6- Ma’ruza: Shaxs va унинг faoliyati
Reja:
6. 1. Shaxsning psixologik xarakteristikasi. Psixologiyada Shaxs
tushunchasi.
6. 2. Shaxs tuzilishida biologik va ijtimoiy omillar
6. 3. Shaxs va uning faolligi
6. 4. Faoliyat turlari, jismoniy va aqliy harakatlar
6. 5. Ijtimoiy xulq motivlari va shaxs motivatsiyasi.
Tayanch so‘zlar: Shaxs,
rivojlanish, ehtiyoj, motiv, mashq, o‘yin, mehnat, ta’lim,
shaxs va
jamiyat, individ, inson, shaxs faoliyati, individuallik, ijtimoiy omillar, motiv, shaxs
motivatsiyasi;
6.1. Shaxsning psixologik xarakteristikasi. Psixologiyada shaxs tushunchasi. Inson,
odam ko’plab fanlarning o’rganish ob‘ekti bo’lib hisoblanadi. Ular odamlarning turli tomonlarini
va hayot tarzini, rivojlanishi va boshqalarni o’rganadi. Psixologiya fani odamni jamiyatda,
boshqalar bilan munosabatda bo’luvchi ongli faoliyat sub‘ekti sifatida o’rganadi. Psixologiya
fanida odamni ta’riflashda ko’plab tushunchalar qo’llaniladi. Shu jumladan «Shaxs», «individ»,
«individuallik» tushunchalari ham qo’llaniladi.
Odamning insonlik jinsiga mansubligi individ tushunchasi bilan ifodalanadi. Katta yoshdagi
kishilar, chaqaloqlar, tilni va oddiy malakalarni o’zlashtira olmaydigan ruhiy kasallar (telbalar)
ham individdir. Individ tushunchasida kishining biologik turga mansubligi aks ettirilgan. Barcha
kishilar odamlar individdir. Yangi tug’ilgan chaqaloqning ham, katta yoshning ham, tafakkurni
ham, aqli zaif ovsarni ham, yovvoyilik bosqichidagi qabilaning vakilini ham, madaniyatli
mamlakatda yashayotgan yuksak bilimli kishini ham individ deb hisoblash mumkin.
Individ sifatida kishi alohida sotsial fazilat kashf etadi, shaxs bo’lib yetishadi. Individ sifatida
dunyoga kelgan odam keyinchalik, jamiyatdagina Shaxsga aylanadi. Ijtimoiy munosabatlarga
kirishuvchi, ongi yuksak taraqqiy etgan, ijtimoiy taraqqiyotda ishtirok etuvchi odamgina Shaxs
deyiladi. Shaxsning eng asosiy belgisi-uning ongli faoliyat egasi ekanligidir. Ma’lumki kishi ongi
faqat jamiyatda, boshqalar bilan o’zaro munosabatda til yordamida ijtimoiy tajribani
o’zlashtirishda shakllanadi. Binobarin Shaxs ham faqat jamiyatdagina Shaxsga aylanishi mumkin.
Shaxs ijtimoiy tajribani faol ravishda tahlil qiladi, o’zlashtiradi, o’zi uchun o’zgartiradi-bu
jarayon davomida o’zi ham Shaxs sifatida shakllanadi. Shaxsning faolligi o’zi hayot uchun yo’l
tanlashida, bu yo’lni egallashida. Shaxs shakllanib borgan sayin tashqi ta’sirlar, shu jumladan
ijtimoiy ta’sirlar ham uning ichki dunyosi, psixologiyasiga qarab turli odamlarga turlicha ta’sir
qiladilar. Masalan, bir xil baho turli o’quvchilarga turlicha ta’sir qiladi.
Odamning shaxs sifatidagi asosiy belgisi: sotsiolligi, ongi va tilidir.
Inson Shaxsining xarakterli tomonlaridan biri uning individualligidir.
Individuallik - Shaxs psixologik, ijtimoiy, fiziologiya xususiyatlarining birikmalarining
qaytarilmasligidir. Shaxs individualligi uning xarakteri, temperamenti, psixik jarayonlarning
dinamikasi, hissiyotlari, faoliyatining motivlari, qobiliyatlari va shunga o’xshashlarning
yig’indisiga bog’liq. Bularning hammasini birga qo’shib, mujassamlashtirsak ikkita bir xil odam
bo’lmagan va bo’lmaydi.
Individuallik kishining o’ziga xosligini uning boshqa odamlardan farqini aks ettiruvchi
psixologik fazilatlar birikmasidir. Individuallik temperament va xarakter xususiyatlaridan
odatlarda, ustun darajadagi qiziqishlarda, bilish jarayonlarga oid fazilatlar (idrok, xotira, tafakkur,
tasavvur)da Qobiliyatlarda faoliyatning shaxsga xos uslubida va hokazolarda namoyon bo’ladi.
Zikr etilgan psixologik xususiyatlarning bir xildagi birikmasini o’zida mujassamlashtirgan odam
yo’q – inson shaxsi o’z individualligi jihatidan betakrordir. Shunday qilib, individuallik inson
shaxsiga xos fazilatlarning faqat bitta jihati bo’lib hisobalanadi, xolos.
Ma’lumki odam jamiyatda turli guruhlarda (oilada, o’qishda, ishda, davrada) bo’ladi. Har
bir guruhda o’ziga xos ba’zan butunlay bir-biriga o’xshamaydigan rollarni o’ynaydi. Lekin shunga
qaramay, ko’pincha odam turli vaziyatlarda o’xshash sifatlarni namoyon qiladi. Shaxsning
psixologik ko’rinishi, psixologik xususiyatlarining birikmalari har bir odamda nisbatan
doimiylikka ega. Odamning psixik holatlari, o’zini tutishi o’zgarib tursa ham shaxsning psixologik
qiyofasi ma’lum darajada barqaror bo’lib qolaveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: