sharoitlar; 
3. 
tabiiy  resurslari  - foydali  qazilmalar  bilan  ta’minlanganlik  darajasi; 
4. 
xalqning,  millatning  mehnat  anhanalari,  mahlum  ishlab  chiqarish  turlari 
va xizmatlarga,  ko’nikmalarga  egaligi; 
5. 
mamlakatning  iqtisodiy-tarixiy  rivojlanish  xususiyatlari; 
6. 
ijtimoiy-iqtisodiy  taraqqiyot darajasi; 
7. 
mehnat  resurslarining  sifat  tarkibi,  kasbiy  va  madaniy  intelektual 
darajasi,  yangi  kasb  va  hunarlarning  o’zlashtirish  imkoniyatlari  kabi  bir  qator 
iqtisodiy va ijtimoiy  ko’rsatkichlar. 
XMTning  mamlakatlar  uchun manfaatli  tomonlari: 
a)  xalqaro  ayrboshlashning  qulay  sharoitlarida  eksport  qilinayotgan  tovarlar  va 
xizmatlarning  baynalminal  va milliy  qiymatlari  o’rtasidagi ijobiy  farqqa yerishish; 
b)  arzon  import  tovarlar  va  xizmatlar  evaziga  milliy  tovarlar  ishlab  chiqarish  va 
xizmatlardan  voz kechish. 
80-90  yillarda  dunyoda  yuz  bergan  juda  katta  iqtisodiy-siyosiy-ijtimoiy 
jarayonlar  dunyo  xo’jaligiga,  uning  sifat  jihatlariga  kuchli  ta’sir  ko’rsatdi.  Ikki 
tuzimning  qarama-qarshiligining  barham  topishi  Yevropada,  qolaversa,  butun 
dunyoda  kuchlarning  yangi  nisbatlariga  olib  keldi.  Natijada,  dunyodagi  bir-biriga 
bog’liq  muammolarni  hal  qilish  mamlakatlarning  rivojlanish  darajasi  bilangina  emas 
balki,  XMT  va  dunyo  xo’jaligidagi  ishtiroki  bilan  Harakterlanadi.  Davrning  asosiy 
xususiyati  bu  integratsiyaning  umumlashuvi  -  kapital  ishlab  chiqarish  va  mehnatni 
qamrab 
olganligidir. 
Iqtisodiy 
integratsiya 

turli 
milliy 
xo’jaliklarning 
baynalminallashuvi  bo’lib  ikki  va  undan  ortiq  milliy  xo’jaliklarning  yagona  xo’jalik 
mexanizmini  yaratish  maqsadidagi yaqinlashuvi  va uyg’unlashuvidir. 
Iqtisodiy  integratsiya  bir-biriga  yaqinlashayotan  mamlakatlar  xo’jaliklarning  bir-
biri  bilan  bog’liqligi  asosida  yuzaga  keladi  va  siyosiy,  iqtisodiy-ijtimoiy  va  boshqa 
yo’nalishdagi  muammolarni  hal  qilish  vositasi,  mavjud  tabiiy  shart-sharoit  va 


 
58 
resurslardan 
oqilona 
foydalanish 
vositasidir. 
Integratsiya 
maqsadi 

integratsiyalanayotgan 
mamlakatlarning 
jahon 
bozorlaridagi 
savdo-sotiqda 
raqobatbardoshligini  ta’minlash  va  foyda  olish,  zamonaviy  ilmiy-texnika  va 
texnologiya  yutuqlaridan  oqilona foydlanishini  ta’minlashdan  iboratdir. 
Iqtisodiy  integratsiyaning  muhim  sharti  mamlakatlarning  iqtisodiy-ijtimoiy 
rivojlanishi  darajalarining  nisbatan  tengligi  va  bir-biri  bilan  chegaradoshligidir 
(qo’shniligi).  Iqtisodiy  integratsiyaning  asosiy  xususiyatlaridan  biri  -  bu  jarayon 
dastlab  Yevropada  (Evropa  iqtisodiy  hamjamiyati  (EIH),  Sobiq  O’zaro  Iqtisodiy 
Yordam  Kengashi  (SEV)  boshlandi  va  keyinchalik  boshqa  mintaqa  va  mamlakatlarni 
ham qamrab oldi. 
Integratsiya  jarayoni,  rivojlanish  darajasiga  bog’liq  holda,  beshta  pog’onaga 
ajratiladi:  1)  yerkin  savdo  mintaqasi;  2)  bojxona  ittifoqi;  3)  umumiy  bozor;  4) 
valyutaviy-iqtisodiy  ittifoq;  5) siyosiy ittifoq. 
Bu  borada  Yevropa  iqtisodiy  hamkorligi  (EIH) - Yevropa Ittifoqi namuna bo’lib 
xizmat  qiladi.  Uning  integratsiya  sohasidagi  tajribasini  boshqa  mintaqalarda  ham 
qo’llash mumkin. 
Hozirgi  vaqtda  dunyodagi  ko’plab  integratsiya  assotsiatsiyalari  YeIH  tajribasiga 
amal  qilgan  holda  integratsiyaning  besh  pog’onasiga  asoslanib  ish  olib  bormoqdalar. 
Endilikda  faqat  pog’onali  integratsiya  modeliga  asoslangan  yerkin  savdo  mintaqalari 
(Lotin  Amerikasi  yerkin  savdo  assotsiatsiyasi)  yoki  bojxona ittifoqlari (g’arbiy Afrika 
bojxona  ittifoqi  va  Markaziy  Afrika  iqtisodiy-bojxona  ittifoqi)  bilan  bir  qatorda 
iqtisodiy ittifoqlar  ham tashkil  etila  boshlandi (EKOVAS -1975 y). 
G’arbiy  Yevropada  Yevropa  Ittifoqi  (EI)  80-yillarning  o’rtalaridan  boshlab 
yagona  bozor  tashkil  etishni  maqsad  qilib  qo’ydi  va  Maastirx  shartnomasini  tuzib, 
valyutaviy-iqtisodiy  ittifoqqa  o’tishning  tartibini  belgilab  oldi.  1989  yilda  SHimoliy 
Afrika,  1994  yilda  Kanada  va  AQSH  o’rtasida  yerkin  savdo  mintaqasi  tashkil  etildi, 
ungi  Meksika  ko’shilishi  natijasida  yerkin  savdo  assotsiatsiyasi  shakllandi.  Osiyo-
Tinch  okean  mintaqasida  1989  yilda  Osiyo-Tinch  okean  iqtisodiy  koorporatsiyasi 
(OTIK)  tuzildi.  Hozirda  bu  assotsiatsiyaga  Tinch  okeani  havzasining  20  dan  ortiq 
mamlakati  ahzo  bo’lib,  2020  yilga  borib,  uning  doirasida  yerkin  savdo  mintaqasini 
tashkil  etish  to’g’risida  kelishib  olingan.  Undan  avvalrok,  1992  yilda  Janubi  - 
SHarqiy  Osiyo  mamlakatlari  assotsiatsiyasiga  ahzo  bo’lgan  olti  mamlakat  2008 
yilgacha  yerkin  savdo assotsiatsiyasini  tashkil  qilish  to’g’risida shartnoma tuzgan  edi. 
Integratsiya  borasida  O’zbekiston  ham  murakkab  yo’lni  bosib  o’tdi.  CHorizm 
davrida  O’zbekiston  iqtisodi  umumrossiya yagona iqtisodining tarkibiy qismi bo’lgan 
bo’lsa,  SHo’rolar  davrida  O’zbekiston  iqtisodi  mustamlaka  iqtisodiyot  sifatida 
Rossiya 
davlatiga 
xizmat 
qilar 
edi. 
SHo’rolar  davrida  vaziyat  yanada 
murakkablashdi.  O’zbekiston  iqtisodi  yanada  mahkamroq  ravishda  Markazga 
bo’ysindirilib,  yurtimizdan  moddiy  boyliklarni  olib  ketilishi  avvalgidan  ham 
tezlashdi,  «rivojlangan  sotsializm»  yillarida  «Butun  ittifoq  yagona  iqtisodiy 
majmuasi» 
tashkil 
qilindi. 
Bularning 
hammasi 
majburiy, 
zo’ravonlarcha 
integratsiyaning  yorqin  misollaridir.  Holbuki,  u  ixtiyoriy  o’zaro,  manfaatdorlik 
asosida va tabiiy  ravishda amalga  oshirilishi  kerak. 
O’zbekiston  mustaqillikka  yerishgandan  so’ng,  o’tmishdagi  majburiy 
integratsiya  rishtalari  o’zildi  va  barbod  bo’ldi.  endi  mustaqil  davlatlar,  o’zaro 


 
59 
hamkorlik  va  tenglik  asosida,  ixtiyoriy  integratsiyaning  yangi  shakllari  va  yo’llarni 
qidira  boshladilar.  O’tmishdagidan  farq  shundan  iboratki,  yangi  mustaqil  davlatlar 
bilan  hamdo’stlik  doirasidagina  emas,  balki  boshqa  «uzoq  xorij»dagi  davlatlar  bilan 
ham  iqtisodiy  aloqalar  o’rnatib,  asta-sekin  bu  aloqalarni  kengaytirib,  mustahkamlay 
boshladilar.  Ammo,  iqtisodiy  integratsiya,  birinchi  navbatda,  MDH  doirasida  kun 
tartibiga  qo’yilmoqda.  CHunki,  bu  yerda  gap  o’tmishda  o’rnatilgan  iqtisodiy 
aloqalarni  yangi  asosda  tuzish  to’g’risida  boradi.  MDH  ichida  O’zbekiston  birinchi 
galda  Markaziy  Osiyo  davlatlari  -  Qozog’iston,  Qirg’iziston  va  Turkmaniston  -  bilan 
iqtisodiy  integratsiya  to’g’risida  so’z  olib  bordi.  CHunki,  hududdagi davlatlar o’zaro 
iqtisodiy,  ruhiy,  tarixiy,  geografik  va  boshqa  jihatlar  bilan  bog’langan.  Katta 
istiqbolga  ega  integratsion  jarayon  -  1994  yili  O’zbekiston,  Qozog’iston  va 
Qirg’iziston  o’rtasida  tuzilgan  shartnoma  asosida  tashkil  etilgan  Markaziy  Osiyo 
umumiy  bozorining  rivojlanishidir.  Ushbu  shartnomada  mintaqaviy  integratsion 
aloqalarni  kuchaytirish  bo’yicha  qator  tadbirlar  ko’rsatib  o’tilgan.  Ular  qatoriga 
yoqilg’i-energetika  majmuini,  transport  va  axborot  tizimlarini,  mintaqa  suv  xo’jalik 
tizimini  rivojlantirishning  yagona  dasturlarini  ishlab  chiqish;  umummintaqa  yerkin 
savdo  hududi  va  bojxona  ittifoqini  tashkil  etish;  banklarararo  hisob-kitoblarning 
samarali  mintaqaviy  tizimini  yaratish;  byudjet  siyosati,  pul-kredit,  valyuta 
munosabatlarida  mutanosiblikka  yerishish;  mintaqa  doirasida  davlatlar  iqtisodiy 
qonunchiligini  yaqinlashtirish  va  huquqiy  me’yoriy  aktlar  muvofiqligiga  yerishish; 
ko’shma  korxonalar,  moliya-sanoat  guruhlari  tuzish  uchun  zarur  shart-sharoit 
yaratish;  ishlab  chiqarish  kooperatsiyasining  turli  xil  davlatlararo  shakllarini  amalga 
oshirishni  (kooperatsiya,  assotsiatsiya,  birlashmalar  tashkil  etish)  kiritish  mumkin  va 
bu tadbirlar  bosqichma-bosqich amalga  oshiriladi. 
Iqtisodiy hayotda integratsiya  bir nechta yo’nalishlarga  ega. 

Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish