§26. TERMODINAMIKA VA UNING QONUNLARI
Reja:
1. Termodinamikaning asosiy vazifasi.
2. Termodinamik parametrlar.
3. Qaytar va qaytmas jarayonlar, aylanma jarayonlar.
4. Termodinamikada energiyaning saqlanish qonuni. Termodinamikaning birinchi
qonuni.
Tayanch iboralar: Energiyaning sifat va miqdor o’zgarishi, termodinamik tizim,
mikroskopik jism, holat tenglamasi,muvozanat holat, termodinamik ish, issiqlik
miqdori.
Yuqorida aytilgandek, molekulyar fizika makroskopik (gaz, suyuq va qattiq)
jismlarning xossalarini hamda ularni tashkil etgan mikrozarracha (atom, molekula,
ion)larning o’zaro ta’siri va issiqlik harakati bilan bog’liq ravishda yuz beradigan
fizik jarayonlarni o’rganadi.
Makraskopik tizimlarning xossalarini ularni tashkil etgan mikrozarrachalar
o’rtacha qiymatlari asosida o’rganuvchi usulga molekulyar-kinetik (statistik) usul
deyiladi.
Ammo makrotizimlarning xossalarini makrostrukturasiga va unda yuz
beradigan mikrojarayonlarga e’tibor bermasdan o’rganish ham mumkin. Ular
energiyaning bir turdan ikkinchisiga o’tish jarayonlari bilan bog’langan bo’lishi
mumkin.
Makroskopik tizimlarning xossalarini ularda yuz beradigan energiyaning
aylanish jarayonlariga asoslanib aniqlanadigan usulga termodinamik usul deyiladi.
Termodinamikaning asosiy vazifasi termodinamikaning bosh qonunlari deb
ataluvchi makroskopik parametrlar bilan ifodalanuvchi qonunlar asosida jism
xossalarini o’rganishdan iborat.
Termodinamika uchta bosh qonunlarga asoslanadi.
Birinchi bosh qonuni energiya aylanishining sifat va miqdor tomonlarini
yoritadi.
Ikkinchi bosh qonuni termodinamikada o’rganilayotgan jarayonlarning
rivojlansh yo’nalishini ifodalaydi.
Uchinchi bosh qonuni termodinamik nol haroratga olib keluvchi jarayonlarning
bo’lmasligini tasdiqlovchi chegaralar qo’yadi.
Termodinamikaning qonunlarini o’rganish uchun ayrim tushunchalarni bilish
talab etiladi. Bu tushunchalarga termodinamik tizim, parametr, termodinamik
muvozanat, holat, jarayon, qaytar va qaytmas jarayonlar kiradi.
Tizimlarga gaz, suyuqlik, qattiq jismlar, plazma, magnit va gravitatsion
maydonlarni kiritish mumkin.
Tizim holatini aniqlashga imkon beradigan va tashqi ta’sirlar ostida
o’zgaradigan kattaliklarga parametrlar deyiladi. Ularga massa, harorat, bosim, hajm
101
kiradi. Bu kattaliklar bir-biri bilan o’zaro holat tenglamasi orqali bog’lanishi
mumkin.
Tizimning holatini aniqlovchi kattaliklar o’zgarmas bo’lganda tizim
termodinamik muvozanat holatida bo’ladi. Masalan, harorat, bosim, massa.
Termodinamik muvozanat holatda issiqlik o’tkazuvchanlik, diffuziya, kimyoviy
reaksiyalar, fazoviy o’tishlar va shunga o’xshash boshqa hodisalar ro’y beradi.
Tizimning muvozanat holati grafik jihatdan nuqta kabi aniqlanadi (75-rasm).
tizimning bir holatdan ikkinchisiga o’tishi termdinamik jarayon deyiladi.
75-rasm
Qaytar jarayon deb to’g’ri jarayonga nisbatan oxirgi holatdan dastlabki holatga
o’zgarishsiz o’tish yuzaga kelgandagi jarayonga aytiladi.
Qaytmas jarayon deb shu oraliq orqali qayta o’tish yuz bermagandagi jarayonga
aytiladi.
Muvozanat jarayon har doim qaytar jarayon bo’ladi. Muvozanatsiz jarayon
hamma vaqt qaytmas bo’ladi.
Qaytar jarayonlar-real jarayonlarni muvaffaqiyat bilan o’rganish uchun ularning
ideallashtirilgan modelidir. Ko’p sondagi tajribalar va kuzatishlardan so’ng olimlar
tabiatda qaytar jarayonlar yo’q ekanligini ta’kidladilar.
Ma’lum issiqlik miqdori berilgandan so’ng gaz holatining o’zgarish jarayonini
qaraymiz. Buning uchun gazni ma’lum harorat va bosimga ega bo’lib silindr ichidagi
porshen ostida deb faraz qilamiz.
76-rasm
102
Gaz bu vaqtda
ga teng ichki energiyaga ega bo’ladi. Gazga
ma’lum Q issiqlik miqdori berib, uning ichki energiyasini
ga
yetkazamiz. U holda gazning ichki energiyasi
(241)
ga o’zgaradi.
Isitgichdan Q issiqlik miqdori olib gaz tashqi kuchlarga qarshi ish bajaradi
(77-rasm). Energiyaning saqlanish qonuniga muvofiq, tizim ichki energiyasining
o’zgarishi ∆U=U
2
-U
1
bo’ladi, tizimga berilgan issiqlik miqdori Q bilan tizim
tomonidan bajarilgan A ish orasidagi farqqa teng bo’ladi, ∆U=Q-A, bundan
(242)
Boshqacha aytganda, tizimga berilgan issiqlik miqdori uning ichki energiyasining
o’zgarishi bilan tizim tomonidan bajarilgan ishga sarf bo’ladi. Bu esa
termodinamikaning birinchi bosh qonunidan iborat.
77-rasm
Agar tizim davriy ravishda dastlabki vaziyatiga qaytaversa, uning ichki
energiyasining o’zgarishi ∆U=0 va u vaqtda (242) ga asosan, A=Q bo’ladi.
Agar jarayonning yetarlicha kichik dQ issiqlik miqdori olayotgan bo’lakchasi
e’tiborga olinsa, u vaqtda dA elementar ish bajariladi va tizimda ichki energiya ∆U
juda kichik qiymatga o’zgaradi, u holda termodinamikaning birinchi bosh qonuni
differensial ko’rinishda quyidagicha bo’ladi:
(243)
103
Termodinamikaning birinchi bosh qonuni energiyaning saqlanish va o’zgarish
qonunining umumiy ifodasidir. Bu degan so’z, olinayotgan energiyadan kattaroq ish
bajaradigan davriy ravishda ishlaydigan mexanizm yaratish mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |