2. Dunyo aholisining joylashishi va migratsiya, urbanizatsiya jarayoni
Er sharida mamlakatlar va mintaqalar bo’yicha aholi juda notekis joylashgan.
Aholining joylashishi (kichik qishloqdan (ovul) to murakkab shahar va qishloqlar
tizimigacha)
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, xo’jalik taraqqiyoti va joylashish
xususiyatlari, hamda hududning o’zlashtirilganlik darajasi, tabiiy sharoit va resurslar
bilan chambarchas bog’liqdir. Dunyo aholisining 70% yer shari hududining 25% ida
joylashgan bo’lsa, yer shari aholisining 80% SHarqiy yarim sharda istiqomat
qilmoqda. Okean va dengiz bo’yining 50 km.li qirg’oq bo’yi mintaqasida 30% dunyo
aholisi, 200 km.li mintaqada esa 50% aholi yashaydi.
Er sharida SHarqiy yarim sharda aholi o’ta zich joylashgan ikkita hudud: a)
SHarqda-Xitoyning SHarqiy qismi, Koreya va Yaponiya; b) Janubda-Hindiston,
Bangladesh va Pokistonning bir qismi ajralib turadi. Bu hududlardagi qulay sharoit
eng sermehnat donli ekinlardan-sholi yetishtirish imkonini beradi. Har 1 km
2
ga 200
kishi va undan ortiq to’g’ri keladi, ayrim hududlarda esa aholi zichligi 1000-1500
kishiga yetadi. Ayniqsa, qadimdan aholi zich joylashgan, daryo vodiylari va del talari
alohida ajralib turadi. Jumladan, Bangladesh mamlakatida (120,0 mln.dan ortiq aholi)
aholi zichligi har bir 1 km
2
ga 650 kishidan ortadi.
Uchinchi aholi zich joylashgan hudud Yevropadir. O’rta asrlardan boshlab
hunarmandchilik, sanoat, savdo-sotiq va shaharlarning gurkirab rivojlanishi oqibatida
aholi zichligi g’oyat yuqoridir. Ayniqsa, Niderlandiya, GFR, Belgiya, Buyuk
Britaniya va boshqa mamlakatlarda, shuningdek sanoat - shahar aglomeratsiyalarida
(Rur, Midlend, SHimoliy Frantsiya (Parij havzasi), Yuqori Sileziya) har 1 km
2
hududga 1000-2000-3000 kishidan ortadi.
.
46
Aholi migratsiyasi. Migratsiya - lotincha ko’chaman, joyimni o’zgartiraman
degan mahnoni bildiradi va aholining joylashishi qayta taqsimlanishi, tarkibi va
soniga ta’sir ko’rsatadi. Migratsiya jarayonlari Harakteriga ko’ra ichki, tashqi
(mamlakatlararo) va ishchi migratsiyalariga ITI sharoitida esa «aql oqimi»
yo’nalishiga bo’linadi. Migratsiya jarayonlarining bosh sabablari - iqtisodiy, siyosiy,
etnik, demografik, madaniy, diniy va boshqalar bo’lishi mumkin.
Ichki migratsiya aholining joylashishiga sezilarli ta’sir qiladi. Bu jarayon
mamlakat doirasida bo’lib yangi resursli hududlarning o’zlashtirilishi va amalga
oshirilayotgan mintaqaviy siyosat bilan bog’liq. SHuningdek, ishlash uchun ya’ni
qishloqlardan-shaharga bo’lingan mayatniksimon migratsiya ham Harakterlidir. Bu
jarayon iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlar AQSH, Kanada, Yaponiya, bozor
iqtisodiyotiga o’tayotgan Rossiya, Qozog’iston hamda Osiyoda-Vehtnam, Hindiston,
Pokiston, Lotin Amerikasida - Braziliya, Afrikada - Jazoir va Liviya kabi bir qator
mamlakatlar uchun xos bo’lgan xususiyatdir.
Tashqi migratsiya ildizlari juda qadim zamonlarga borib taqaladi. Tarixda katta
o’rin tutgan «xalqlarning buyuk ko’chishi» yer shari bo’ylab xalqlarning joylashish
va qayta joylashishiga kuchli ta’sir qilgan bo’lsa, Buyuk geografik kashfiyotlar, o’rta
asrlarda ayniqsa XVII asrdan boshlab Yevropada sanoatning rivojlanishi bilan
mamlakatlararo va kontinentlararo ahamiyat kasb etdi. XIX asrdagi migratsion
«portlash» butun Yevropani qamrab oldi va ikkinchi jahon urushiga qadar 60
mln.kishi AQSH, Kanada, Braziliya, Argentina, Avstraliya, Yangi Zellandiya,
Janubiy Afrika mamlakatlariga ketgan bo’lsa, ikkinchi migratsiya o’chog’i Osiyo
mamlakatlari (Xitoy, Hindiston, Janubiy-SHarqiy Osiyo mamlakatlari) bo’ldi. XX
asrning
90-yillari
boshlarida
g’arbiy
Yevropadagi
iqtisodiy
rivojlangan
mamlakatlarda 20-25 mln.xorijiy ishchilar bo’lib, nolegal immigrantlar va ularning
oilalari bilan 40-45 mln. kishiga yetdi. Har yili davlat chegaralarini 3 mln.dan ortiq
kishi kesib o’tmoqda. XX asr boshlaridagi siyosiy voqealar ham (Rossiya)
migratsiyaga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Ikkinchi jahon urushi va XX asrning 50-
yillaridan
boshlab
mustamlakachilik
tuzumining
yemirilishi,
mustaqil
va
rivojlanayotgan davlatlarning yuzaga kelishi oqibatida tashqi migratsiya bir muncha
kuchaydi.
Jahon iqtisodiyotida urbanizatsiya jarayonlari. Urbanizatsiya bu tarixiy
shakllangan ijtimoiy va hududiy mehnat taqsimoti asosida yuz beradigan ko’p
qirralik ijtimoiy-iqtisodiy, demografik hamda geografik jarayondir. Urbanizatsiya
demostatistik tushuncha sifatida esa shaharlarning ko’payishi, mamlakat, mintaqalar
va umuman dunyoda shahar aholisi hissasining ortishidir.
Urbanizatsiya
jarayonining
rivojlanishi
shahar,
aholisining
shakllanish
xususiyatlari bilan bog’liqdir. SHuningdek, shahar aholisining o’sishi ozmi ko’pmi
shahar chetidagi hududlar va shaharlashgan joylarning shakllanishi hisobiga ham yuz
beradi. Bu hududlardagi aholining yashash sharoiti tobora katta shaharlardagi aholi
yashash sharoitlariga yaqinlashib bormoqda.
Qishloq aholisi bilan qishloq xo’jaligiga aloqador aholi soniga nisbatan shahar
aholisi va qishloq xo’jaligiga aloqador bo’lmagan aholi sonining o’sish yuqoriligi
zamonaviy urbanizatsiyaning o’ziga xos xususiyati hisoblanadi. Dunyonning 3 ta
47
yirik qit’asida Avstraliya va Okeaniyada, SHimoliy Amerikada, shuningdek
Yevropada shahar aholisi yuqori bo’lib, ularga tez urbanizatsiyalashayotgan Lotin
Amerikasi mamlakatlari yetib olmoqda. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar yanada
yuqoriroq shahar aholisi foizlarga egadirlar. Yevropada - Buyuk Britaniya (91%),
SHvetsiya (87%), Germaniya (85%), Daniya(84%), Frantsiya (78%), Niderlandiya
(76%), Ispaniya (74%), Belgiya (72% ), SHimoliy Amerikada -AQSH (77%),
Kanada (76%), Osiyoda - Isroil (89%), Yaponiya (78%), Avstraliya va Okeaniyada -
Avstraliya (89%), Yangi Zellandiya (85%), Afrikada -JAR (50%) shular
jumlasidandir. Tadqiqotlardan mahlum bo’lishicha, mamlakatlarda shahar aholisining
ulishi 70% oshganda, uning o’sishi sekinlashadi va asta-sekin (80% yaqinlashgan
sari) to’xtay boshlaydi.
Aholining katta va juda katta shaharlarida to’planishi urbanizatsiya uchun xos
xususiyatdir. Aynan katta shaharlarning ko’payishi (aholisi 100 ming kishidan yuqori
bo’lgan), ularda aholi joylashuvini yangi shakllari hamda shaharcha hayot tarzining
keng tarqalishi urbanizatsiya jarayonini yanada ochiqroq ifodalaydi. Butun dunyoda
katta shaharlarning ulushi 100 yildan ko’proq vaqt ichida (1860 yildan) 1,7% dan
20% ga oshdi. 1700 yilda dunyoda aholisi 100 mingdan ortiq shahar bo’lgan, 1800
yilda 65 ta, 1900 yilda 360 ta, XX asr oxirida 2000 dan ortiq ana shunday shaharlar
qayd etilgan. Ulkan «millioner» shaharlarning rivojlanishi yanada katta e’tiborga
loyiqdir. Agar, 1800 yilda 1 mln.dan ortiq yashovchiga ega shahar faqat bitta bo’lgan
bo’lsa XX asr oxiriga kelib bunday shaharlarning 200 tasi qayd etilgan. XXI asr
dastlabki choragida esa millioner shaharlarning soni 400 taga yetishi kutilmoqda.
Atrof-muhit
ifloslanishining
kelgusidagi
kutilayotgan
oqibatlari
yanada
xavflidir. Ayrim olimlarning fikricha bu tarzdagi sanoat kontsentratsiyasi, havo va
issiqlik ifloslanishiga olib keladiki, buning oqibatida yer shari iqlimida tuzatib
bo’lmas «parnik effekti» yuz berishi va g’oyat fojiali halokatlar yuzaga kelishi
mumkin.
Dunyoda urbanizatsiya jarayonlarining o’sish sur’atlarining ortib borishi
muqarrar jarayon bo’lib uning sifat jihatlari qanday tegishli chora-tadbirlar ko’rilishi
bilan bog’liqdir.
SHu bilan birga urbanizatsiya jarayonlarining iqtisodiy va ekologik jihatlarini
hisobga olish butun dunyoda yuqoridagi muammolarni hal qilish uchun muhim
ahamiyatga ega.
Urbanizatsiya jarayoni dunyoning mamlakatlari, mintaqalarida turlichadir.
Hozirgi zamon urbanizatsiya tipi na faqat shahar aholisining tez ko’payishi bo’libgina
qolmay, balki intensiv rivojlanayotgan suburbanizatsiya jarayoni ham bo’lib, shahar
aholisi joylashishining yangi shakllari - shahar aglomeratsiyalari, megalopolislari
hamdir.
Iqtisodiy
rivojlanayotgan
mamlakatlar
to’laqonli ravishda stixiyali
urbanizatsiya oqibatlarini his qilmoqda va uning oqibatida shaharlar o’sishini
boshqarish qiyinlashmoqda, (o’ta yirik shaharlar). Yirik shaharlar bo’hroni (krizis)
ijtimoiy, sinfiy, irqiy qarama-qarshiliklarining qonuniy oqibatlaridir. Yirik va o’ta
yirik shaharlar va shahar aglomeratsiyalarida havo va suvning, tuproq qoplamining
haddan tashqari ifloslanishi aholi yashash sharoitining yomonlashuviga, uy-joy fondi,
muhandislik-qurilmalari, hududlardan foydalanishining yomonlashuvi va ko’chmas
mulklarining qimmatlashuviga olib kelmoqda.
48
Rivojlangan mamlakatlarda «demografik portlash» urbanistik «portlash» bilan
hamohangdir. Ko’pgina rivojlanayotgan mamlakatlarda aholi urbanizatsiyalanish
ko’rsatkilarining pastligiga qaramay urbanizatsiyaning o’sish sur’atlari yuqoriligi
bilan ajralib turadi. Bu jarayon Osiyo va Afrikadagi mamlakatlar poytaxtlarining
haddan tashqari o’sishi, qishloq hududlaridan qashshoq va kambag’al qishloq
aholisining ochlik va qashshoqlikning bartaraf etish maqsadida shaharlarga ish qidirib
kelishi bilan bog’liqdir, qishloq aholisining ish qidirib shaharlarga kelishi
shaharlardagi ishchi kuchiga bo’lgan ehtiyojdan yuqoridir.
Natijada, urbanizatsiya jarayonining industrializatsiya jarayonlaridan tezroq
o’sishi, rayonlarning kengayishiga olib kelmoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlarning
ko’pchiligida - Mexiko, Buenos-Ayres, San-Paulo, Rio-de-Janeyro, Kalkutta,
Bombey shaharlarida yirik shahar aglomeratsiyalari shakllanmoqda. Rivojlanayotgan
urbanizatsiya jarayoni g’oyat xilma-xil bo’lib, bir tomondan bu mamlakatlar ijtimoiy
hayotini jonlantirsa, shaharlarning bu mamlakatlar hayotida rolini ko’tarsa, (ishchilar
sinfining shakllanishi, tadbirkorlar qatlamining yuzaga kelishi, savodxonlik va
madaniy
darajaning
rivojlanishi,
xalqlar konsolidatsiyasining kuchayishi va
millatlarning
shakllanishi va boshqa), ikkinchi tomondan, ijtimoiy-iqtisodiy
muammolarni (shaharga demografik «bosim»ni kuchayishi) kuchaytirmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |