Наманган Мухандислик Педагогика Институти Касб таълими факультети


  Dunyo transporti va uni  rivojlantirish  istiqbollari



Download 2,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/161
Sana15.08.2021
Hajmi2,22 Mb.
#148248
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   161
Bog'liq
iqtisodiy geografiya va ekologiya

4.  Dunyo transporti va uni  rivojlantirish  istiqbollari. 
 
 
 1.Dunyo xo’jaligining shakllanishi va uning asosiy bosqichlari.  
 
Dunyo  xo’jaligining  rivojlanishi  insoniyat  taraqqiyoti  bilan  chambarchas 
bog’liqdir.  Buyuk  geografik  kashfiyotlar,  Osiyo  va  Yevropa  mamlakatlari  o’rtasida 
savdo-sotiqning  rivojlanishi  xalqaro  savdoning  mintaqaviy  markazlari,  so’ngra 
xalqaro  savdo  va  xalqaro  bozorning  shakllanishiga,  transportning  ayniqsa,  dengiz 
transportining  rivojlanishi,  XVIII  asr  oxiri  va  XIX  asrda  Yevropada  va  AQSH  da 
yirik  mashinalashgan  ishlab  chiqarish  tizimi  («sanoat  inqilobi»)  dunyo  xo’jaligining 
shakllanishiga  olib  keldi.  XIXasr  oxiri  XX  asr  boshlarida  yirik  sanoat  industriyasi, 
transport va xalqaro bozor negizida-dunyo  xo’jaligi  yuzaga  keldi. 
Dunyo  xo’jaligi  -  milliy  xo’jaliklarning  umumlashmasi  bo’lib,  barqaror  surhatda 
rivojlanib  borayotgan,  bozor  iqtisodiyotining  obhektiv  qonunlariga  buysungan  holda 
xalqaro  aloqalarning  o’sib  borishi  bilan  birgalikda  o’ziga  xos  qarama-qarshiliklarga 
ham ega bo’lgan yaxlit  xo’jalik  tizimidir. 
Dunyo 
xo’jaligining 
iqtisodiy-gegrafik 
modeli 
bosqichma-bosqich 
murakkablashib  bormoqda.  Agar  XIX  asr  oxirida  «Evromarkaz»  asosiy  o’rin  tutsa, 
XX  asr  boshlarida  ikkinchi  xalqaro  markaz  AQSH,  XX  asr 50-yillarida yangi xalqaro 
markazlar sobiq SSSR va Yaponiya, so’ngra Xitoy, Hindiston, neftni eksport qiluvchi 
Janubiy-g’arbiy  Osiyo  mamlakatlari,  Kanada,  Avstraliya,  Braziliya,  XX  asrning  80-
yillarida  esa  yangi  industrial  mamlakatlar  yoki  «Osiyo  yo’lbarslari»  -  Koreya 
Respublikasi,  Tayvan,  Gonkong  va  Singapur  yuzaga  keldi  va  ko’p  markazlilik 
shakllandi  hamda barqaror rivojlanib  bormoqda. 
Yaqingacha  dunyo  xo’jaligi  ichki  tizimda  to’rtta  «qutb»  -  kapitalistik  g’arb  va 
Sotsialistik  SHarq  «boy»  SHimol  va  «kambag’al»  Janub  mavjud  edi.  Hozir  ham 
SHimol  va  Janub  o’rtasidagi  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanish  farqlari,  yoki  «markaz»  va 
«chekka  o’lka»  lar  o’rtasidagi  farqlar  asosiy  qarama-qarshiliklarni  ifodalaydi.  chunki, 
90-yillarda  dunyo  xo’jaligining  «chekka»  hududlariga  xalqaro  yalpi  ichki 
mahsulotlarning  15%,  30%  sanoat  va  qishloq  xo’jaligi  mahsulotlari,  yoki  aholi  jon 
boshiga  o’rtacha  1  ming  dol  yalpi  ichki  mahsulot  to’g’ri  kelsa,  iqtisodiy  rivojlangan 
mamlakatlarda  aholi  jon  boshiga  o’rtacha  15  ming  dol.  ortiq  yalpi  ichki  mahsulot 
to’g’ri kelgan. 
Dunyo  xo’jaligining  rivojlanishi.  Zamonaviy  dunyo  xo’jaligi  birinchi  sanoat 
inqilobi  davridan  boshlab  shakllana  boshladi.  Tovar  ishlab  chiqarishning  rivojlanishi 
mahlum  mamlakatlarning  va  hududlarning  u  yoki  bu  mahsulotni  ishlab  chiqarishga 


 
55 
«ixtisoslashuvi»,  «geografik  mehnat  taqsimoti»ni  hamda  mahsulotlarni  xalqaro 
ayirboshlash zaruriyatini  yuzaga keltirdi. 
Alohida 
davrlarda 
texnik 
yangiliklardan  foydalanish  vaqtining  turlicha 
bo’lganligi,  ichki  va  dunyo  bozorida  narxlarning  tebranib  turishi  hamda  ishlab 
chiqarishning  asosiy  omillari  sanalmish  yer,  mehnat  va  kapital  o’rtasidagi 
mutanosiblikning  o’zgarib  turishi,  dunyo  iqtisodiyotida  -  milliy  xo’jaliklar  va  tarmoq 
tarkiblari  rivojlanishining  davriy Harakterga  ega bo’lishini  keltirib  chiqaradi. 
Biroq  dunyo  xo’jaligining  uzoq  muddatli  rivojlanishi  shkalasidagi  o’rnini 
aniqlashda  1892-1928  yillarda  rus  iqtisodchisi  N.D.  Kondratev  tomonidan  birinchi 
marta  katta  bosqichlar  nazariyasi  -  «uzun  to’lqin»lar  taklif  etildi.  Keyinchalik  bu 
nazariya  yanada  rivojlantirildi  va  qisman  dunyo  xo’jaligi  tadqiqotlarida  keng 
qo’llanilmoqda. 
N.D.Kondratev  nazariyasi  va  boshqa  qator  tadqiqotlar  asosida  dunyo  xo’jaligi 
rivojlanishida  3  ta  katta  bosqichni  -  industriyalashgacha  bo’lgan  rivojlanish, 
industriyalash  bosqichi,  industriyalashdan  keyingi  rivojlanish  bosqichini,  uchta  - 
birinchi,  ikkinchi  va  uchinchi  sanoat  inqiloblarini  hamda  «uzun  to’lqinlar»  davrlarini, 
ya’ni N.D.Kondratev belgilagan  besh davrni  ko’rsatib o’tish mumkin. 
Hunarmandchilik 
va 
manufaktura 
ishlab 
chiqarishi 
hukmronlik 
qilgan 
industriyalashgacha  bo’lgan bosqichni boshlang’ich davr deb ataladi. 
To’rtta  «uzun  to’lqin»ga  teng  keluvchi  birinchi  va  ikkinchi  sanoat  inqiloblari 
davrida  quyidagilar  yetakchi  mavqega  ega  bo’ldilar.  Birinchi  davrda - tikuvchilik va 
hunarmandchilik;  ikkinchi  davrda  -  ko’mir  ishlab  chiqarish,  qora metallarni yeritish, 
tikuvchilik;  uchinchi  davrda  -  metallurgiya,  kimyo  va  og’ir  mashinasozlik; 

Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish